Televizor tanlashda uning o'lchamining asosiy mezoni "qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi" formulasini hisobga olish kerak, degan fikr mavjud. Hattkio juda katta diagonallar mavjud bo'lgan davrda bunday yondashuv haqiqat bo'lishi dargumon. Bundan tashqari, masalan, har bir diagonal qulay ko'rishni ta'minlaydigan o'zining optimal masofasi, shuningdek, ko'zlarga ortiqcha yuk yuklamaslik uchun ekranni joylashtirishning o'ziga xos balandligiga ega. Ushbu tanlovga bevosita va bilvosita ta'sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud.
Ushbu materialda siz har qanday xona uchun televizorning mos o'lchamini aniqlaydigan mezonlarni, ularni qanday o'lchashni va dyuym va santimetrni to'g'ri o'qish to’g’risida bilib olasiz.
Televizorning optimal o'lchami
Televizorning diagonalini (o'lchamini) ekrangacha bo'lgan masofaga qarab taxminiy hisoblash uchun formula mavjud. Ushbu formula sizning xonangizga, shuningdek, ko'rish hududingizga eng mos keladigan modelni qidirishni boshlashingizga yordam beradi.
Odatdagi televizor diagonallari uchun ushbu parametrlarning barchasini quyidagi jadvalda topishingiz mumkin. Biroq, bu tavsiya etilgan masofalar faqat taxminiy ekanligini va boshqa ko'plab omillarni hisobga olmasligini yodda tuting. Quyida biz sizning shaxsiy afzalliklaringiz asosida tavsiya etilgan ko'rish masofasiga ta'sir qiluvchi boshqa parametrlarni ko'rib chiqamiz.
Televizor diagonali | Kengligi | Balandligi | Diagonal santimetrlarda | Divangacha bo’lgan tacsiya etilgan masofa |
32 dyuym | 75 sm | 45 sm | 81,28 sm | 1,34 m |
40 dyuym | 90 sm | 50 sm | 101,6 sm | 1,68 m |
42 dyuym | 93 sm | 52 sm | 106,68 sm | 1,76 m |
43 dyuym | 97 sm | 56 sm | 109,22 sm | 1,81 m |
48 dyuym | 108 sm | 63 sm | 121,92 sm | 2 m |
49 dyuym | 110 sm | 64 sm | 123 sm | 2 m |
55 dyuym | 123 sm | 71 sm | 139,7 sm | 2,3 m |
60 dyuym | 134 sm | 77 sm | 152,4 sm | 2,5 m |
65 dyuym | 145 sm | 83 sm | 165,1 sm | 2,7 m |
70 dyuym | 157 sm | 91 sm | 177,8 sm | 2,9 m |
75 dyuym | 168 sm | 95 sm | 190,5 sm | 3,15 m |
86 dyuym | 194 sm | 111 sm | 218,4 sm | 3,6 m |
Televizorni joylashtirishning optimal balandligi
Ekranni joylashtirish balandligi unchalik muhim emas, shuning uchun televizorni joylashtirishda uning xona interyerining boshqa elementlari bilan mosligini ham hisobga olish mumkin.
Shunga qaramasdan, televizor ekranining o'rtasi ko'z darajasida yoki biroz pastroq bo’lishi ideal variantdagi balandlik hisoblanadi. Buning sababi shundaki, ko'zlarni ko'tarib, bo'yningizga ortiqcha marta zo’r berish juda charchatishi mumkin – ayniqsa, kubok finalining bir nechta futbol uchrashuvlarini, qiziqarli serialning so‘nggi mavsumining bir qator seriyalarini yoki sevimli mavzuli film marafonini bir o‘tirishda tomosha qilishingiz kerak bo‘lganda ushbu holat kuzatilishi mumkin.
Ko'pgina mutaxassislar televizor ekranining markazi poldan taxminan bir metr balandlikda bo'lishi kerak degan fikrga qo'shiladilar, ammo bu ko'plab omillarga, jumladan, oila a'zolaringizning bo’yi balandligiga (bolalar haqida unutmang!), shuningdek, divaningiz yoki stulingiz balandligiga qarab farq qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ba'zi istisnoviy holatlar ham mavjud. Masalan, stulda o'tirganda yoki yotoqda yotib televizor ko'rayotganda, ekranni ancha balandroq - 1,8 m gacha joylashtirish mumkin. Bunday joylashtirishlar uchun sozlanuvchi podstavka optimal bo'ladi, uning yordamida siz o'zingizning pozitsiyangizga ko'ra moyillik burchagini osongina o'zgartirishingiz mumkin.
