• Yoz - do‘stlar va oila aʼzolari bilan qulay muhitda vaqt o‘tkazish va yaxshi film tomosha qilish uchun uzoq, iliq oqshomlar vaqti. Zamonaviy yuqori sifatli televizorlar bunday daqiqalar uchun juda yaxshi. Ushbu maqolada biz sizga yozgi kino kechalari uchun tomosha qilishga arziydigan eng yaxshi filmlar haqida gapirib beramiz.




    1. Romantik komediyalar


    “La La Land” - musiqachi Sebastyan va o‘z kasbida ilk qadamlar tashlayotgan aktrisa Mianing sevgi hikoyasi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Ular tasodifan, Mia Sebastyan musiqa ijro etgan barga kirganda, uchrashib qoladilar. Vaqt o‘tishi bilan ularning his-tuyg‘ulari tobora kuchayib boradi, ammo ularning karyeralari ulardan katta qurbonlarni talab qiladi.


    “Rim tatili” - Qirollik burchlaridan charchagan malika Anna Rimga qilgan tashrifi chog‘ida saroydan qochadi. U yerda u jurnalist Jo Bredli bilan tanishib qoladi, Jo dastlab uni tanimaydi. Jo Annaning kimligini anglab yetgach, shov-shuvli maqola yozishga qaror qiladi.


    2. Sarguzasht filmlar


    “Yo'qotilgan sandiqni izlab” (Indiana Jones: Raiders of The Lost Ark) – Xarrison Ford jasur arxeolog rolini ijro etgan sarguzasht filmlarning mumtoz namunasi. Arxeologiya professori Indiana Jons ulkan kuchga ega qadimiy artefakt- ahd sandig‘ini qidirishga kirishadi. Ushbu sarguzashtda u sandiqdan harbiy maqsadlarda foydalanmoqchi bo‘lgan natsistlarga duch keladi.




    “Karib dengizi qaroqchilari: qora Marvaridning laʼnati” (Pirates of The Saribbean: The Surse of The Blask Pearl) kapitan Jek Sparrov va uning jamoasi sarguzashtlari haqida qiziqarli hikoya. Yosh Elizabet Suonn tasodifan qaroqchilar laʼnati bilan bog‘liq medalyonni topadi. Tunda u kapitan Barbossa yetakchiligidagi “Qora marvarid” ekipaji tomonidan o‘g‘irlab ketiladi. Laʼnatga uchragan qaroqchilar barcha oltin tangalarni qaytarmagunlaricha his-tuyg‘ularsiz abadiy yashashga mahkum.


    Alpha 9 SI (SI - sunʼiy intellekt) protsessori bilan jihozlangan LG OLED evo S3 4K OLED 65 televizori jangovar sarguzashtni shu qadar chuqur yetkazadiki, tomoshabinlarni bir lahzaga syujet qahramoniga aylantira oladi.


    3. Tabiat haqida hujjatli filmlar


    “Yer sayyorasi” – BBS tomonidan ajoyib sifatda suratga olingan sayyoramizning yovvoyi tabiati haqidagi hujjatli filmlar seriyasi. Syujetda BBS-ning yerning muzlagan qutblaridan tortib tropik o‘rmonlar va cho‘llargacha bo‘lgan turli ekotizimlariga oid tadqiqotlari taqdim etiladi.




    “Moviy sayyora” BBS tomonidan taqdim etilgan, okeanlar chuqurliklaridagi shu paytgacha kashf qilinmagan hayot shakllariga bag‘ishlangan yana bir tadqiqot filmlari seriyasi bo‘lib, LG OLED | Objet Collection Posé televizori uning dunyosini nozik tarzda namoyish etadi. Ushbu modelni rassomlarning tuval matosi deb atashadi, chunki undan raqamli sanʼat asarlarini yaratish uchun foydalaniladi. Shunday qilib, LG OLED | Objet Collection Posé ekranida “Moviy sayyora”ni tomosha qilayotganda, siz o‘rganilmagan suv osti dunyosiga olib boradigan ostonadan o‘tasiz.