• Kuz – bu yorqin ranglar, moʼl-koʼl hosil vaqti boʼlib, unda ona tabiat bizni rosa erkalatadi, va albatta bu – butun oila uchun shinam muhitni yaratuvchi fasl mazzali mavsumiy mehmondorchiliklar vaqti hamdir. Foydali taomlarni kuzgi kayfiyat bilan tayyorlash uchun plita yoki duxovka oldida koʼplab vaqt sarflashingiz shart emas – mikrotoʼlqinli pech sizga ularni sanoqli daqiqalarda pishirishga yordam beradi. LG NeoChef™ MH6336GIB modeli shoh asar taomlarni tayyorlash uchun ideal mos keladi. Bugun biz oddiy va ayni paytda qiziqarli retseptlarni koʼrib chiqamiz, ularni mikrotoʼlqinli pechda minimal harakat bilan va qisqa vaqtda tayyorlash mumkin.

    1. Qovoqdan muloyim krem-shoʼrva

    Qovoq – haqiqiy kuz ramzi boʼlib, uning turgan bitgani vitamindir. Ushbu yengil va muloyim krem-shoʼrva oshxonangizda mavsumiy menyu uchun ajoyib variant boʼladi.

    Mahsulotlar:

    • 400 gramm qovoq
    • 1 ta sabzi
    • 1 dona kartoshka
    • 1 dona piyoz
    • 200 millilitr qaymoq
    • 1 osh qoshiq zaytun yogʼi
    • tuz va qalampir taʼmga qarab

    Tayyorlash:

    1. Qovoq, sabzi, kartoshka va piyozni mayda toʼrtburchak shaklida kesing.
    2. Sabzavotlarni chuqur idishga soling, zaytun yogʼi va biroz suv qoʼshing.
    3. Qopqogʼini yoping va LG mikrotoʼlqinli pechida 800 vatt quvvat ostida 15 daqiqa davomida pishiring.
    4. Tayyorlangan sabzavotlarni choʼkuvchi blender bilan bir xil konsistensiyali holatga kelgunigacha maydalang.
    5. Qaymoq, tuz va qalampir qoʼshing, soʼngra aralashtiring va yana ikki daqiqaga mikrotoʼlqinli pechga qaytib qoʼying.
    6. Shoʼrvani issiq holatda koʼkatlar va qotgan non boʼlakchalari bilan dasturxonga torting.
    7. Аsal va koritsali toblab pishirilgan xushboʼy olmalar


    Toblab pishirilgan olmalar – kuz klassikasidir! Bunday foydali desertni mikrotoʼlqinli pechda osongina tayyorlash mumkin. U uyingizni ajoyib hidi bilan toʼldiradi va salqin kuz oqshomida sizga iliqlik baxsh etadi.

    Mahsulotlar:

    • 4 dona olma
    • 4 choy qoshiq asal
    • 1 choy qoshiq koritsa
    • Biroz mayiz yoki yongʼoq (istakka qarab)

    Tayyorlash:

    1. Olmalarning magʼzini kesib oling, tubini esa butun qoldiring.
    2. Har bir olmada hosil boʼlgan chuqurchaga asal soling va yaxshilab koritsa seping. Taʼmga qarab mayiz yoki yongʼoq qoʼshish mumkin.
    3. Olmalarni chuqur idishga soling va qopqogʼini yoping.
    4. LG mikrotoʼlqinli pechida 600 vatt quvvat ostida yetti-sakkiz daqiqa davomida tayyorlang.
    5. Olmalarni issiq holda dasturxonga torting. Аgarda ushbu taom oldida bir sharcha muzqaymoq yoki bir qoshiq smetana qoʼshsangiz, uning taʼmi yanada boshqacha tuslar oladi.
    6. Tovuq va qoʼziqorinli iliq salat

    Ushbu salat kuzgi tushlik yoki kechki taom uchun ideal mos keladi. Tovuq uni toʼyimli qiladi, qoʼziqorin esa unga qiziqarli taʼm bagʼishlaydi, mikrotoʼlqinli pech esa uni tez va ortiqcha tashvishsiz pishirish imkonini beradi, va bu orqali siz kuzgi sayr uchun vaqt va kuchingizni saqlab qolasiz.

    Mahsulotlar:

    • 200 gramm tovuq filesi
    • 150 gramm shampinyon
    • 1 dona bulgʼor qalampiri
    • 1 dona piyoz
    • 1 osh qoshiq soya sousi
    • 1 osh qoshiq oʼsimlik yogʼi
    • tuz va qalampir taʼmga qarab

    Tayyorlash:

    1. Tovuq filesi va qoʼziqorinlarni mayda boʼlakcha qilib, piyoz va qalampirni esa yarim halqa shaklida kesing.
    2. Barcha mahsulotlarni idishga soling va soya sousi, yog’, tuz va qalampir soling. Аralashtiring.
    3. Qopqogʼini yoping va LG mikrotoʼlqinli pechida 700 vatt quvvat ostida 10 daqiqa davomida pishiring.
    4. Salatni kinza va qotgan non boʼlakchalari bilan bezang va dasturxonga torting.

     

    1. Xushboʼy nokli pirog

    Nok – pazandalar uchun ideal meva. LG mikrotoʼlqinli pechida ortiqcha harakat qilmasdan turib nokli pirog pishirish mumkin boʼlib, u butun oilangizni xursand qiladi.

    Mahsulotlar:

    • 2 dona nok
    • 150 gramm un
    • 100 gramm shakar
    • 2 dona tuxum
    • 100 millilitr sut
    • 50 gramm sariyogʼ
    • 1 choy qoshiq razrixlitel
    • Bir chimdim tuz

    Tayyorlash:

    1. Tuxumni barqaror koʼpik shakliga kelgunigacha urib koʼpirtiring.
    2. Eritilgan sariyogʼ, sut va tuz qoʼshing, ohista aralashtiring.
    3. Kam-kam un va razrixlitel qoʼshing va sekin asta xamirni aralashtiring.
    4. Noklarning poʼstlogʼini tozalang, boʼlaklang va xamirga qoʼshing.
    5. Xamirni shisha qolipga soling va mikrotoʼlqinli pechda 600 vatt quvvat ostida 10-12 daqiqa davomida pishiring.
    6. Pirog ustiga shakar kukuni seping va desertni dasturxonga torting.

    LG mikrotoʼlqinli pechida taom tayyorlash uchun foydali maslahatlar

    1. Mos idishlardan foydalaning. Yuqori haroratga bardoshli shisha yoki sopol idishlar juda ham mos keladi.
    2. Quvvatni sozlab turing. Аgarda taom juda tez pishsa, mikrotoʼlqinli pechning quvvatini kamaytiring va u bir maromda qizdiriladi.
    3. Аralashtirishni unutmang. Bir maromda pishirish uchun, ayniqsa retseptda koʼplab mahsulotlar qoʼshilgan boʼlsa, taomlarni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing.

    LG NeoChef™ mikrotoʼlqinli pechlari bir maromda taom tayyorlashni taʼminlab, barcha mahsulotlarning taʼmi va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Ushbu kuzgi retseptlarni sinab koʼring va kuzning salqin kunlarida oilangizga iliqlik baxsh etuvchi ajoyib taomlardan bahra oling. Yoqimli ishtaha!