Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
11/7/2024
7/11/2024
2024/11/07
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Аqlli uy va elektrlashtirish texnologiyalari maishiy texnika sohasida asosiy tendensiyaga aylanib borar ekan, biz shunchaki mahsulot sotuchidan yanada chuqurroq servisga yoʼnaltirilgan biznes modellar tomon umumsohaviy oʼtishning guvohi boʼlmoqdamiz.
Аqlli uy texnologiyasi bir qator foydali avtomatlashtirish funksiyalari yordamida murakkab qurilmalarni boshqarish jarayonini soddalashtiradi. Maishiy texnika va qurilmalarning Internet datchiklaridan (IoT) olingan axborotdan foydalangan holda, eng yangi aqlli uy texnologiyasi mijozlarning hayot tarzi va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishi mumkin. Bu, oʼz navbatida, proaktiv, individual xizmatlarni koʼrsatish imkonini berib, ular uy yumushlari kabi tashvishlarni kamaytiradi. Texnologiyalar rivojlangan sari biz LG tomonidan Zero Labor Home deb nomlangan loyihani amalga oshirishga yaqinlashib boraveramiz.
Аqlli uy uchun yechimlar nafaqat maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari, balki Internet buyumlar, telekommunikatsiyalar, qurilish bilan shugʼullanuvchi kompaniyalar hamda yirik texnologik kompaniyalar uchun asosiy yoʼnalishga aylanib qoldi. Аqlli uy uchun Matter1 kabi standart yoki protokollarning joriy qilinishi maishiy texnika, Internet buyumlar va uy tizimlari orasidagi aloqani yaxshilaydi. Bundan tashqari, generativ sunʼiy intellekt (SI) va tashqi maʼlumotlar2 asosidagi hisoblash texnologiyalari foydalanuvchilarga qurilmalar va xizmatlarni faqatgina ovozli buyruqlar yordamida boshqarish imkonini berib, bu vaqtni tejaydi va uydagi hayotingizni ancha qulaylashtiradi.
Ushbu sohada yetakchilardan biri boʼlmish LG yaqinda oʼzining eng yangi АI Home nomli yechimini taqdim qilib, u foydalanuvchilarga oʼzining maishiy texnikasi va Internet buyumlar qurilmalarini ovozli buyruqlar yordamida boshqarish imkoniyatini taklif qiladi. LG tomonidan taqdim qilingan FURON, SI generativ agenti hamda АI Home turli qurilmalar uchun foydalanuvchilar xush koʼrgan narsalarni oʼrganib, yodda saqlashga va konkret vaziyatda tegishli sozlamalarni qoʼllashga qodir. Bundan tashqari, LG АI Home kun sayin dunyodagi koʼproq brendga mansub maishiy texnika hamda Internet buyumlar qurilmalariga osongina ulanib, ThinQ ON , LG SI uy konsentratori orqali turli turkumdagi ilovalar bilan aʼlo darajada integratsiyalanadi. Kompaniya isteʼmolchilarga aqlli uy uchun keng qamrovli xizmatlarni koʼrsatish uchun oʼzining АI Home nomli eko tizimini kengaytirib bormoqda.
Qazib olinadigan yoqilgʼidan elektr energiyasida ishlaydigan mahsulotlarga oʼtilishi sezilarli global tendensiya boʼlib, u, kutilishicha, global isinishni yumshatishga qaratilgan xalqaro qoidalarga amal qilish tufayli tezlashib boradi. Qozonllar tezda issiqlik nasoslariga asoslangan isitish tizimlari bilan, gaz plitalari esa induksion qizdirish panellari bilan, gazli quritgichlar issiqlik nasosli quritgichlar bilan almashinadi. Bunday voqealar qatorida LG issiqlik nasoslari boʼyicha yanada samarali va ishonchli texnologiyalarni qidirish uchun oʼzining tadqiqotlar va ishlanmalar dasturini (NIOKR) mustahkamlaydi. Bunday saʼy harakatlar tarkibida kompaniyaning sovuq iqlim uchun ixtisoslashtirilgan yechimlarni yaratish hamda issiqlik nasoslari Global konsorsiumini joylashtirish uchun “global NIOKR uchburchagi”ning yaqinda boʼlib oʼtgan tuzilishini kiritish mumkin boʼlib, u LG tomonidan xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda tuzilgan.
Kelgusida elektrlashtirish texnologiyasi uy energetikasi uchun intellektual yechimlarga oʼz oʼrnini boʼshatib, ular uyda energiya ishlab chiqarishni, uni saqlash va foydalanishni optimallashtiradi. Oxir oqibatda ushbu evolyutsiya tufayli yashovchilar qulay taom tayyorlash, isitish va sovitish – hamda issiq suv taʼminotidan bahra olishlari, ayni paytda esa uy xoʼjaliklari energiya sarfini hamda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishlari mumkin boʼladi.
LG kompaniyasi oʼzining aqlli hayot sohasidagi tajribasi bilan mashhur boʼlib, doimo innovatsiyalarning muhimligini taʼkidlab kelgan. LGning asosiy texnologiyalari, jumladan chiziqli kompressor (sovitkichlar), toʼgʼri yuritmali dvigatel va TrueSteam™ texnologiyasi (kir yuvish mashinasi, Styler), shuningdek ikkitalik rotorli va spiralli kompressorlar (konditsioner) kompaniyaning jahon maishiy texnika bozorida choʼqqiga chiqishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Ishonch bilan oldindan aytish mumkinki, LGning ilmiy-tadqiqot boʼlinmasining roli yangi elektrlashtirish texnologiyalari va aqlli uylarni ochishda yanada muhim rol oʼynaydi. Mukamallik sari intilishi hamda tadqiqotchilik ruhi tufayli LG eng yaxshi kelajak sari yetakchilik qilishda davom etadi.
O Say-ki (Oh Sai-kee), LG Electronics maishiy texnika va havo almashtirish uchun yechimlar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari