Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
27/03/2025
Seul, 2025 yil 27 fevral — LG Electronics (LG) kompaniyasi o'zining boy dizayn merosini iF Design Award 2025 ko'rgazmasida ajoyib ishtiroki bilan yanada boyitdi. LG-ning 36 ta mukofoti, shu jumladan oltin mukofot kompaniyaning innovatsion mahsulot dizayni va mijozlar tomonidan taqdim etilgan mukammal mijoz tajribasiga doimiy sodiqligini ta'kidlaydi.
Har yili Germaniyada o'tkaziladigan iF Design Award mukofotlash marosimi Red Dot Award va International Design Excellence Award (IDEA) mukofotlari bilan bir qatorda dunyodagi yetakchi sanoat dizayni tanlovlaridan biri hisoblanadi. iF Design Award to'qqizta toifadagi dizayndagi muhim yutuqlarni belgilaydi. Bular "Mahsulot", "Aloqa", "Foydalanuvchi tajribasi (UX)", "Foydalanuvchi interfeysi (UI)", "Gadoqlash", "Ichki arxitektura", "Professional kontseptsiya", "Arxitektura va xizmat dizayni" dir.
Bu yil LG kompaniyasining novator mahsulot LG SIGNATURE OLED T, dunyodagi birinchi shaffof simsiz* 4K LG OLED televizori "Mahsulot" nominatsiyasida Oltin mukofotga sazovor bo'ldi. OLED T shaffofdan shaffof bo'lmagan ekranga aylanish hususiyatiga ega; bu LG OLED-ni ,turar joy maydonida katta erkinlikni vujudga keltirib, ko'rish tajribasini ta'minlovchi alohida hususiyatdir. Shaffof bo'lmagan rejimda LG televizori tarkib va o'yinlarni tomosha qilish uchun juda mosdir; uning 77 dyuymli 4K LG OLED ekrani chuqur qora, yorqin ranglar, aniq tafsilotlar va juda tez javob berish vaqtini ta'minlaydi. Shaffof ekran rejimida televizor maydon kengligi va ajoyib ochiqlik tuyg'usini yaratadi, shuningdek, foydalanuvchilarda huddi havoda sehrli tarzda uchib yurgandek ta'ssurotni beruvchi raqamli tasvirlarni namoyish qilish orqali foydalanuvchilarni yanada maftun qilishi mumkin.
Oltin mukofotdan tashqari, LG-ning yana 27 ta innovatsiyasi mahsulot dizayni toifasida tan olingan. Mukofotga sazovor bo'lgan mahsulotlar orasida LG AI Home1 Smart Home Hub; LG Smart Home AI Agent-foydalanuvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lishga qodir aqlli uy mobil markazi; LG QNED televizori, yupqa korpusi shohona va nafis dizayni bilan ajralib turadi; LG StanbyME 2, olinadigan stend tufayli ajoyib moslashuvchanlikni taklif qiluvchi maxsus displey; va LG SIGNATURE3 muzlatkichidagi Smart InstaView texnologiyasi bilan, o'rnatilgan shaffof OLED displey bilan eshikni ochmasdan ichkariga qarashga imkon beradi.
Bundan tashqari, kompaniya "Aloqa", "Foydalanuvchi tajribasi (UX)", "Foydalanuvchi interfeysi (UI)" va "Qadoqlash" toifalarida mukofotlarga sazovor bo'ldi va mijozlarga xususiyatlar va xizmatlardan intuitiv foydalanish imkoniyatini berish uchun ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalari bilan tan olindi. G'oliblar orasida LG ThinQ Character ham bor, u foydalanuvchilar bilan Thinq ilovasida do'stona, insonga o'xshash tarzda muloqot qila oladi; va LG Iconography, bu foydalanuvchilarga ulangan LG mahsulotlari tomonidan taqdim etilgan barcha xususiyatlar va xizmatlarni tez va oson ko'rish imkonini beradi.
«Biz mahsulot, yechim va mijozlar tajribasida insonga yo'naltirilgan innovatsiyalarni taklif qilish uchun mijozlar haqidagi chuqur tushunchamizga asoslanib, dizayn innovatsiyalari chegaralarini kengaytirishda davom etamiz», - dedi LG Electronics korporativ dizayn markazi rahbari Jung Wook-jun.
# # #
* Simsiz uzatish televizor ekrani va Zero Connect Box qurilmasi o'rtasida video va audio signallarni uzatishni nazarda tutadi. Vizual jihatdan mukammal tasvirni ta'minlash ichki ISO/IEC 29170-2 testlariga asoslangan, ammo natijalar ulanish holatiga qarab farq qilishi mumkin.