•  

    Yangi xonadonga ko’chib o’tish – bu, albatta, yoqimli tashvishlar, biroq mug’itni to’g’ri tashkillashtirish kerakligi haqida unutmasligimiz lozim. Asosiy jihatlaridan biri – maishiy texnika tanlovi bo’lib, bu kundalik hayotingizga qulaylik va shinamlik bo’lishini ta’minlaydi. Ortiqcha mablag’laringizni sarflamaslik va birdaniga shinam sharoitni yaratish uchun ustuvor xaridlarni belgilab olish kerak. Bugungi obzorda biz birinchi navbatda kerak bo’ladigan texnikalarni ko’rib chiqamiz hamda optimal modellarni taklif qilamiz.

     

    Oshxona texnikasi: shinamlik va qulaylik asosi

     

    Sovitkich: oshxona muhitining bosh elementi

    Sovitkich – xarid qilish kerak bo’lgan birinchi narsa. Axir usiz to’laqonli maishiy hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Tanlov oila a’zolaringiz soni va mahsulotlarni saqlashdagi xohish-istaklaringizga bog’liq bo’ladi.

    • Bir kishi yoki kichik oila uchun: GC-B509MQWM — bu DoorCooling+ texnologiyasiga ega ixcham, va ayni paytda ko’p narsani sig’dirish mumkin bo’lgan sovitkich bo’lib, bir maromda sovutishni ta’minlaydi. Invertorli kompressor gufayli u tinch va tejamkor tarzda ishlaydi.
    • Katta oila uchun: GC-Q257CAFV — bu Total No Frost tizimiga ega bo’lgan keng Side-by-Side sovitkichi bo’lib, u muz paydo bo’lishining oldini oladi. LinearCooling™ harorat o’zgarishlarini kamaytirib, 7 kungacha mahsulotlarning toza saqlanishini ta’minlaydi, o’rnatilgan suv dozatori esa foydalanish uchun qulaylik yaratadi. sovitkichning o’ziga xos uslubdagi dizayni uni istalgan muhit uchun a’lo yechimga aylantiradi.

     


    LG MH6565DIS mikroto’lqinli pechi

    Mikroto’lqinli pech pishirish ishlarini soddalashtiradi va vaqtingizni tejashga yordam beradi. LG MH6565DIS Smart Inverter texnologiyasi bilan jihozlangan bo’lib, bir maromda qizdirishni ta’minlaydi, energiya sarfini kamaytiradi va mahsulotlarni grilda pishirish, qizdirish, qovurish va hattoki ularni fermentlash imkonini beradi. Ushbu model o’zining ixchamligi va funksionalligi tufayli istalgan o’lchamdagi oshxona uchun mos keladi.

     


    Tozalik va tartib uchun texnika

     


    LG A9N-PRIME simsiz changyutkichi: har bir detalida qulaylik mujassam.

    Tezkor va samarali tozalash yangi xonadon uchun ayniqsa muhim. LG A9N-PRIME quyidagi jihatlari bilan siz uchun ishonchli yordamchi bo’ladi:

    • YUqori quvvat va uzoq vaqt quvvatlashsiz ishlaydi.
    • Yengillik va harakatchanlik, bu ayniqsa kichik xonalar uchun muhimdir.
    • Uchliklarining turli xilligi, bu hattoki qo’l yetishi eng qiyin joylarni ham tozalash imkonini beradi.

     

    LG F2V5GG2S quritish moslamasi bo’lgan kir yuvish mashinasi

    Ushbu model birdaniga ikki vazifani hal qiladi: u sifatli kir yuvishni va kiyimni quritishni ta’minlaydi. LG F2V5GG2S AI DD sun’iy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan bo’lib, u mato turiga qarab optimal kir yuvish rejimini tanlaydi, quritish funksiyasi esa uni kichikroq, ya’ni kiyimlarni quritish uchun yetarli joy bo’lmagan xonadonlar uchun, xususan narsalarni qisqa vaqt ichida kiyish uchun tayyorlash zarurati bo’ladigan hollarda, almashtirib bo’lmas jihozga aylantiradi.

     


    Qulay dam olishingiz uchun sharoit yaratib beramiz: LG OLED65C4RLA televizori

    Televizor — uyda qulay dam olish uchun muhim element. LG OLED65C4RLA modeli — bu tasvirning premial sifati va zamonaviy dizayn uyg’unligi bo’lib, sizga quyidagilarni taklif qiladi:

    • Yorqin ranglar va chuqur qora rangli tusni ta’minlovchi OLED-matritsa.
    • Onlayn kontentdan foydalanish imkonini beruvchi smart platformalarni qo’llab-quvvatlaydi.
    • Maksimal qulaylik uchun o’yin konsollari va boshqa qurilmalar bilan integratsiya.

     

    Natijalarni ko’rib chiqamiz: eng zaruriy texnikalar

    Byudjetingizga ortiqcha og’irligi tushmasligi uchun, dastavval eng muhim qurilmalarga e’tiborni qaratish lozim:

    • Sovutgik – mahsulotlarni saqlash uchun kerak.
    • Mikroto’lqinli pech – taom tayyorlashni tezlashtiradi.
    • Changyutkich va kir yuvish mashinasi – tozalikni saqlashga yordam beradi.
    • Televizor – qulay dam olish uchun.

     

    Maslahat: Tanlangan modellarning funksionalligi va ishonchliligiga e’tibor qarating. Texnikani to’g’ri parvarishlash uning xizmat muddatini uzaytiradi va uyingizda uzoq yillar davomida qulaylikni ta’minlaydi.