• Mikroto‘lqinli pech oshxonada muhim yordamchidir. Ammo undan muntazam foydalanish natijasida vaqt o‘tishi bilan unda yoqimsiz hidlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunga ko‘pincha devordagi ovqat qoldiqlari, kuygan oziq-ovqatlar yoki to‘planib qolgan yog‘ sabab bo‘ladi. Xayriyatki, bu hidlarni osonlik bilan yo‘qotish va mikroto‘lqinli pechingizning yangiligini hamda tozaligini saqlashga yordam beradigan bir nechta sinovdan o‘tgan usul mavjud.

     

    Mikroto‘lqinli pechda yoqimsiz hidlarning paydo bo‘lish sabablari

    1. Ovqatning buzilishi. Oziq-ovqat zarrachalari qurilma devorlariga o‘rnashib qolishi mumkin va ular chiriganda yoqimsiz hid tarqaladi.
    2. Kuygan taomlar. Ba’zida mahsulotlar kuyib ketadi yoki sachrab ketadi, natijada bartaraf etish qiyin bo‘lgan kuyindi izlari qoladi.
    3. Yog‘ va kirning to‘planishi. Isitilgan taomlardan ajralgan yog‘ ichki yuzalarda to‘planadi va muntazam tozalanmasa, u hid manbaiga aylanadi.

     


    1-usul: Limon va suv

    Limon yoqimsiz hidlarni yo‘qotishda juda samarali bo‘lib, mikroto‘lqinli pechni yangilash va tozalashga yordam beradi.

     

    Yo‘riqnoma:

    1. Mikroto‘lqinli pechga mos keladigan idishga bir stakan suv quying.
    2. Limonni ikkiga bo‘ling, sharbatini suvga siqib soling, so‘ngra limonning ikkala yarmini ham idishga soling.
    3. Idishni pechga joylashtiring va uni 5 daqiqa davomida eng yuqori quvvatda ishlating.
    4. Tugagandan so‘ng, idishni suv bilan birga pech ichida yana 5 daqiqa qoldiring.
    5. Pechning ichki devorlarini nam shimgich yoki latta bilan arting.

     

    2-usul: Sirka

    Sirka yoqimsiz hidlarni a’lo darajada yo‘qotadi va ularning manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yog‘ cho‘kindilarini ham samarali tozalaydi.

     

    Yo‘riqnoma:

     

    1. Bir stakan suv bilan ikki osh qoshiq sirkani aralashtiring.
    2. Idishni pechga joylashtiring va uni 5 daqiqaga yoqing.
    3. 5 daqiqa o’tganidan so’ng, aralashmani yana 2-3 daqiqa qoldiring.
    4. Qurilmaning ichki yuzasini shimgich yoki yumshoq mato bilan arting.

     

    3-usul: Osh sodasi

    Osh sodasi hidlarni yutish va yuzalarni tozalashda samarali yordam beradi.

     

    Yo‘riqnoma:

    1. Kichikroq idishga ikki osh qoshiq soda soling.
    2. Ozgina suv qo‘shib, quyuq qilib pasta tayyorlang.
    3. Mikroto‘lqinli pechning ichki yuzalariga aralashmani surting va 10-15 daqiqaga qoldiring.
    4. Soda qoldiqlari va kirlarni ketkazish uchun nam gubka bilan artib tashlang.

     

    4-usul: Qahva

    Qahva donlari yoki maydalangan qahva yoqimsiz hidlarni ajoyib tarzda o‘ziga singdirib, atrofni yoqimli hid bilan to‘ldiradi.

     

    Yo‘riqnoma:

    1. Kichik kosaga 2-3 osh qoshiq maydalangan qahva yoki bir siqim qahva donalarini soling.
    2. Kosani o‘chirilgan pechda 2-3 soat davomida yoki tun bo‘yi qoldiring.
    3. Mikroto‘lqinli pechni yumshoq latta bilan arting - yoqimsiz hid yo‘qolib, o‘rniga yengil qahva hidi qoladi.

     

    5-usul: Mikroto‘lqinli pechlar uchun mo‘ljallangan maxsus tozalash vositalari

    Mikroto‘lqinli pechlardagi yoqimsiz hidlar va kirlarni bartaraf etish uchun yaratilgan ko‘plab maxsus tozalovchi vositalar mavjud. Ular ishlatish uchun xavfsiz bo‘lib, yog‘ va kuyindi qoldiqlarini samarali tarzda yo‘qotadi.

     

    Tanlash va qo‘llash bo‘yicha maslahatlar:

    • Jihozingizning ichki qoplamasiga shikast yetkazmaslik uchun oshxona anjomlari uchun mo‘ljallangan maxsus vositalarni tanlang.
    • Ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga amal qiling, vositani yuzaga surtib, uni faqat belgilangan vaqtgacha qoldiring.
    • Tozalovchi vositani ketkazish uchun yumshoq latta yoki shimgichdan foydalaning.

     

    Oldini olish bo‘yicha maslahatlar

    Yoqimsiz hidlarning oldini olish uchun oddiy qoidalarga rioya qilish foydali:

    • Muntazam tozalash. Yog‘ va ovqat qoldiqlarining to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mikroto‘lqinli pechni har ishlatgandan so‘ng nam latta bilan artib turing.
    • Qopqoq va konteynerlardan foydalanish. Ovqatning sachrashini oldini olish uchun uni yopiq idishlarda yoki maxsus qopqoq ostida isiting.
    • Parvarish bo‘yicha tavsiyalar. Qurilmadan doimiy ravishda foydalanayotganda, yuqorida taklif etilgan usullardan birini qo‘llab, haftada kamida bir marta puxta tozalash ishlarini amalga oshiring.

     

    Mikroto‘lqinli pechni muntazam tozalash uning tozaligi va ozodaligini saqlashga yordam beradi, shuningdek, xizmat muddatini uzaytiradi. Qaysi usul tanlanishidan qat’i nazar, limon, sirka, soda, qahva kabi vositalar va maxsus tozalovchi moddalar yoqimsiz hidlar va kirlanishlarga qarshi kurashishda samarali hisoblanadi. Oddiy parvarish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilsangiz, mikroto‘lqinli pechingizni mukammal holatda saqlab turishingiz mumkin.

     

    Agar siz foydalanish va saqlash uchun qulay bo‘lgan yangi mikroto‘lqinli pechni qidirayotgan bo‘lsangiz, LG MS2535GIS NeoChef™ modelini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Mexanik ta’sirlarga chidamli maxsus EasyClean™ antibakterial qoplama tufayli, pechni ortiqcha kuch sarflamay iflosliklardan tozalashingiz mumkin. NeoChefTM pechi smart-invertor texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u taomlarni bir tekis va yaxshilab isitishni ta’minlaydi, ya’ni taomlar tayyorlash paytida o‘z ta’mini yo‘qotmaydi.