Televizorgacha bo’lgan ideal masofaning hisoblanishi
Televizor diagonalini to'g'ri tanlashda tomoshabin va ekran orasidagi masofa katta rol o'ynaydi. Uzoq vaqt davomida ekranga yaqin bo‘lish ko‘zga ortiqcha yuk yuklanishiga va ko‘zning juda tez charchashiga olib kelishi mumkin, ayniqsa sizning televizoringizda tegishli himoya texnologiyasi o’rnatilgan bo‘lmasa.
Shu bilan birga, televizordan juda uzoqda bo'lish va ekranda sodir bo'layotgan voqealarning nozik tomonlarini ko’rishda qiynalish, ehtimol, faqat havaskorlarcha zavq berishi mumkin, ammo bu holatda ham ko'zlar zo’riqishiga duchor bo’linadi.
Baxtimizga, sizga tomosha qilish uchun ideal oraliq masofani hisoblab chiqishga yordam beruvchi bir nechta formula mavjud. Аgarda sizning televizoringiz Full HD oʼlchamida boʼlsa, umumqabul qilingan empirik qoida shundan iboratki, ekranning har bir diagonal dyuymi uchun tomosha qilish masofasiga 4.2 sm qoʼshish lozim. Masalan 50 dyuymli ekran uchun optimal tomosha qilish oraliq masofasi – 2.1 metr.
Biroq 4K va 8K/Ultra HD oʼlchamli televizorlar holatida vaziyat oʼzgaradi, yaʼni unda ekrangacha boʼlgan ideal masofani aniqlash muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Tasvirning yanada yuqori aniqligi va keskinligi konvertatsiya koʼrsatkichlarining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi, shuning uchun 4K va 8Kga ega televizorlar uchun har bir dyuym ekran diagonali uchun 2.1 sm oraliq masofani olish yetarlidir.
Koʼzlarning charchashi kabi muhim koʼrish tavsifi haqida gapirar ekanmiz, televizoringizning displeyini ishlab chiqarish texnologiyasiga albatta eʼtibor qaratish lozim. Masalan
2022 yildagi LG tomonidan ishlab chiqarilgan OLED televizorlar koʼk rangni eng kam ajratuvchi televizorlar sifatida sertifikatlangan ¹ .
Bundan tashqari LGning OLED panellari atrofdagi yoritish va displey yorqinligi orasidagi farq katta boʼlganda vujudga keladigan UL jimirlashning yoʼqligi boʼyicha sertifikatsiyalangan, shuningdek UL nurining yaltillashining yoʼqligi boʼyicha birinchilardan boʼlib sertifikatsiyalangan² .
Kichik va oʼrta oʼlchamli televizorlar
Yaqin kunlargacha 32 dyuymli televizor anchagina yirik oʼlchamli hisoblanardi, ammo hozirgi kunda ularni katta boʼlmagan televizorlar sirasiga kiritadilar. Bunday televizorlar hali-hanuz juda ommabop, chunki ularda tomosha qilish oraliq masofasi koʼplab xonalar uchun, jumladan yotoqxonalar yoki oshxonalar uchun juda ham optimaldir. Buning ustiga ular ham flagman modellarda topish mumkin boʼlgan bir qator zamonaviy funksiyalarga ega.
Hattoki 32 dyuymli (75x45 smli ekran) modellar orasida ham keng dinamik diapazonni (High Dinamic Resolution, HDR) qoʼllab-quvvatlaydigan televizorlarni topishimiz mumkin. Masalan, yangi beshinchi avlod LG α5 protsessorida ishlaydigan
LG 32LQ630B6LA HD modeli, u Active HDRni, shuningdek kontentni personallashtirish uchun Smart TV WebOS va ThinQ Aini qoʼllab-quvvatlaydi.
40 (90x50 sm), 42 (92x52 sm) va 43 (97x56 sm) dyuymli diagonallarni o'rtacha o'lchamli deb hisoblash qabul qilingan. Ular uncha katta bo'lmagan vao'rta mehmonxonalarga juda mos tushadi.
Katta oʼlchamli televizorlar
Katta televizorlarning oʼlchamlari 48 dan 60 dyuymgacha oʼzgaradi. 48 dyuymli televizorning ekrani taxminan 108x63 sm, 49 dyuymli televizorniki – 110x64 sm, 50 dyuymli televizorniki – 112x65 sm, 55 dyuymli televizorniki – 123x71 sm, 60 dyuymli televizorniki – 134x77 sm.
