Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
2/10/2025
10/2/2025
2025/02/10
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Agar «g'amxo'r intellekt» yoningizda bo'lsa,hayot 24/7 go'zal, — aynan shu shior ostida LG kompaniyasi «G'amxo'r intellekt» kundalik hayotni qanday qilib yanada oddiy, qulay va g'amxo'rlikka to'la qilishi mumkinligini namoyish etdi. CES 2025 iste’mol elektronikasi bo‘yicha eng yirik ko‘rgazmasi qanday o‘tdi?
«G'AMXO'R INTELLEKT» BILAN HAYOTNING BIR KUNI
«G‘amxo‘r intellekt» kontseptsiyasining jahon premyerasi teatr tomoshasi formatida o‘tkazildi. Sun’iy intellektning kundalik hayotimizga qanday tabiiy ravishda moslashishi namoyish etildi.
LG ning CES 2025 dagi stendi turli vaqt oralig‘ini aks ettiruvchi zonalarga bo‘lingan edi: tong, kun, kechqurun va tun. Har bir zona o‘ziga xos tarzda LG sun’iy intellekt texnologiyalari kundalik hayotda qanday yordam berishini namoyish etdi va kompaniyaning «Barchaga yanada yaxshi hayot» falsafasini ifoda etdi. Masalan, tongda sun’iy intellekt agenti FURON qulay muhit yaratib, shaxsiy maslahatlar beradi, avtomobillarning aqlli tizimlari esa biometrik ma’lumotlarni tahlil qilib, safar davomida qulaylik va yo‘l bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi. Kechqurun esa LG sun’iy intellektli televizorlari tomoshabinlarning didini tahlil qilib, uyda ko‘ngilochar tajribani moslashtiradi — ovoz va tasvir sifatini yaxshilab, maksimal zavq bag‘ishlaydi.
Qiziqarli fakt: tun zonasi mehmonlarni hayratga soldi, ayniqsa kinetik lyustra — 28 ta shaffof LG Signature OLED T panellaridan iborat noyob installyatsiya tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Yopiq holatda u shaffoflikni ta’kidlab, video va yorug‘lik bilan sinxron ravishda uyg‘unlashdi, ochiq holatda esa OLED texnologiyasining nafis dizaynini namoyon qildi. Cloud Bloom, Aquarium va vitraj naqshlari kabi vizual effektlar yorug‘lik bilan uyg‘unlashib, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yanada kuchaytirildi, bu esa to‘liq sho‘ng‘ish effektini yaratdi.
MICROSOFT BILAN STRATEGIK HAMKORLIK
LG World Premiere sahnasida LG kompaniyasi Microsoft bilan hamkorlikni e’lon qildi. Ushbu hamkorlik sun’iy intellekt xizmatlarini uylar, avtomobillar va tijorat makonlari uchun yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Hamkorlikning maqsadi — LG mahsulotlari va turli sohalardagi mijozlar ma’lumotlarini (uy, mobil hayot va tijorat) Microsoft sun’iy intellekt texnologiyalari bilan birlashtirib, innovatsiyalar sohasida yetakchilik qilishdir. Natijada aqlli xizmatlar joriy etilib, kundalik hayot yanada qulay va komfortli bo‘ladi.
Microsoft kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va tijorat direktori Jadson Altoff shunday dedi: «Microsoft sun’iy intellekt hayotimiz va ish tarzimizni tubdan o‘zgartirishiga ishonadi. Biz LG Electronics bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, chunki ular aqlli va ulanish imkoniyatiga ega makonlarni yaratish bo‘yicha pioner hisoblanadi. Ushbu hamkorlik sun’iy intellektni kundalik hayotga integratsiya qilishga yordam beradi»
Jadson Altoff shuningdek, Microsoft va LG o‘rtasidagi hamkorlik tez rivojlanayotgan sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlar markazlari sohasida davom etishini e’lon qildi.
LG ning ilg‘or sovutish va issiqlikni boshqarish texnologiyalari yordamida hamkorlar sun’iy intellekt markazlarining energiya samaradorligini oshirish, ularni zamonaviyroq va ekologik jihatdan qulayroq qilishni maqsad qilgan.
Sun’iy intellekt sohasida qanday yangiliklar bor?
LG sun’iy intellekt qo‘llab-quvvatlanadigan yangi mahsulotlarini taqdim etdi, jumladan LG gram 2025 — kompaniyaning sun’iy intellekt funksiyalariga ega birinchi noutbuki.
