• 4K yechimli televizorlar maishiy elektronika bozoridagi asosiy trendlardan biriga aylandi. Borgan sari ko’proq odamlar filmlar, sport dasturlari va onlayn kontentni tomosha qilish uchun yuqori yechimli modellarni tanlashmoqda. Bunday qurilmalarning mashhurligi yuqori tasvir sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash va mavjud diagonallarning xilma-xilligi bilan izohlanadi, bu esa ularni xaridorlarning keng doirasi orasida ko’plab talab qilinishiga olib keladi. Ushbu maqolada biz 4K yechimning nima ekanligini, uning boshqa formatlardan qanday farq qilishini ko'rib chiqamiz, uning afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qilamiz, shuningdek, mos televizorni tanlash bo'yicha maslahatlar beramiz.

     

    4K yechim

    4K yechim ekranning 2160ga 3840 pikseldan iborat ekanligini bildiradi, bu Full HD standartidan (1920 x 1080 piksel) taxminan to'rt baravar katta. Bu, ayniqsa, sifatdagi farq yanada sezilarli bo'ladigan kattaroq ekranlarda yanada batafsilroq va aniq tasvirlarni aks ettirish imkonini beradi.

     

    4K ko'pincha Full HD va 8K bilan taqqoslanadi. Full HD bilan solishtirganda, 4K sezilarli darajada yaxshi tasvir sifatini ta'minlaydi, bu esa uni kattaroq ekranlarda filmlar, sport translyatsiyalari va o'yinlar tomosha qilish uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. 8K, o'z navbatida, 4K bilan solishtirganda vertikal va gorizontal piksellar sonini ikki baravar oshirib, yanada yuqoriroq yechim taklif qiladi. Biroq, 8K televizorlari hali kamroq tarqalgan bo’lib, bu formatdagi kontent hozirda juda kam uchraydi.

     


    UHD va 4K o’rtasidagi farq

    4K va UHD atamalari ko'pincha, garchi ular o'rtasida biroz farqlar mavjud bo’lsa-da, bir-birining o’rnini bosuvchilar sifatida ishlatiladi. UHD (Ultra High Definition), o’ta yuqori yechimni bildiruvchi umumiy atamadir, 4K esa bu yechimning o'ziga xos turidir. 4K qisqartmasi ko'pchilik uchun tushunarli va tanish bo'lgani uchun 4K TV yoki 4K UHD TV kabi nomlarni tez-tez ko’rish mumkin – ularning ikkisi ham bir xil ma'noni anglatadi.

     

    4K televizoraliring asosiy afzalliklari

    • Yuqori oʼlcham va tasvirning tiniqligi. 4K koʼp sonli piksellar tufayli detallashtirilgan va yorqin tasvirlarni taklif qiladi.
    • LG OLED65C4RLA kabi modellar oʼzini oʼzi yorituvchi pikselli OLED texnologiyasidan foydalanib, yuqori oʼlcham bilan birgalikda yorqin va oʼziga rom qiluvchi tasvirni yaratadi.
    • Yaxshilangan rang yetkazib berish va kontrast. Zamonaviy 4K televizorlari keng rang gammasini taʼminlab, yanada real ranglarni ifodalash va chuqur kontrastni yaratish imkonini beradi, bu tasvirni xuddi hayotiy va boy qilib koʼrsatadi.
    • HDR va Dolby Vision texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlaydi. Ushbu texnologiyalar yorqinlik va kontrast diapazonini kengaytiradi hamda tasvirni yanada boyitib beradi. HDR (High Dynamic Range) detallarni eng yorqin va qora sohalarda koʼrishga yordam beradi, Dolby Vision esa tasvirning chuqurligi va realligini kuchaytiradi.

     


    4K televizorlarining kamchiliklari va cheklovlari

    • Baʼzi bir modellarning yuqori narxi. 4K televizorlarining narxlari pasayganligiga qaramasdan, premial qurilmalar hali ham anchagina qimmatligicha qolmoqda.
    • Kontentga qoʼyilgan talablar. 4K oʼlchamning afzalliklaridan toʼlaqonli foydalanish uchun tegishli sifatdagi kontent talab etiladi. Garchi Netflix va YouTube kabi striming servislarida 4K videolarining soni koʼpayib ketayotgan boʼlsada, hamma kontentlar ham ushbu formatda mavjud emas.
    • Unumdorlik va energiya isteʼmoliga taʼsiri. 4K tasvirga ishlov berish uchun kuchli protsessorlar hamda ekranlarning yuqori yorqinligi energiya isteʼmolini koʼpaytirishi mumkin boʼlib, televizorni tanlayotganda buni ham hisobga olish lozim.

     

    Qanday qilib 4K televizorni tanlash kerak?

    • Matritsa turi (LED, OLED, QLED). LED — bu ommabop texnologiya boʼlib, u yorqin tasvirni taʼminlaydi va turli narx darajalarida mavjud.
    • OLED (Organic Light-Emitting Diode) chuqur qora ranglar va aniq rang yetkazib berish bilan farq qiladi, bu xususiyati uni kino ixlosmandlari uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. QLED (Quantum Dot LED) yorqin yoritish paytida yanada yorqin tasvir va yaxshiroq koʼrinishni taklif qiladi.
    • Ekranning yangilanish chastotasi. Yangilanish chastotasi (60 Hz, 120 Hz va yuqoriroq) harakatlarning bir tekisligini belgilaydi, bu sport dasturlarini tomosha qilishda va video oʼyinlarini oʼynayotganingizda ayniqsa muhimdir.
    • Diagonal oʼlchami. Ekrannig oʼlchami xona maydoniga hamda televizorgacha boʼlgan oraliq masofaga bogʼliq. Qulay tomosha uchun, agarda oraliq masofa 2.5-3 metrni tashkil qilsa, 50 dyuym va undan katta diagonalga ega ekranni tanlash tavsiya etiladi.

     

    Smart funksiyalarni va operatsion tizimlarni qoʼllab-quvvatlash

    Smart televizorlar oqimli servislardan va ilovalardan foydalanish imkonini berib, bu ularning funksionalligini sezilarli darajada oshiradi, webOS operatsion tizimi esa foydalanuvchilarga internet resurslarga kirish imkonini taqdim qiladi.

     

    Ulash joylari va ulash

    HDMI va USB kabi ulash joylari tashqi qurilmalar: oʼyin konsollari, pleyerlar va kompyuterlarni ulash uchun kerak.

     

    4K televizorini xarid qilib olish boʼyicha tavsiyalar

    Chegaralangan byudjetda LED ekran va eng asosiy smart funksiyalar mavjud boʼlgan modelni tanlash mumkin. Byudjetingiz koʼproq boʼlganda yaxshilangan HDR funksiyasiga va yuqori yangilanish chastotasiga ega OLED yoki QLED televizorlarni koʼrib chiqishingiz mumkin. LG kompanyaisi OLEDdan boshlab QNEDgacha 4K televizorlari turkumini taklif qilib, unda kar bir kishi oʼz didiga mos modelni topishi mumkin.

     

    4K televizorlari oʼzining yuqori sifatlari va keng imkoniyatlari tufayli bozorni faol egallab olishda davom etmoqda. 4K televizorini xarid qilganda ekran turi, yangilanish chastotasi va zamonaviy texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlay olish imkoniyati kabi parametrlarga eʼtibor qaratish lozim. Ushbu texnologiyadan maksimal foydalanish uchun oʼzingiz afzal koʼrgan jihatlar va choʼntagingizni hisobga oling.