Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
11/20/2024
20/11/2024
2024/11/20
This is it. When the year ends, so does the special offer on these LG premium televisions.
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
O‘zingizning muhitingizga mos keladigan uy kinoteatrini yaratish uchun xonaning xususiyatlarini hisobga olgan holda tasvir va ovozni to‘g‘ri sozlash muhimdir. Bu yerda to‘g‘ri televizor va saundbarni tanlash, ularni to‘g‘ri o‘rnatish muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada biz LG OLED evo G4 televizori va LG SP11RA saundbari yordamida uy kinoteatrini qanday tashkil etish haqida so‘z yuritamiz. Bu qurilmalar orqali siz yorqin tasvir va hajmli tovushdan zavqlanib, sevimli filmlaringiz muhitiga sho‘ng‘ib ketasiz.
Nima uchun OLED-televizorlar uy kinoteatri uchun juda mos
OLED texnologiyasi tasvir sifatini yangi darajaga ko‘tarib, to‘laqonli uy kinoteatrini yaratish imkonini beradi. O‘z-o‘zidan yorituvchi va har biri mustaqil ravishda yonib-o‘chishi mumkin bo‘lgan piksellar tufayli, OLED televizorlari chinakam chuqur qora rang va ajoyib kontrastni ta’minlaydi. Bu to‘yingan rang ko‘lankalari va detallashtirilgan soyalarni uzatish imkonini beradi, natijada tasvir maksimal darajada haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi.
65 dyuymli OLED evo G4 - mehmonxonangizda kinoteatr muhitini yaratish uchun ajoyib tanlov. Bu televizor g‘oyat tiniq tasvir, yorqin va aniq ranglar, shuningdek, eng qorong‘i sahnalarda ham ajoyib detallashtirishni ta’minlaydi. Qurilmaning zamonaviy va nozik dizayni har qanday interyerni to‘ldirib, unga nafislik va zamonaviylik bag‘ishlaydi.
Eng yaxshi tovush uchun saundbarni qanday tanlash va o‘rnatish kerak
To‘laqonli uy kinoteatrini yaratishda ovoz ham muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy televizorlar sifatli dinamiklar bilan jihozlangan bo‘lsa-da, saundbar tovushni qabul qilishni yangi darajaga olib chiqadi va yanada boy tovushni ta’minlaydi.
LG SP11RA soundbari uy kinoteatringiz uchun ajoyib tanlov bo‘ladi. U Dolby Atmos va DTS:X texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli tomoshabinni film muhitiga to‘liq olib kiradigan uch o‘lchovli tovushni yaratadi. Qurilma kuchli baslarni va toza yuqori chastotalarni chiqaradi, bu esa uni boy ovozli dinamik filmlarni tomosha qilish uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.
Saundbarini LG OLED evo G4 televizoriga optik kabel yoki HDMI kabeli orqali ulash mumkin. Yanada qulaylik uchun WOWCAST funksiyasi yordamida simsiz ulanish imkoniyati ham mavjud. Ulanish o‘rnatilgandan so‘ng, tovushni televizor pultidan boshqarsa bo’ladi, bu tizimdan foydalanishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Maksimal ta’sir uchun tasvir va ovozni sozlash
Film va seriallarni tomosha qilish yaxshi taassurot qoldirishi uchun tasvir hamda tovushni to‘g‘ri sozlash muhimdir.
LG OLED evo G4 televizori turli xil turdagi kontentga moslashtirilgan tasvirni yaratish uchun ko‘plab sozlamalar bilan jihozlangan. AI Picture Pro singari intellektual funksiyalar tufayli, televizor xonadagi yorug’lik darajasi va ko‘rilayotgan materialning xususiyatlariga qarab tasvir parametrlarini avtomatik tarzda sozlaydi.
LG SP11RA saundbari kino, musiqa va nutq uchun maxsus moslashtirilgan bir necha tovush rejimlarini taklif qiladi. AI Sound Pro funksiyasi tufayli qurilma audio signalni avtomatik tarzda tahlil qilib, har bir kontent turi uchun eng maqbul sozlamalarni tanlaydi. Bu esa filmlarni tomosha qilishdan olinadigan taassurotini kuchaytiruvchi toza va hajmli tovushni ta’minlaydi.
Texnikani xonada joylashtirish: xonani tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar
Kino ko‘rishdan chuqur taassurot olish uchun ideal muhit yaratishda televizor va saundbarning to‘g‘ri joylashtirilishini hisobga olish ham muhimdir.
Televizorni qulay tomosha qilish uchun uni tomoshabinning ko‘z balandligida o‘rnatish lozim. 65 dyuymli LG OLED evo G4 modeli standart mehmonxonada joylashtirish uchun juda mos keladi. Barcha tomoshabinlar uchun simmetrik ko‘rinish va qulaylikni ta’minlash maqsadida televizorni xonaning markaziga o‘rnatish tavsiya etiladi.
Maksimal effektga erishish uchun tovush to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomoshabinga qaratilgan bo‘lishi kerak. LG SP11RA saundbarini televizor ostiga yoki barcha ishtirokchilar uchun bir xil va sifatli tovushni ta’minlaydigan darajada joylashtirish tavsiya etiladi. Simsiz sabvufer xonaning o‘lchamlari va xususiyatlariga qarab, eng chuqur, toza va to‘yingan baslarni ta’minlaydigan joyga joylashtirilishi lozim.
LG SP11RA saundbari 770 Vt quvvatga ega 7.1.4 tizimi, ikkita orqa dinamik va subvufer bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq qamrab olish effektini ta’minlovchi kuchli tovush hosil qiluvchi mukammal to‘plamni tashkil etadi.
Mukammal uy kinoteatrini qanday yaratish mumkin
Mukammal uy kinoteatri yaratishda xonaning umumiy muhiti, jumladan yoritish, mebellar va jihozlar muhim ahamiyatga ega. Filmni to‘liq his qilish uchun boshqariladigan yoritish tizimidan foydalanish tavsiya etiladi. Ekranda sodir bo‘layotgan voqealarga qarab ranglarni o‘zgartiradigan yumshoq yorug‘lik yoki LED yoritgich mos keladigan muhitni yaratishga yordam beradi. Qulay mebellar ham muhim ahamiyatga ega - barcha tomoshabinlar filmlardan qulay vaziyatda rohatlana olsshlari uchun yumshoq divan va kreslolarni tegishli ravishda joylashtiring.
LG OLED evo G4 televizori va LG SP11RA saundbariga ega uy kinoteatrini yaratish - film tomosha qilishni unutilmas qilishning ajoyib usulidir. Texnikani to‘g‘ri joylashtirish, tovush va tasvirni sozlash, shuningdek, shinam muhit sizga o‘z uyingizda kino olamiga sho‘ng‘ishga yordam beradi.