• Televizorni devorga to'g'ri mahkamlash joyni tejashga yordam berishi va xona interyerini zamonaviy va saranjom ko'rinishga olib kelishi mumkin. O'rnatish muvaffaqiyatli bo'lishi uchun televizorning mahkamlash moslamasini to'g'ri tanlash, joyni tayyorlash va qurilma va mahkamlagichlarni ishonchli tarzda o'rnatish muhimdir. Ushbu maqolada biz sizga televizorni devorga qanday o'rnatishni, buning uchun qanday vositalar kerakligini va televizorni devorga o'rnatishda eng ko'p uchraydigan xatolardan qanday saqlanish kerakligini aytib beramiz.

    Televizorni devorga o’rnatishning afzalliklari

    Televizorni devorga mahkamlash — bu kop sabablarga kora mukammal yechim:

    • Joyni tejash. Devorga o'rnatilgan televizor joyni bo'shatadi va xonani yanada kengroq qiladi, chunki bo'sh joyga qo'shimcha mebellarni, masalan, pol tumbalarini joylashtirishning hojati qolmaydi.
    • Zamonaviy korinish. Televizorni devoriga o'rnatish moslamasi interyeringizga minimalistik va zamonaviy ko'rinish beradi.
    • Tomosha qulayligi. Siz qulay tomosha qilish uchun optimal balandlik va ogʼish burchagini tanlashingiz mumkin. Zamonaviy LG televizorlari, yaʼni 50UT80006LA va 43UT80006LA modellari yettinchi avlod α5 4K protsessorlari bilan jihozlangan boʼlib, u avtomatik ravishda tovush va yorqinlikni sozlaydi. Ushbu imkoniyatlar sevimli filmlar va TV-shoularning syujetiga toʼliq shoʼngʼib ketishingizni taʼminlaydi.
    • Xavfsizlik. Televizorni toʼgʼri qotirish uning tushib ketishi xavfini yoʼqqa chiqaradi, bu esa uyingizda bolalar yoki jonivorlaringiz boʼlganda ayniqsa muhimdir.

    Televizorni devorga osishga tayyorgarlik koʼrish

    Montajga oʼtishdan oldin, tayyorgarlik uchun biroz vaqtingizni ajratishingiz kerak:

    1. Televizorning oʼlchamini tekshiring va uni oʼrnatishni rejalashtirilgan joyingizda yetarlicha joy borligiga amin boʼling.
    2. Televizorni qotirmoqchi boʼlgan devoringizning mustahkamligini tekshirib koʼring.
    3. Koʼrish burchagi maksimal qulay boʼlishi uchun oʼrnatish balandligini aniqlang.

    Oʼrnatish joyi va balandligini tanlash

    Televizor uchun ideal balandlik – siz oʼtirgan paytingiz uning koʼz sathida boʼlishidir. Ekraning markazi poldan taxminan 1-1.2 metr masofada boʼlishi lozim. Аgarda siz televizorni mehmonxonadagi devorga oʼrnatishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, divan va kursilarning holatini hisobga oling.

    Kerakli asbob va materiallar

    Televizorni devorga oʼrnatishdan oldin yoningizda barcha kerakli materiallar borligiga amin boʼling:

    • Televizoringiz modeliga mos keluvchi montaj kronshteyni.
    • Drel va parmalar
    • Qurilmani tekis joylashtirish uchun suv tarozi.
    • Otvyortka
    • Qotirish uchun anker va boltlar.
    • Ehtiyotkorlik bilan simlprni joylashtirish uchun kabel boshqaruvi.

    Oʼrnatish: televizorni qanday qilib devorga osish mumkin

    Ushlagichni devorga oʼrnatish

    Birinchi qadam – televizorni ushlagichni toʼgʼri oʼrnatish. Suv tarozidan foydalanib, kronshteyn tekis oʼrnatilganligiga amin boʼling. Soʼngra devorni parmalab teshing va kronshteynni boltlar bilan qotiring. Devordagi ushlagich mustahkam qotirilganligiga hamda televizoringiz vaznini ushlay olishiga amin boʼling.

    Televizorni kronshteynga qotirish

    Kronshteyn oʼrnatilganidan soʼng televizorni unga toʼgʼri qotirish lozim. Koʼplab zamonaviy modellarda orqa panelda maxsus qotirish teshiklari boʼladi. Ularni kronshteyn bilan moslashtiring va ehtiyotkorlik bilan televizorni bolt yordamida qotiring.

    Oʼrnatishning mustahkamligini tekshirish

    Oʼrnatib boʼlgandan soʼng albatta televizor qay darajada mustahkam qotirilganiga amin boʼling. U qimirlamayotganligiga va oʼz joyida mustahkam turayotganligiga amin boʼling.

    Xavfsizlik boʼyicha maslahatlar

    1. Televizorni qotirmoqchi boʼlgan devoringiz uning vaznini koʼtara olishiga amin boʼling.
    2. Faqatgina devoringiz turi uchun mos keladigan sifatli ushlagich va boltlardan foydalaning.
    3. Televizorni issiqlik va namlik manbalaridan xavfsiz masofada oʼrnating.

    Zararlanishning oldini qanday olish mumkin

    Televizorni devorga oʼrnatayotganda zararlanishning oldini olish uchun ushlagich va televizorga ilova qilingan yoʼriqnomalarga amal qiling. Hech qachon kabeldan tortmang hamda televizor oʼrnatib boʼlingandan keyin kronshteynni boʼshashtirmasdan uni siljitishga urinmang.

    Qanday qilib simlarni qotirish mumkin

    Oʼrnatib boʼlgandan keyin ehtiyotkorlik bilan simlarni taxlab chiqing. Kabellarni yashirish va interyerni yanada saranjom tutish uchun kabelli boshqaruvdan foydalaning. Xavfsizlikni taʼminlash uchun kabellarni issiqlik va suv manbalaridan uzoqroqda joylashtiring.

    Oʼrnatib boʼlgandan keyin ehtiyotkorlik bilan simlarni taxlab chiqing. Kabellarni yashirish va interyerni yanada saranjom tutish uchun kabelli boshqaruvdan foydalaning. Xavfsizlikni taʼminlash uchun kabellarni issiqlik va suv manbalaridan uzoqroqda joylashtiring.

    Endi siz qanday qilib televizorni devorga qotirish kerakligini bilasiz. Oʼrnatish sizga murakkab jarayonday tuyulishiga qaramasdan, ushbu oddiy maslahatlar sizga bu vazifani osonlik bilan bajarishga yordam beradi. Muhimi – televizor uchun ushlagichni toʼgʼri tanlash, uni kerakli balandlikda joylashtirish, hamda mustahkam qotirish kerak.