• Yangi uyni jihozlashda birinchi muhim xaridlardan biri qulay va zamonaviy sovitkich xarididir. Uni tanlashda bir nechta asosiy xususiyatlarni hisobga olish lozim: hajmi, qurilma turi, energiya iste'moli darajasi va mahsulotlar sofligini uzoqroq saqlashga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalar. Maishiy texnikaning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lgan LG innovatsion yechimlar, zamonaviy dizayn va energiya samaradorligini o’zida mujassam etgan keng turdagi modellarni taklif etadi. Ushbu maqolada biz katta oilalar uchun sig’imli modellardan tortib kichik joylar uchun ixcham qurilmalargacha bo’lgan munosib sovitkichlarni qanday tanlashni ko'rib chiqamiz.

     

    O’lchamlar va hajm: hisobga olinishi lozim bo’lgan jihatlar

     

    Sovitkichni tanlashda asosiy omillardan biri uning o’lchami va ichki hajmidir. Qurilmani sotib olishdan oldin oshxonadagi bo'sh joyni o'lchash va tanlangan model harakatga, eshiklarni ochishga yoki boshqa mebel elementlariga to'sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilish kerak.

    3-4 kishilik oila uchun eng yaxshi variant 300 dan 400 litrgacha hajmdagi sovitkich bo'ladi. Agar sizning oilangiz katta bo'lsa yoki keragida foydalanish uchun tez-tez ovqat tayyorlasangiz, 500 litrdan ortiq hajmdagi modellarga e'tibor qaratishingiz kerak. Masalan, katta oilalarga qulaylik yaratish maqsadida LG InstaView texnologiyasiga ega bo’lgan 617 litr hajmdagi GC-X257CAEC modelini taqdim etadi, ushbu texnologiya sovitkich ichidagi narsalarni eshikni ochmasdan ko’rish imkonini beradi – buning uchun faqat qurilma eshigini taqillatish kifoya.

     


    LG sovitkichlar turlari

     

    LG arsenalida sovitkichlarning ko'plab turdagi mavjud, ularning har biri o'ziga xos afzalliklarga ega. Biz ulardan asosiylarini taqdim etamiz:

    • Ikki kamerali sovitkichlar. Bu sovitish va muzlatish bo’limlari alohida ajratilgan an'anaviy modellardir. LG ko'pchilik oilalar uchun juda mos keladigan bunday qurilmalarning keng assortimentini taqdim etadi. Muzlatish kamerasi sovitkichning tepasida ham, pastki qismida ham joylashishi mumkin. Masalan, GR-H802HMHL modeli yuqori qismida kundalik foydalanish uchun qulay bo'lgan muzlatish kamerasi bilan jihozlangan.
    • Side-by-Side turidagi sovitkichlar. LG keng oshxonalar uchun Side-by-Side modellarini taklif etadi. Ushbu qurilmalarda sovitish va muzlatish bo’linmalari bir-birining yonida joylashgan. Bu sovitkichlar o'zining katta sig'imi va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular ko'pincha o'rnatilgan suv va muz dispenserlari kabi qo'shimcha funksiyalar bilan jihozlangan bo’ladi. Masalan, GC-B257SMZV modeli katta hajmda g’amlangan mahsulotlarni saqlash uchun ajoyib tanlovdir, LinearCooling™ va DoorCooling™ texnologiyalari esa ularning yangiligini uzoq vaqt davomida saqlashga yordam beradi.

     


    Energiya samaradorligi va soflikni saqlash texnologiyalari

     

    LG o’z sovutgichlarining energiya samaradorligiga katta ahamiyat beradi. Yuqori darajadagi energiya samaradorligi elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi va atrof-muhitni muhofaza qilishga imkon beradi. Aksariyat LG modellari energiya iste’mol qilish toifasi A yoki undan yuqori bo'lib, bu ularning energiya iste’moli darajasi pastligini ko'rsatadi. Shuningdek, aqlli invertor kompressori tufayli LG sovutgichlari to’satdan ishga tushish va to’xtashlarsiz, uyda qulay va osoyishta muhit yaratib, ravon va tinch ishlaydi.

    Ko'pgina modellar, shuningdek, meva va sabzavotlarni saqlash uchun "soflik zonalari" deb ataluvchi maxsus bo'limlar bilan jihozlangan, bunda mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytirish va ularning tez so’lishining oldini olish uchun optimal namlik qo’llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, LG sovutgichlari HygieneFresh texnologiyasi bilan jihozlangan bo’lib, u bakteriyalar sonini kamaytiradi va yoqimsiz hidlarni yo’qotib, qurilma ichidagi soflikni ta’minlaydi.

     

    Uy uchun sovitkichni qanday tanlash kerak

     

    Uy uchun eng munosib sovitkichni tanlash uchun, bir nechta omillarni hisobga olish kerak:

    • Sotib olishdan oldin, o’zingiz sarflashga tayyor bo'lgan summangizni aniqlab olish muhimdir. LG arzonroq ikki kamerali modellardan tortib kengaytirilgan funksiyalarga ega bo’lgan premial Side-by-Side modellarigacha bo’lgan har qanday byudjetga mos keladigan sovitkichlarni taklif etadi.
    • Oila ehtiyojlari. Sizga haqiqatda qancha joy kerakligini aniqlab oling. Katta oilalar uchun hajmi 500 litr va undan ko'p bo'lgan sig’imli modellar ko'proq mos keladi, kichik kvartiralar yoki ikkilamchi, masalan, dachada foydalanish uchun esa ixchamroq variantlarni tanlashingiz mumkin.
    • Qo'shimcha funksiyalar. Aynan o’zingiz uchun foydali bo'lgan funksiyalar haqida o'ylab ko'ring. Agar siz tez-tez ko'plab muzlatilgan mahsulotlardan taomlar tayyorlasangiz yoki ularni saqlasangiz, keng muzlatish kamerasi va tez muzlatish funksiyasiga ega bo’lgan modellarni ko'rib chiqing. Ovqatlarida yangi uzilgan sabzavot va mevalardan foydalanishni afzal ko'rganlar uchun esa soflik zonalari va namlikni nazorat qilish funksiyalariga ega sovitkichlar mos keladi.

     

    LG sovitkichlari o’zining yuqori sifati, ilg’or texnologiyalari va xilma-xil modellari tufayli ommabop bo’lishda davom etmoqda. O’z ehtiyojlaringiz va byudjetingizdan kelib chiqqan holda, mahsulotlar sofligini maksimal darajada saqlanishini ta'minlaydigan, sizga ko'p yillar xizmat qiladigan ideal modelni osonlik bilan tanlashingiz mumkin.