Аgarda siz bunday televizor xarid qilishni rejalashtirgan boʼlsangiz, eng yaxshisi televizor ekranidan 2.0-2.5 metr oraliq masofada turgan maʼqul. Аgarda siz 4K oʼlchamli televizorni tanlaydigan boʼlsangiz, bu masofani osonlik bilan ikki baravarga qisqartirishingiz mumkin. Аmaliyotda bu shuni anglatadiki, hattoki oʼrtacha mehmonlar uchun moʼljallangan xonada bemalol 60 dyuymli ekranga ega televizorni joylashtirishingiz mumkin.
Аgarda sizda 55 dyuymli 4K televizori uchun joy boʼlsa, ajoyib OLED evo ekranga, Filmmaker, Brightness Booster va AI Picture Pro kabi rejimlarga, shuningdek ajoyib Dolby Atmos tovush tizimiga ega boʼlgan
LG OLED55C2RLA modeliga eʼtibor qarating Ushbu televizor 120 gersda Dolby Vision 4Kni qoʼllab-quvvatlaydi, shunday ekan oʼta tezkor harakatlar aniq va ravon boʼladi.
Eng katta televizorlar
Аvvallari juda katta televizorlar umuman boʼlmagan, diagonali 65 va undan katta dyuymdan katta ekranlar faqatgina proeksion texnikaga ega uy kinoteatrlari uchun moʼljallangan boʼlgan. Displeylarning zamonaviy texnologiyalarining, jumladan OLED va QNED displeylarining rivojlanishi, shuningdek ularning oʼlchamlarining kattalashuvi tufayli bunday kinoteatrga xos televizorlar ekzotika boʼlmay qoldi va hozirda koʼplab uylarda mehmon kutish xonalarida uchrab turadi.
65 dyuymli televizor ekranining oʼlchami taxminan 145 x 83 sm, 70 dyuymli televizorniki 157 x 91 sm, 77 dyuymli televizorniki 174x99 sm, 88 dyuymli televizorniki esa 196x111 smni tashkil qiladi.
Nazarda tuting: agarda siz 88 dyuymli televizor xarid qilsangiz, ideal tomosha qilish masofasi 1.8 metrni tashkil qiladi, ammo bunda koʼrish oʼlchami 4K yoki undan yuqori boʼlishi lozim. Shuning uchun agarda sizda joy koʼp boʼlsa, maksimal oʼlcham tanlovidan voz kechish uchun aslo sabab yoʼqdir. Аlbatta bunda ekranning markazi koʼz sathidan biroz pastroqda joylashgan boʼlishi lozim.
Oldinlari eʼtibor qaratishimizga toʼgʼri kelgan yana bir omil – bu optimal koʼrish burchagini hisobga olish boʼlib, ayniqsa u katta xonalarda muhim ahamiyatga ega, chunki u yerda turli joylar yon tomoningizda joylashishi mumkin. Biroq OLED ekranlarning paydo boʼlishi bilan bu muammo toʼliq hal qilindi – bunday turdagi televizorlarni hattoki eng oʼtkir burchak ostida ham yorqinlikni yomonlashtirmagan holda tomosha qilish mumkin.
Аgarda sizga nisbatan kichik qiymatli 65 dyuymli ekran qiziq boʼlsa NanoCell toza rangli hamda Real 4K rang real oʼtkazuvchanlikka, α5 Gen5 4K AI protsessorga, shuningdek tasvir sifatini yaxshilash hamda kontentni optimallashtirish uchun ThinQ AI aqlli tizimiga ega boʼlgan
LG 65NANO769QA ga bir nazar soling.
Demak, endi siz televizorning oʼlchamini qanday qilib aniqlashni hamda qanday qilib istalgan xonada koʼrish uchun toʼgʼri oraliq masofani hisoblashni, shuningdek katta televizorlar zamonaviy ekranlar sohasidagi innovatsion texnologiyalar sharofati bilan eng kichik xonalarga oʼrnatilishi mumkinligini bilasiz.
Shuning uchun katta orzu qilishdan qoʼrqmang. Sizga shunchaki toʼgʼri keladigan modelni tanlash kerak boʼladi xolos, buni qanday qilishni siz endi bilasiz.
# # #
¹ LG OLED televizorlari dunyoda birinchi boʼlib koʼk yorugʼlikni ajratish boʼyicha Eyesafe Аmerika sogʼliqni saqlash standartlari agentligining talablariga muvofiqlik sertifikatini olgan.
² LG OLED panellari UL nurlarning yaltillashi va jimirlashi kabi holatlarning yoʼqligi boʼyicha TÜV Rheinland va Underwriters Laboratories kompaniyalari tomonidan sertifikatlangan.