• Ba'zida yuvish cheksiz tsiklga o'xshaydi. Bunday paytlarda uyda quritgichning mavjudligi juda foydali bo'lib chiqadi, chunki qurilma zamonaviy uylarda ajralmas uskunaga aylandi. U kiyimlarni quritishdan ko'ra ko'proq funksiyalarni bajaradi: vaqtni tejash, tekstil sifatini saqlab qolishdan tortib energiyani tejashgacha bo'lgan ko'plab afzalliklarga egadir. Bundan tashqari, kiyimni havoda quritish begona hidlarning paydo bo'lishi va ob-havo sharoitlarining ta'siri kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lsa, quritgichlar bu omillarni bartaraf etib, maksimal himoya va yuqori sifatli quritishni ta'minlaydi.
    LG DUAL Inverter Heat Pump™ quritgichining asosiy afzalliklarini ko'rib chiqaylik – u, albatta, har qanday uy uchun munosib sarmoyadir.



    Vaqt va energiyani tejash
    LG quritgichi bilan uy parvarishi zamonaviy Eco Hybrid™ funksiyasi soyasida yanada samarali o'tadi. LG quritgichi "energiya" va "vaqt" funksiyalari bilan materialning sifati va yumshoqligini saqlab, ishni qisqa vaqt ichida bajaradi. Bunday samaradorlik narsalarni yuvish va quritish tezligi juda muhim bo'lgan band odamlarga maqul keladi.


    Allergiya va bakteriyalarga “yo'q!” deylik!
    Quritgich ehtimoliy allergen va zararli bakteriyalardan himoya qilish uchun zarurdir. To'g'ri quritish jarayoni va yangi Allergy Care texnologiyasi orqali quritgich himoya bilan ta'minlaydi va allergenlardan 99.9% gacha xalos etadi! Bundan tashqari, "gipoallergen" rejimi bilan u nafas olish yo'llari kasalliklariga olib keluvchi bakteriyalar, chang oqadilar va boshqa allegenlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Quritish jarayonida hosil bo'lgan issiqlik barcha nomaqbul zarralarni samarali ravishda o'ldiradi va tekstilni bakteriyalardan gigienik tozalashga yordam beradi.



    Matoning yumshoqligi va sifatini saqlash
    Zamonaviy quritishni boshqarish xususiyati LG quritgichining asosiy qulayliklaridan biridir. Qulay sozlamalar va foydalanish qulayligi matolarni himoya qilish va kiyim sifatini saqlab qolishda a'lo darajada xizmat ko'rsatmoqda. Quritgichdagi issiqlik pompasi past haroratlarda ishlagani sababli, mato tuzilishi va rangini saqlab qoladi.
    LG DUAL Inverter Heat Pump™ mashinasi bilan matolar shikastlanishdan qo'rqmaydi: maxsus namlik sensorlari har bir narsaga quritish vaqtini moslashtirib, harorat darajasini mustaqil ravishda aniqlaydi.


    Zamonaviy texnologiyalar va aqlli quritish
    LG quritgichi dasturlari maxsus LG ThinQ ilovasi yordamida quritishni nazorat qila oladi. Uning yordamida siz mashinani istalgan vaqtda, hatto uydan tashqarida ham boshqarishingiz mumkin.
    Smartpairing funksiyasi bilan yuvish va quritish ishlarini birlashtiring. Quritish davrini avtomatik ravishda sozlash uchun Wi-fi-dan foydalaning. Shuningdek, siz sport kiyimlarini quritishdan tortib "Anti-g’ijimlash"ga qadar har qanday dasturni tanlashingiz mumkin. Kiyimning tashqi ko'rinishi va sifati beqiyos bo'lib qoladi.



    Qulaylik va joyni tejash
    LG quritgichi uyingizning qulayligi va estetikasiga ajoyib sarmoya bo'ladi, chunki bir nechta o'rnatish optsiyalari tufayli siz o'z joyingizni tez va oson tartibga solishingiz mumkin. Bundan tashqari, quritgich eshigi juda bardoshli va o'rnatishga qarab har ikki tomondan ochilishi mumkin. Va toblangan shisha modelga nafislik qo'shib uning mustahkamligini oshiradi.


    24/7 Hozirlik
    O'z-o'zini tozalovchi kondensator tizimiga ega zamonaviy LG quritgichi har doim o'z vazifasini bajaradi. Uning ishlash printsipi - tsiklda 3 martagacha mustaqil ravishda yuvish. Bu vaqtda mashinaga e'tibor va mavjudlik kerak emas. Qo'shaloq filtr tufayli kiyimdagi begona zarralar mashinaga kirmaydi, bu quritgichning doimiy ishlashi va mukammal tozaligini ta'minlaydi.


    Zamonaviy texnologiyalar uy xo'jaligining samaradorligi va qulayligini oshirishda davom etmoqda. LG DUAL Inverter Heat Pump™ quritgichi har qanday uyga qimmatli qo'shimcha bo'ladi. Endi kirning qurishini kutishingizga hojat yo'q-mashina kiyimni quritadi va kiyishga tayyorlaydi, matoning yumshoqligi va sifatini saqlaydi. Chiroyli dizayn, chidamlilik va sifat qulay hayot uchun sarmoyadir.


    Mikroorganizmlar va allergenlarning 99,9% gacha yo'qotilishi Buyuk Britaniyaning allergiyaga qarshi tashkiloti (BAF)tomonidan tasdiqlangan