•  Isitish, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash (HVAC) sanoati sezilarli o‘zgarishlarga duch kelmoqda, sun’iy intellektga asoslangan yechimlar, toza texnologiyalar va turli mintaqaviy ehtiyojlarga moslashtirilgan yuqori samarali tizimlarga o‘tmoqda. LG ushbu o‘zgarishni qabul qilib, o‘zining ilg‘or asosiy texnologiyalari, sun’iy intellekt va turli sohalardagi chuqur bilimlaridan foydalanib, yanada aqlli va samarali kelajak uchun HVAC yechimlarini taqdim etmoqda.

     

    LGning dinamik HVAC biznesi bozordagi o‘rnini va salohiyatini kengaytirishni davom ettirmoqda. Kompaniya yangi avlod ekologik mas’uliyatli haroratni boshqarish va havo sifatini nazorat qilish tizimlarini yaratish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishga katta mablag‘ sarflamoqda. So‘nggi uch yil davomida u sotuvlarning ikki barobar yillik o‘sishiga erishdi, bu esa uni LGning eng tez rivojlanayotgan konsernlaridan biriga va kompaniyaning B2B sektoridagi sezilarli hamda doimiy muvaffaqiyatining muhim omiliga aylantirmoqda.

     



    LG turar-joy, jamoat, tijorat va sanoat binolari kabi turli xil makonlar uchun moslashtirilgan HVAC tizimlarining keng qamrovli to‘plamini taqdim etmoqda. Kompaniya portfelida yuqori quvvatli chillerlar mavjud bo‘lib, ular sun’iy intellektli ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun afzal tanlovga aylanmoqda. Bunday markazlarda ilg‘or va ishonchli issiqlikni boshqarish talab etiladi. Shuningdek, kompaniya keng ko‘lamli tijorat va maishiy havo konditsionerlash tizimlarini ham taklif qiladi. LG ning HVAC mahsulotlari yuqori samarali issiqlik nasoslari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, juda yaxshi sovitish va isitish ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi va an’anaviy qazib olinadigan yoqilg‘iga asoslangan tizimlarni almashtirish uchun mos keladigan samarali elektrlashtirish yechimlari sifatida keng tan olingan.

     

    LG kompaniyasi o‘zining HVAC yechimlari atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun Shimoliy Amerikaning ekologik qurilishga ixtisoslashgan nufuzli ommaviy axborot vositasi Green Builder Media tomonidan HVAC toifasida "Eng barqaror brend" deb topildi. AQSH va boshqa mamlakatlarda kompaniya mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan, barcha asosiy HVAC biznes funksiyalarini - ilmiy-tadqiqot ishlaridan tortib texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashgacha qamrab oluvchi "o‘zini o‘zi ta’minlaydigan mahalliy operatsion tizimlar"ni yaratdi.

     



    LG, shuningdek, doimiy ravishda juda past haroratli hududlar uchun ishonchli va energiya tejamkor issiqlik nasosi yechimlarini yetkazib berishga katta e’tibor qaratmoqda.

    Shu maqsadda kompaniya sovuq iqlim sharoitlariga mo‘ljallangan issiqlik nasoslari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun global konsorsium tashkil etdi. Hozirda bu konsorsiumning bazalari qish o’ta qattiq keladigan Alyaska (AQSH), Oslo (Norvegiya) va Xarbin (Xitoy) shaharlarida faoliyat yuritmoqda.

     

    O‘tgan yilning sentyabr oyida LG kompaniyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida Global issiqlik nasoslari konsorsiumining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Unda LG kompaniyasining HVAC sohasidagi mutaxassislari hamda akademik hamkorlari konsorsiumning har bir mintaqaviy klasteri tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalarini muhokama qilish uchun to‘planishdi. Konsorsiumning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan tashqari, LG beshta Havo Yechimlari Tadqiqot Markazini (Janubiy Koreya, Shimoliy Amerika, Yevropa va Hindistonda joylashgan) boshqaradi hamda 43 mamlakatda jami 62 ta HVAC o‘quv markazini faoliyatini yuritadi. Har yili 30 000 dan ortiq muhandisni tayyorlaydigan bu akademiyalar kompaniyaning ilg‘or HVAC texnologiyalarining butun dunyo bo‘ylab qo‘llanilishiga ko‘maklashmoqda.

     



    LGning HVAC sohasidagi raqobatbardosh ustunligi uning tengsiz "Core-Tech" imkoniyatlari tufayli ta’minlanadi. Kompressorlar va dvigatellar kabi muhim tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishda, LG o‘z mahsulotlarining barchasini mijozlar kutayotgan yuqori darajadagi ishonchlilik va samaradorlikni ta’minlashga qaratib, muntazam takomillashtirib boradi. Moysiz markazdan qochma chillerlarda LG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan magnitli podshipniklar, krilchatkalar, kompressorlar va issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi. Ushbu chillerlarda, shuningdek, yuqori texnologiyali LG AI Engine tizimidan foydalaniladi, bu esa prediktiv boshqaruvni amalga oshirish imkonini beradi va favqulodda barqarorlik va unumdorlikni ta’minlaydi. LG kompaniyasining AI Engine tizimi hatto kuchlanish sakrashlarining intellektual ravishda oldini olishni ta’minlaydi. Bu ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun juda muhim ahamiyatga ega, chunki bu joylarda ishdagi har qanday uzilish millionlab odamlar uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

     

    LG ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarning mustahkam poydevorini, innovatsiyalar sohasidagi isbotlangan yutuqlarini hamda barqarorlikka yo‘naltirilgan loyihalash va boshqaruvga bo‘lgan sadoqatini o‘zida mujassam etib, HVAC sohasidagi global yetakchi sifatidagi obro‘sini tobora mustahkamlab bormoqda. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini sovitish uchun yangi avlod yechimlarini yaratishdan tortib, og‘ir iqlim sharoitlari uchun yuqori samarali issiqlik nasoslari texnologiyalarini ishlab chiqishgacha - kompaniya yanada oqilona va samarali kelajakni ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilmoqda.

    James Lee, LG Electronics ES kompaniyasi prezidenti