Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
03/09/2024
SEUL, 2024-yil, 3-sentabr — LG Electronics (LG) Xarbin shahrida Issiqlik Nasoslarining Tadqiqotlari bo'yicha Xitoy Konsorsiumini (INTXK) tashkil etish bilan global ilmiy-tadqiqot uchburchagini yakunlayapti. Bu konsorsium Shimoliy Amerika va Yevropadagi LG boshchilidagi tashabbuslarga qo‘shilgan o‘ta sovuq sharoitlarda kuchli va ishonchli ishlashni ta’minlay oladigan isitish, ventilyatsiya va konditsionerlik (IVK) yechimlari uchun yangi avlod asosiy texnologiyalarini ishlab chiqadi.
INTXKning rasmiy ishga tushirilishi munosabati bilan LG 31 avgust kuni (mahalliy vaqt bilan) Xitoyning Xarbin shahridagi Xarbin texnologiya institutida imzolash marosimini o‘tkazdi. Konsortsiumning taniqli a'zolari orasida Xarbin Texnologiya Instituti (HIT), Shanxay Jiao Tong universiteti (SJTU) va Xi'an Jiao Tong universiteti (XJTU) bor bo’lib, ularning barchasi sovuq iqlim uchun mo'ljallangan IVK texnologiyalari va tizimlarini faol ravishda tadqiq qilmoqda. Konsortsium LG kompaniyasiga mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan mahsulotlarni yetkazib berishga va Xitoy bozoridagi ishtirokini kuchaytirishga yordam beruvchu kuchli va ishonchli IVK yechimlarini ishlab chiqish uchun Xarbin va Mohe shahridagi yangi tadqiqot markazlarini yurg’izadi.
Qishning og‘ir sharoitlari bilan mashhur Xarbin va harorat Selsiy bo‘yicha minus 50 darajadan pastga tushishi mumkin bo‘lgan Mohe qattiq sovuq iqlim sharoitida yuqori samaradorlikni saqlab qolgan holda issiqlik nasoslari texnologiyalari bo‘yicha LG tadqiqotlarini ilgari surish uchun ideal sharoitlarini taqdim etadi. INTXK kompaniyaning IVK yechimlari bo’yicha sinovlarni, shu jumladan turar-joy konditsionerlari bo'yicha sinovlarni, ikkita ob'ektda o'tkazadi: Xarbin Texnologiya Instituti kampusidagi universitetga tegishli binoda va Mohe shahridagi turar-joy maydoni. Konsortsium LG kompaniyasining IVK mahsulotlarining isitish unumdorligi, energiya samaradorligi va umumiy ishonchliligini yaxshilash uchun keng qamrovli operatsion ma'lumotlarni to'playdi.
INTXK LGning issiqlik nasoslari ilmiy-tadqiqot ishlari hamkorligi bo’yicha o‘sib borayotgan xalqaro dasturiga sezilarli hissa qo’shib, o‘tgan yilning noyabrida Koreya va AQShda hamda joriy yilning iyun oyida Yevropada tashkil etilgan LG boshchiligidagi konsorsiumlarni to‘ldiradi. O'zining uchlik konsorsiumlari bilan LG Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoni qamrab olgan mustahkam ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini qurdi va har bir mintaqaning iqlim va uy-joy sharoitlarining o'ziga xos talablariga mos keladigan texnologiyalarni ishlab chiqishga qodir. Bu ilmiy-tadqiqot (R&D) uchburchagi kompaniyaning IVK texnologiyasi bo'yicha global yetakchiligini yanada mustahkamlashda katta o’rin tutadu.
Bundan tashqari, yaqinda bo'lib o'tgan bosh ijro direktori boshchiligidagi investorlar forumida LG biznes portfelini innovatsiya qilish uchun to'rtta asosiy strategiyani belgilab berdi, bular ichida - B2B imkoniyatlarini, xususan IVK sohasida imkoniyatlarni tezlashtirishi. O‘zining ilg‘or inverter, issiqlik nasosi va chiller texnologiyalaridan foydalangan holda LG yuqori samarali IVK yechimlari bozorida yetakchilik qilishni maqsad qiladi va shu bilan birga sovitish tizimlariga o’sib borayotgan talabga ham ahamiyat beradi, ayniqsa sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlaridagi.
Bundan tashqari, asosiy bozorlarda LGning IVK biznesi asosiy komponentlarni o’z ichida ishlab chiqarish va mintaqaviy yetkazib berish uchun optimallashtirilgan ishlab chiqarish bazalarini yaratishni o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli, mahalliy to‘liq operatsion tizimni o’rnatmoqda. Bu tizim ilmiy-tadqiqotlardan tortib to sotish va texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma narsani qamrab oluvchi bo’lib, LG’ning B2B imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi va uzoq muddatli mazmunli o‘sishni ta’minlashi kutilmoqda.
“Biz turli iqlim sharoitlariga moslashtirilgan yangi avlod issiqlik nasoslari texnologiyalarini rivojlantirishga bel bo’g’laganmiz.” – dedi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasining Havo yechimlari biznes bo‘limi rahbari Jeyms Li: "Ilmiy-tadqiqot tashabbuslarimiz orqali biz har bir mintaqa uchun xilma-xil yechimlarni taqdim etish imkoniyatini kuchaytiramiz va global IVK bozorida mahsulotimiz va texnologiyamiz yetakchiligini mustahkamlaymiz."