Press-reliz

Kompaniya

LG IFA 2024 KO‘RGAZMASIDA TARMOQDAGI ENG YAXSHI ENERGIYA SAMARADORLIGIGA EGA MAISHIY TEXNIKANING YANGI QATORINI TAQDIM ETADI

02/09/2024

SEUL, 2024-yil 2-sentyabr - LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2024 ko‘rgazmasida sohadagi eng yaxshi energiya samaradorlikka ega bo‘lgan eng yangi maishiy texnikalar qatorini taqdim etadi. Yevropa Ittifoqining 2050 yilga borib uglerod neytralligiga erishish boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlariga javoban va REPowerEUning Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning qazib olinadigan yoqilgʻiga qaramligini kamaytirish rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan yangi qurilmalar energiya sarfini kamaytirgan holda yuqori samaradorlikni taʼminlash uchun LGning ilgʻor asosiy texnologiyalaridan foydalanadi.



Industry-Leading Energy Efficiency with AI-Enhanced Laundry Solutions
Korxonalar uchun mo’ljallangan va sun'iy intellektga asoslangan yechimlar yordamida erishilgan sanoatdagi yetakchi energiya samaradorligi. LG-ning eng yangi kir yuvish va quritish mashinalari energiya samaradorligining yangi standartlarini belgilamoqda. Kir yuvish mashinasi Artificial Intelligence Direct Drive (AI DD™).) motorining minimal energiya iste’moli bilan kirlarning tozaligini ta’minlashga yordam beradigan yangi baraban harakatini amalga oshirishga qodir. Kir yuvish mashinasi real vaqt rejimida dvigatelning aylanishlar sonini intellektual ravishda tartibga soladi, bu esa asbobning energiya samaradorligini A-55 foizlik1 hayratlanarli reytingga erishishga yordam beradi va kirlarning chalkashishi yoki buralishining oldini oladi. Bundan tashqari, yangi LG kir yuvish mashinasi kirdan mikroplastmassa ajralishini kamaytiradigan Microplastic Care sikli2, shuningdek, har bir yuklash uchun kerakli miqdordagi yuvish vositasini avtomatik ravishda dozalovchi ezDispense™ funksiyasi bilan jihozlangan.


Shu bilan birga, yangi samarali quritish mashinasi A+++ - 26 foiz energiya iste’moli reytingiga ega.3 LG- kir yuvish mashinalarining ikkala eng yangi modeli ham sun’iy intellektga asoslangan innovatsiyalar bilan jihozlangan: AI DD dvigateli va kir yuvish mashinasidagi AI Wash funksiyasi matoni sezgirlik va yuqori unumdorlik bilan ta’minlaydi, quritish mashinasidagi AI Dry™ funksiyasi esa turli materiallar va buyumlar uchun namlikni to‘g‘ri aniqlash va optimal quritishni ta’minlaydi. Shuningdek, kir yuvish mashinasi foydalanish rejimiga qarab sikllarni va haroratni avtomatik ravishda belgilashi va yanada qulay foydalanish uchun sikllarni boshqarish panelida (foydalanish chastotasiga qarab) ko‘rsatish ketma-ketligini o‘zgartirishi mumkin.


Yuqori samaradorlik va premium dizaynga ega muzlatkichlar
LG kompaniyasining pastki muzlatkich kamerali yangi muzlatkichi bozordagi barcha muzlatkichlar orasida eng kam energiya iste’moliga ega bo‘lib, A-25 foizlik energiya iste’moli reytingiga ega4 va birinchi klass yassi eshik dizayni tufayli oshxonaga yangi uslub olib kiradi. Bundan tashqari, ish paytida yangi modelning shovqini atigi 29 dB ni tashkil etadi, bu esa oshxonadagi muhitni yanada tinchroq qiladi. Yevropalik xaridorlarga keng tanlov taqdim etish uchun LG yuqori samarali muzlatkichlar qatorini kengaytirib, pastki muzlatkich kamerali yangi modelga qo‘shimcha ravishda katta sig‘imli Side-By-Side modelini taqdim etmoqda5. Yangi Side-By-Side muzlatkichi noyob sferik Craft Ice muz generatori va UVnano™ texnologiyasi yordamida gigiyenani oson boshqarish kabi qulay funksiyalarni taklif etadi.



