• Simsiz audio tizimlar o’zida tovushning a’lo sifati va foydalanishning soddaligi kabi xususiyatlarni mujassamlashtirib, uy kinoteatri yoki konsert zali muhitini yaratadi, shuningdek ortiqcha sim va murakkab sozlamalarsiz sevimli musiqadan bahra olish imkonini beradi. Ushbu maqolada biz qanday qilib uyingiz uchun audio tizimini tanlash kerakligi, qanday parametrlarga e’tibor qaratish kerakligini muhokama qilamiz, shuningdek LG kompaniyasidan bir necha xil modellarni - LG SP11RA va SN7Y saundbarlarini ko’rib chiqamiz.

     

    Simsiz akustika tizimlarining afzalliklari

     

    Simsiz akustika sezilarli afzalliklarga ega – bu, albatta, simlarning yo’qligidir. Endilikda butun xona bo’ylab kabellarni o’tkazib chiqish, yashirin sim o’tkazish haqida o’ylash yoki simlar interyerning tashqi ko’rinishini buzib qo’yishidan tashvshlanib yurishga zarurat qolmaydi. Simsiz tizimlar Wi-Fi yoki Bluetooth orqali ulanadi, bu ularni osongina smartfon, televizor yoki kompyuterga ulash imkonini beradi.

    Yana bir afzalligi – bu mobillik. Kolonkalarni siz qayerda eshitish zonasini tashkillashtirmoqchi bo’lganingizga qarab, xonaning istalgan qismiga joylashtirish mumkin. Shuningdek, siz osongina simsiz qurilmalarning joyini o’zgartirishingiz mumkin, bu ayniqsa katta xonadonlar yoki uylar uchun qulay.

     

    Bundan tashqari, LG SP11RA kabi ko’plab simsiz tizimlar aqlli uylar va masalan Google-assistent kabi tovushli yordamchilar bilan integratsiyalasha olib, bu boshqaruvni soddalashtiradi va uni yanada qulay qiladi.

     

    Tanlov uchun asosiy tavsiflar

     

    • Tovushning sifati. Kolonkalarning quvvatiga, chastota diapazoniga va ichida o’rnatilgan sabvuferlarning bor-yo’qligiga e’tibor qaratish muhim. Siz tizimdan yuqori sifatli filmlarni tomosha qilish yoki musiqa eshitish uchun foydalanmoqchi bo’lganingizda judayam, bu xususiyati ayniqsa dolzarb bo’ladi.
    • Tovush formatlarini qo’llab-quvvatlashi. Zamonaviy tizimlar hajmli tovush effektini yarata oladigan Dolby Atmos va DTS turli formatlarni qo’llab-quvvatlay oladi hamda sizni ekrandagi hodisalar muhitiga sho’ng’itib yuboradi. Masalan, LG SP11RA saundbari Dolby Atmos va DTS Xlarni qo’llab quvvatlaydi, bu sof va ajoyib hajmli tovushdan bahra olish imkonini beradi.
    • Ulanish diapazoni. Kerak bo’lgan hollarda tizimdan tovush manbasidan uzoqroqda foydalanish kerak, Bluetooth yoki Wi-Fi signalining amal qilish radiusi yetarlicha katta ekanligiga amin bo’ling.
    • Dinamiklarning soni va joylashuvi. Ko’p kanalli tizimlar orasida tanlaganda sizning xohish-istaklaringiz va xonaning o’lchamlari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Dinamiklar soni qancha ko’p bo’lsa, tovush ham shuncha hajmli va to’yingan bo’ladi. LG saundbarlari turli-tuman variantlarni taklif qiladi, masalan LG SP11RA  ajoyib 7.1.4-kanalli tovushni ta’minlasa, SN7Y  yoqimli va quvvatli 3.1.2-kanalli tovushni ta’minlaydi, bunday tovush chuqur yangrash hissini yarata oladi.

     

    Boshqa qurilmalar bilan muvofiqligi

     

    Audio tizimni xarid qilishdan oldin uning siz ishlatmoqchi bo’lgan boshqa qurilmalar bilan muvofiqligiga amin bo’ling. Zamonaviy simsiz tizimlar osongina televizorlar, smartfonlar, kompyuterlar va hattoki o’yin qurilmalariga ulana oladi. Bundan tashqari, ular aqlli tizimlar bilan integratsiyalasha oladi, bu xususiyati sizning «aqlli uyingiz»ga akustikani yoqish imkonini beradi.

     

    Dizayn va kolonkalarni uyingizga joylashtirish

     

    Akustik tizim dizayni uyg’un interyerni yaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ixcham modellar kichik xonalar uchun a’lo darajada mos keladi, kattaroq tizimlar esa tovush bir maromda tarqalishi muhim bo’lgan katta xonalarda yaxshiroq samara beradi. Minimalistik dizayn tufayli LG saundbarlari osongina istalgan interyer uslubiga mos keladi, universal o’lchamlar esa ularni deyarli istalgan sohada o’rnatishga imkon beradi.

     

    Kolonkalarning joylashuvi ham tovush sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, stereo tizimlar uchun kolonkalarni simmetrik tarzda joylashtirish muhimdir, chunki tovush xonani bir maromda qamrab olishi kerak. LG SP11RA kabi hajmi kattaroq tizimlarda to’liq sho’ng’ish samarasini yaratish uchun orqa va markaziy dinamiklarning joylashuvini o’ylab chiqish lozim.

     

    Uy uchun ideal akustik tizimni qanday tanlash kerak

     

    Tegishli tizimni tanlash uchun bir nechta omilni hisobga olish muhimdir. Birinchidan, byudjet va kerakli funksiyalarni aniqlab oling. Ehtimol musiqa va film tomosha qilish uchun LG SN7Y kabi sizga ixcham model to’g’ri keladi, yoki agarda siz to’laqonli uy kinoteatri haqida orzu qilsangiz – unda siz uchun LG SP11RA a’lo yechim bo’ladi.

     

    Ikkinchidan, xonaning o’lchamlarini hisobga oling. Kichik xonalar uchun quvvati o’ta yuqori bo’lgan tizimlar tovushni noto’g’ri yangrashiga olib kelishi mumkin, o’z navbatida katta sohalarda quvvati past akustika o’zining salohiyatini to’laqonli ravishda ocha olmaydi.

     

    Nihoyat, tizimning foydalanish maqsadi haqida ham o’ylab ko’ring. Musiqa uchun sifatli dinamiklarga ega stereo tizimlar, filmlar uchun hajmli tovushni qo’llab quvvatlovchi tizimlar, o’yin uchun past javob samarasiga ega akustika yaxshiroq mos keladi. Yuqori quvvatli dinamik va ichida o’rnatilgan sabvuferlar bilan jihozlangan LG saundbarlari to’yingan baslarni hamda yuqori chastotadagi sof tovushlarni yaratadi.

    Simsiz akustik tizimlarni tanlaganda tovush sifati va zamonaviy formatlarni qo’llab-quvvatlashidan boshlab moslik va dizayngacha bo’lgan ko’plab parametrlarni hisobga olish muhimdir. SP11RA i SN7Y kabi LG saundbarlari qanday qilib zamonaviy texnologiyalar uyda ko’ngilochar mashg’ulotlarni boshqaruvning oddiyligi va yuqori funksionallikni ta’minlagan holda hayotingizda o’ziga xos mashg’ulotga aylanishini ko’rsatib beradi.