• Yangi yil yaqinlashmoqda, demak, uyingizni shinam, tartibli va bayramlarga tayyor qilish vaqti keldi. Sizga tayyorgarlik faqat zavq bag‘ishlashi uchun biz tozalash, buyumlarni saqlash va uyda yoqimli muhit yaratishning eng yaxshi usullarini to‘pladik.

     

    Layfxaklar nima-yu, ular nimasi bilan foydali

    Layfxaklar — vaqt, kuch va resurslarni tejashga yordam beradigan foydali maslahatlardir. Ayniqsa, Yangi yil arafasida bu maslahatlar juda muhim, chunki bu paytda ishlar ko‘payib, vaqt esa kamayib boradi. Tez tozalash, xonalarni tartibga solish va uy interyerini yangilash bo‘yicha maslahatlarimiz bayramga tayyorgarlikni soddalashtirish va uni yanada yoqimli qilishga yordam beradi.

     

    Oshxona, vannaxona va boshqa xonalarni tozalash

    Yangi yil oldidan umumiy tozalash ishlari — tayyorgarlikning majburiy bosqichi hisoblanadi. Bayramlar oldidan tez va samarali tozalash ishlarining o‘tkazishning kaliti esa rejalashtirishdir. Tozalash ishlarini tez va samarali bajarish uchun uyni qismlarga ajrating va taymerdan foydalaning: ish ritmini saqlash uchun har bir hududga (oshxona, mehmonxona, yotoqxona, vannaxona) 20-30 daqiqadan ajrating. Misol uchun:

    • Oshxona: sirtni yog‘dan tozalash uchun limon va sodadan foydalaning. Muzlatkichni artib, muddati o‘tgan mahsulotlardan xalos bo‘ling.
    • Vannaxona: plitka va santexnikani suv bilan aralashtirilgan sirka yordamida tezda tozalang.
    • Mehmonxona: changni arting, gilamlar va mebellarni changyutkich yordamida tozalang.

     



    LG A9K-MAX1 tozalash jarayonida asosiy yordamchiga aylanadi.

    Yuqori quvvati va moslashuvchanligi tufayli changyutkich pollar va gilamlarni tezda tozalaydi, ixcham o‘rnatmalari esa yetish qiyin bo‘lgan joylargacha yetib olish imkonini beradi. Ikkita yechib olinadigan akkumulyator 120 daqiqagacha avtonom ishlashini ta’minlaydi, bu katta binolarni ortiqcha tanaffuslarsiz tozalash uchun juda maqbuldir.

     

    Ovqat tayyorlagandan so‘ng tozalashni qanday osonlashtirish mumkin

    Ovqat tayyorlash katta zavq beradi, ammo oshxonada qoladigan tartibsizlik kayfiyatni tushirishi mumkin. Mana bir nechta hayotiy maslahatlar:

    • Pishirish jarayonida bitta yoki ikkita kastryuldan foydalaning.
    • Mahsulot qoldiqlarini va qadoqlarini darhol alohida paketga tashlang.
    • Tayyorlash vaqtida ish yuzalarini artib turing, shunda kir va yog‘ ularga singib ketishga ulgurmaydi.

     


    Narsalarni saqlash bo’yicha layfxaklar

    Uyingiz tartibsiz tus olmasligi uchun, saqlash joylarini to‘g‘ri tashkil etishga oldindan e’tibor qarating:

    • Mavsumiy kiyim va matolar uchun vakuumli paketlardan foydalaning.
    • Mayda narsalar va taqinchoqlar uchun tortmalarga organayzerlar o‘rnating.
    • Karavot tagiga yoki shkafga saqlash uchun quti yoki savatlar qo‘shing.
    • Yangi yil bezaklari va boshqa mavsumiy dekor buyumlarini bo‘lmalari bor qutilarda saqlang.

     

    Kichik xonalarni tashkil qilish

    Saqlash uchun joy yetishmayotgan bo‘lsa, quyidagi g‘oyalardan foydalaning:

    • Xona devorlariga yoki burchaklariga tokchalar o‘rnating.
    • Joy tejash uchun buyumlarni tik turgan idishlarda saqlang.
    • Saqlash funksiyasiga ega mebellardan foydalaning, masalan, yashikli divanlardan foydalaning.

    Bu maslahatlar barcha zarur narsalarni ixcham joylashtirish va uyingizni kengaytirishga yordam beradi.

     

    Uyda shinamlik va qulaylik yaratishga doir  layfxaklar

    Yangi yil - uyda eng shinam muhitni yaratishning ayni vaqti. Bu borada bir nechta g‘oyani taklif qilamiz:

    • Yumshoq va qulay yorug‘lik muhitini yaratish uchun sham yoki yangi yil chiroqlarini osib qo‘ying.
    • Archa novdalari, qubba va mandarin mevalaridan xushbo‘y hid beruvchi kompozitsiyalar tayyorlang.
    • Derazalarni qor uchqunlari yoki yorug‘lik taratuvchi bezaklar bilan bezating.

    Yangi yil arafasida uyni tartibga keltirish va yig‘ishtirish kundalik ishga aylanib qolmasligi lozim. To‘g‘ri yondashuv va LG A9K-MAX1 singari foydali vositalar yordamida bayramni kutib olish uchun mukammal sharoitni osonlik bilan yaratishingiz mumkin. Uyingiz quvonch, shinamlik va iliqlik hukm suradigan maskanga aylansin!