Qulay va samarali oshxona yechimi
LG kompaniyasining yangi 60 santimetrli (24 dyuymli) InstaView™ pishirish shkafi A++ energiya samaradorligi6 bilan bir qatorda pazandalik mahoratini oshirish imkonini yaratuvchi ko‘plab ilg‘or funksiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan. Pishirish shkafi jami 80 ta avtotayyorlash rejimini ta’minlaydi va Gourmet AI™️, funksiyasi tufayli o‘rnatilgan kamera yordamida tayyorlanayotgan taom turini aniqlashi va 30 ta retseptdan iborat ma’lumotlar bazasidan mos keladigan pishirish rejimini avtomatik ravishda tanlashi mumkin. LG kompaniyasining InstaView texnologiyasi oshxonadagi ishni osonlashtiradigan, pishirish shkafi ichida haroratni saqlashga yordam beradigan va energiya yo‘qotilishining oldini oladigan eshikni ochmasdan taom tayyorlash jarayonini kuzatib borish imkonini beradi.



Inverter Direct Drive Motor™ energiya tejamkor dvigateli bilan jihozlangan yangi LG QuadWashTM idish yuvish mashinasi A-20% energiya samaradorligi reytingiga ega7. Idish yuvish mashinasi, shuningdek, turli oshxona anjomlarini joylashtirish uchun yuklashning moslashuvchanligini ta’minlab, yon va uchinchi ustunlar opsiyalari tufayli foydalanish qulayligini oshiradi.


"LGning eng yangi maishiy jihozlari yevropaliklarning energiya tejamkor uy yechimlariga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabiga javob beradi, shu bilan birga, yuqori unumdorlik va yanada qulay turmushni ta’minlaydi," - deydi LG Electronics Home Appliance & Air Solution Company prezidenti Lyu Chje-cheol. "Biz sohadagi eng yaxshi energiya samaradorlikka ega qurilmalarning kengaytirilgan qatorini ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalarimizdan, shu jumladan invertorlar va komponentlardan foydalanishda davom etamiz."


LG stendiga tashrif buyuruvchilar (6-10-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IFA 2024 ko‘rgazmasida LG stendiga tashrif buyuruvchilar (18-zal, Messe Berlin) kompaniyaning yanada ekologik hayot uchun eng yangi yuqori samarali mahsulotlari bilan tanishishlari mumkin.


###


1 Yevropa Ittifoqining 2019/2014-yilgi qarorida belgilangan Energiya samaradorligi indeksida energiya samaradorligi A sinfining minimal chegarasidan 55 foizga past.
2 2023-yil iyul oyida Intertek tomonidan tekshirilgan. 3 kg yuklamani yuvishda 20 μm filtr orqali filtrlangan mikroplastmassa miqdorini o‘lchash orqali F4Y7EYPBW modelining "Mikroplastikni parvarishlash" va "Aralash mato" sikllarini taqqoslash (100% li poliesterdan tayyorlangan mashg‘ulot kurtkasi). Natijalar yuviladigan kiyim va foydalanish sharoitiga qarab farq qilishi mumkin.
3 Yevropa Ittifoqining 392/2012 qarori bilan belgilangan energiya samaradorligi indeksi bo‘yicha A+++ sinfining minimal energiya samaradorligi chegarasidan 26 foizga past.
4 Yevropa Ittifoqining 2019/2016-yilgi qaroriga muvofiq Energiya samaradorligi indeksidagi energiya samaradorligi A sinfi uchun minimal chegaradan 25 foizga past.
5 - 2024-yil avgust holatiga ko‘ra Yevropa Ittifoqining 13 mamlakatidan Gfk bozor ma’lumotlariga ko‘ra, muz va suv dispenserlari bo‘lgan yonma-yon muzlatgichlar toifasida energiya iste’moli sinfi B bo‘lgan Yevropa bozoridagi birinchi model.
6 Xalqaro elektrotexnika komissiyasining (IEC) 60350-1 standarti hamda Yevropa Ittifoqi 65/2014 qaroriga muvofiq energiya samaradorligi sinfi va indeksi bo‘yicha o‘tkazilgan ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan maishiy elektr jihozlarining energiya samaradorligi sinovlari asosida. LG InstaView pechining sikldagi energiya iste’moli majburiy ventilyatorli konveksiya rejimida 0,51 kVt-soatni tashkil etadi.
7 Yevropa Ittifoqining 2019/2017-sonli qaroriga muvofiq maishiy idish yuvish mashinalarining energiya samaradorligi indeksi asosida. Yangi LG idish yuvish mashinasi A reytingli modelga qaraganda 20% samaraliroq.