•  Uy uchun changyutkichni tanlashda biz ko'pincha qiyin tanlovga duch kelamiz: bir tomondan, u bizning turmush tarzimizga, uydagi pol qoplamalarining turiga va tozalash xususiyatlariga mos kelishi kerak, boshqa tomondan esa, u bizning byudjet talablarimizga javob berishi kerak. Qaror qabul qilishingizga yordam berish uchun biz asosiy tanlov parametrlarini tahlil qilgan holda turli modellarni taqqoslash orqali batafsil ma’lumot tayyorladik.

     

    Chanyutgich tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

    Xarid oldidan bir nechta omillarni hisobga olish lozim:

    • Bino o’lchami: katta uylar va kvartiralar uchun yuqori quvvatli va sig'imli chang yig'uvchi modellar mos keladi.
    • Pol qoplamasi turi: gilamlar, plitkalar, laminat yoki parket turli xil nasadkalar va quvvat darajalarini talab qiladi.
    • Uy hayvonlari yoki allergiklar mavjudligi: bu holda, samarali filtrlash tizimi va eng kichik chang va yunglarni yig’ib olish qobiliyati muhim ahamiyatga ega.

     


    Changyutkich turlari va ularning xususiyatlari

    • Vertikal simsiz changyutkichlar
      • Universal tanlov: LG A9K-MAX1
        • Yengil, ixcham va manyovrli, har qanday yuzani tozalash uchun mos keladi.
        • Ikkita almashtiriladigan akkumulyator uzoq vaqt davomida ishlashni ta'minlaydi.
        • Kompressor™ texnologiyasi chiqindilarni konteynerga presslaydi, bu esa uni kamroq tozalash imkonini beradi.
        • Ishonchli filtrlash tizimi tozalashni samarali va xavfsiz qiladi.


    • Konteynerli klassik changyutkichlar
      • LG VC83209UHA
        • Kompressor™ texnologiyasi changni briketlarga presslaydi, bu chang yig'uvchi hajmini 4 barobargacha oshiradi. Bu uni kamroq tozalash imkonini beradi, bu esa katta uylarni tozalash uchun juda qulay.
        • Yuqori quvvat katta maydonlarni sifatli tozalashni ta'minlaydi, komplektdagi bir nechta nasadkalar esa kirish qiyin bo'lgan joylarni tozalash uchun mos keladi.


    • Qopchasiz siklon changyutkichlar
      • LG VC5420NHTW
        • Yanada byudjetliroq variant
        • Qattiq yuzalarni tozalash uchun a’lo darajada mos keladi.
        • 1,3 litr hajmdagi konteyner oson tozalanadi, bu qurilmaga g’amxo’rlik qilishni osonlashtiradi.
        • Kichkina xonalarni kundalik tozalash uchun mos keladi.

     


    E’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy parametrlar

    Changyutkichni tanlayotganda quyidagi tavsiflariga e’tibor qarating:

    • So‘rish quvvati va energiya sarfi
      • LG A9K-MAX1 yuqori quvvatga ega bo‘lib, murakkab kirlarni samarali tozalaydi.
    • Filtrlash turi
      • Besh bosqichli filtrlash tizimi LG A9K-MAX1 da bo‘lgani kabi, allergiyasi bor odamlar uchun a’lo darajada qo‘l keladi.
      • Ko‘p bosqichli filtrlar tizimi ko‘rib chiqilgan barcha LG modellarida mavjud.
    • Vazni, harakatchanligi va shovqin darajasi
      • LG A9K-MAX1 yengil va qulay, ayniqsa kichik xonalar uchun.
      • LG VC5420NHTW kabi shovqinsiz modellar tozalashni ancha qulaylashtiradi.
    • Simining uzunligi va simsiz modellar uchun avtonom ishlash qobiliyati
      • LG A9K-MAX1 120 daqiqagacha ishlaydi, katta maydonlarni tozalashni ta’minlaydi.
      • LG VC83209UHA kabi klassik modellar, ishlatish paytida doimiy tarzda rozetkani almashtirib o‘tirmaslik uchun, uzun kabel bilan jihozlangan.

     


    Modellarni taqqoslash

     

    LG A9K-MAX1

    LG VC83209UHA

    LG VC5420NHTW

    Turi

    Vertikal simsiz

    Konteynerli changyutkich

    Qopchasiz siklon changyutkich

    So’rish quvvati

    200 Vt

    380 Vt

    380 Vt

    Ish vaqti

    120 daqiqagacha (2 akkumulyator)

    Qo’llanilmaydi (tarmoqli)

    Qo’llanilmaydi (tarmoqli)

    Chang yig’uvchi hajmi

    0,44 l

    1,2 l

    1,3 l

    Filtrlash

    Ko’p bosqichli filtrlash tizimi

    HEPA-filtr

    Ko’p bosqichli filtrlash tizimi

    Xususiyatlar

    Kompressor™ texnologiyasi, nam tozalash uchun Power Drive Mop™ nasadkasi

    Kompressor™ texnologiyasi, konteynerni tozalash qulayligi

    Kompakt dizayn, konteynerni oson tozalash

     

    Changyutkich tanlashda uyingizning xususiyatlarini va tozalash ehtiyojlarini hisobga olish lozim. LG har qanday vazifa uchun yechimlarni taklif etadi: ixcham simsiz modellardan tortib konteynerli kuchli klassik changyutkichlargacha. O’z ustuvorliklaringizni aniqlang, shunda yangi yordamchingiz tozalashni oson va samarali qiladi!