• Shaffof uyg‘unlik: Texnologiya va dizayn uyg‘unlashuvi zamonaviy turmush tarzini qayta shakllantirmoqda

     

    LG kompaniyasi o‘zining ilg‘or texnologiyalari yordamida ekran imkoniyatlarini yangilash orqali dadil innovatsiyalar sohasida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu o‘zgarishning markazida dunyodagi birinchi shaffof va haqiqiy simsiz[1] 4K OLED televizori - LG SIGNATURE OLED T turadi. Ilg‘or texnologiyalar, nafis dizayn va tengsiz universallikning bu mukammal kombinatsiyasi zamonaviy turar-joy binolari uchun mumkin bo‘lgan chegaralarni yana-da kengaytiradi.

     



    SIGNATURE OLED T modeli televideniye sohasidagi zamonaviy innovatsiyalarning cho‘qqisi, tom manoda haqiqiy inqilobdir. Uning shaffof OLED ekrani tiniq holatdan xira holatga ravon o‘tib, har qanday makonni tengsiz erkinlik va moslashuvchanlik bilan ta’minlagan holda, noyob tomosha tajribasini taqdim etadi. LG ning haqiqiy simsiz video va audio uzatish texnologiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan OLED T televizori ham vizual jozibadorlikni, ham yaxshilangan uy ko‘ngilochar tajribasini taqdim etadi. U chalkash kabellardan xoli bo‘lgan, tomoshabinni o‘ziga jalb qiladigan va uzluksiz ko‘rish muhitini yaratadi.

     

    Ilg‘or texnologiyalar va nafis dizayn sohasidagi mahorati bilan tanilgan LG kompaniyasi shaffof materiallar va madaniy mebellar sohasidagi tajribasi bilan mashhur bo‘lgan mashhur italyan dizayn brendi Kartell bilan shaffoflik ustalari innovatsiyalar merosini qanday davom ettirishlarini namoyish qilish uchun kuchlarni birlashtirdi. Hayot tarzi sohasidagi bu ikki innovator CES 2025 ko‘rgazmasida texnologiya va estetik unsurlar uyg‘unlashgan hayratlanarli tajribani namoyish etdi. Buning natijasida, umumiy muhitni yaxshilaydigan, o‘zgartiruvchan san’at buyumlari yaratildi.

     


    Yashash joylarini o‘zgartirish borasidagi umumiy maqsad bilan LG va Kartell, LG‘ning CES ko‘rgazmasidagi stendida kelajakka yo‘naltirilgan taqdimot namoyish etdi. Ular shaffof OLED televizor va dizayn nafosati insonlarning yashash tarzi, atrof-muhit bilan muloqoti va makonlari bilan aloqasini qanday qayta shakllantirishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. "Shaffof uyg‘unlik: Texnologiya dizayn bilan uchrashganda" ko‘rgazmasi doirasida ushbu hudud zamonaviy turar-joy maydonlarida shaffof OLED-texnologiyaning o‘zgartiruvchi salohiyatini namoyish etdi.

     

    CES 2025 ko‘rgazmasida LG va Kartell kompaniyalari ilg‘or texnologiyalar va nafis dizaynni uyg‘unlashtirish orqali turar-joy muhitini o‘zgartirishga bo‘lgan doimiy intilishlarini namoyish etdilar. LG kundalik hayotni yaxshilash va kelajakdagi zamonaviy turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar yaratuvchisi sifatida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

     

     

    [1] Simsiz uzatish tеxnologiyasi tеlеvizor ekrani va Zero Connect Box orasida video va audio signalni uzatishni anglatadi.