Nega bu muhim?
LG gram 2025 innovatsion sun’iy intellekt texnologiyalari, nafis dizayn va yuqori unumdorlikni o‘zida mujassam etgan.
Yangilikning asosiy jihati
2025-yil noutbuklari gibrid sun’iy intellekt yechimlari bilan jihozlangan: gram chat On-Device va gram chat Cloud, GPT-4o asosida ishlaydi va qulay muloqot hamda ish jarayoni uchun mo‘ljallangan.
Asosiy xususiyatlar
2025-yil LG televizorlari uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari
LG 2025-yil televizorlari uchun yangi sun’iy intellekt imkoniyatlarini taqdim etdi. Ushbu funksiyalar oldingi modellar uchun ham yangilanishlar orqali taqdim etiladi.
Qanday yangiliklar bor?
"Lifestyle Solution for Mobility" – innovatsion yechim
LG Mobility Experience (MX) ni taqdim etdi – bu yechim aqlli uy qulayliklarini mobil makonlarga olib kelib, ularni yashash uchun qulay muhitga aylantiradi.
Muhim ma’lumot: Avtomobil sanoati tendentsiyalariga mos ravishda LG MX platformasini obuna asosida taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiyani ko‘proq foydalanuvchilar uchun yanada qulay va ommabop qiladi.
LG ning noyob yangiliklari
LG yorqin dizayn va qulay form-faktorlarga ega innovatsion qurilmalarni taqdim etdi. Mana ularning ayrimlari:
Yangi StanbyME 2
27 dyuymli ekran endi o‘rnatilgan akkumulyator bilan ta’minlangan, bu esa batareyasiz ishlash imkonini beradi. Yangi aksessuarlar – oson tashish va mustahkam o‘rnatish uchun maxsus moslamalar qo‘shildi, bu esa foydalanuvchilarga yanada ko‘proq erkinlik beradi.
Uy bog‘i uchun innovatsion qurilma
LG yangi gadjetni taqdim etdi, u ekinlar yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini uslubiy polli chiroq dizayni bilan uyg‘unlashtiradi. Shahar aholisi va yangi boshlovchilar uchun ideal, bu qurilma uy bog‘dorchiligini soddalashtiradi, ko‘proq o‘simlik joylashuvi va turli ekinlar uchun moslashuvchan LED yoritish imkoniyatini taqdim etadi
LG ikki yangi life-style proyektorini taqdim etdi – ular takrorlanmas muhit yaratish uchun mo‘ljallangan: PF600U – ko‘p funksiyali “3-in-1” proyektor bo‘lib, Bluetooth dinamik, LED yoritish va proyektor funksiyalarini birlashtiradi. Bu qurilma foydalanuvchining xohishiga ko‘ra xona atmosferasini sozlash imkonini beradi. CineBeam S – kompakt 4K UST-proyektor, yuqori sifatli tasvir va qisqa masofadan katta ekran yaratish imkoniyati bilan ajralib turadi.
Eng zo‘r yangilik! — will.i.am x LG xBoom
LG xBoom by will.i.am yangi mahsulotlar seriyasini taqdim etdi – unda ilg‘or texnologiyalar va o‘ziga xos musiqa uslubi mujassam.
Will.i.am ilhomlantirgan xBoom brendi sun’iy intellektdan foydalangan holda musiqa tinglashning noyob tajribasini taqdim etadi. Bu hamkorlik innovatsiyalar va yorqin musiqiy yechimlarni birlashtirib, har bir musiqasevar uchun takrorlanmas muhit yaratish imkonini beradi
"Texnologiyalar va turmush tarzi sohasida yetakchi novator sifatida tan olingan LG bilan hamkorlik ilg‘or va yorqin yechimlarni yaratish imkoniyatlarini ochadi, bu esa keng musiqa ixlosmandlari auditoriyasida aks sado topadi", — dedi will.i.am..
CES 2025 ko'rgazmasida LG yana bir bor texnologiyalar nafaqat kundalik vazifalarni yengillashtirishi, balki har bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashib, hayotni yanada qulay va shaxsiylashtirilgan qilishini namoyish etdi. Aqlli qurilmalardan va moslashuvchan ekranlardan tortib, ilg‘or mobil yechimlar va strategik hamkorliklargacha — kompaniya kelajakdagi raqamli dunyoning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berdi.