Press-reliz

Kompaniya

LG 2024 YILGI WEBOS HAKATONI G'OLIBLARINI E'LON QILADI

01/10/2024

SEUL, 1-oktabr, 2024-yil — LG Electronics (LG) o'tgan hafta LG webOS sammitida bo'lib o'tgan webOS TV platformasi hakatoni g'oliblarini e'lon qildi. Tadbir sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar va oʻyin xizmatlariga qaratilgan boʻlib, Smart TV da oʻyin toifasini yaxshilash boʻyicha gʻoyalarni ilgari surdi.


Butun dunyo boʻylab dasturchilar webOS tizimi asosida ishlaydigan LG televizorlarida oʻyin jarayonini xilma-xillashtirish va yaxshilash maqsadida millionlab xonadonlardagi webOS asosidagi LG Smart TV televizorlarida qoʻllash uchun ilovalar yoki xizmatlar boʻyicha oʻz gʻoyalarini taqdim etish imkoniyatini soʻrab murojaat qilishdi.



50 dan ortiq davlatlardan uch yuzdan ortiq arizalar yuborildi. Finalchilar o'z g'oyalarini sahnada LG rahbarlari va 300 dan ortiq bozorda yetakchi kompaniyalardan iborat guruh oldida taqdim etish uchun taklif qilindi. Eng yaxshi uch nafar g‘olib webOSda biznesni joriy etish uchun o‘z g‘oyalari va resurslarini ishlab chiqishda LG jamoasi bilan ishlash imkoniyatga ega bo‘ldi. Ular 2025-yilning iyunigacha LG televizorlari uchun oilaviy o‘yin yechimlarini tayyorlash bo‘yicha LG jamoasi bilan ishlashda davom etadilar. Hakatonning eng yaxshi uchta g‘olibiga pul mukofotlari topshirildi, bosh mukofot birinchi o‘rin uchun 100 000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin uchun 80 000 AQSh dollari va uchinchi o‘rin uchun 50 000 AQSh dollarini tashkil etdi.



“Bu yil biz qabul qilgan ishtirokchi va arizalar soni SI va oʻyin toifalariga qiziqish ortib borayotganidan dalolatdir”, dedi LG Home Entertainment kompaniyasi platforma biznesi boʻyicha katta vitse-prezident Kris Jo. “Biz endi shunchaki televizor tomosha qilmaymiz. Ishlab chiquvchilar ekotizimining o‘z uylarida millionlab iste’molchilar hayotini yaxshilashdagi roli eksponentdir va LG bu tadbirni webOS ilovalarini ishlab chiquvchilar ekotizimini rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida har yili o‘tkazishni rejalashtirmoqda”.