Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

Sunʼiy intellekt eng yaxshi hayot uchun

LG mijozlar turmushini yaxshilash uchun SI boʻyicha ITTKI strategiyasini ishlab chiqmoqda.

28.03.2019
nashr etilgan FORTUNE
LG ThinQ va FORTUNE kuchlarni birlashtiradi

Sunʼiy intellekt (SI) ilmiy fantastikadek eshitilishi mumkin, ammo u ayni pallada ham turmushimizning turli qirralarini oʻzgartirayotgani va kundalik ishlarni osonlashtirayotgani haqiqatdir.

“SI haliyam taraqqiyot debochasida turgan boʻlsa-da, hozirda u dunyoda eng koʻp tadqiq qilinayotgan texnologiyalardan biridir”, - deydi LG Electronics maishiy elektronika kompaniyasi bosh direktori Son Jinn Cho.

Choning soʻzlariga qaraganda, SI maishiy elektronika sohasida muhim ahamiyat kasb etadi hamda bu kompaniyalarga isteʼmolchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq anglash va turmush farovonligini oshirish imkonini yaratadi.

“LG kompaniyasi innovatsion yechimlarni taqdim etish boʻyicha oʻz algoritmlarini ishlab chiqdi. Kompaniya “Eng yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” konsepsiyasi bilan bir qatorda sunʼiy intellektga asoslangan LG ThinQ maishiy elektronikalar lineykasini chiqardi”.

Biz isteʼmolchilarning turmushini yaxshilash, ularning kundalik yumushlardan qisman ozod qilish uchun LG ThinQ seriyadagi mahsulotlarni yaratdik.

Masalan, AI ThinQ texnologiyasiga ega boʻlgan LG 4K UHD bir qator televizor modellari, jumladan, premium-klassdagi LG OLED televizorlaridan sevimli dasturlarni tomosha qilish uchun yoki ovozli buyruqlar yordamida Internetdan kerakli maʼlumotni axtarish uchun ham foydalanish mumkin va bu foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida ikki vazifani bajarish imkonini beradi. LG InstaView ThinQ muzlatgichi butun oilaga yoqadigan retseptlarni tavsiya qilib, taom tanlash uchun ketadigan vaqtni tejaydi.

LG V40 ThinQ smartfonidagi AI Cam funksiyasi esa, tasvirga olish paytida telefonning intellektual imkoniyatlaridan foydalanadi va olingan kadrlarning muqobillarini tavsiya qilgan holda foydalanuvchilarni hadeb kamera parametrlarini sozlashdan xalos qiladi. Bundan tashqari, LG aqlli karnaylari ovozli boshqaruvdagi Google Assistant imkoniyatlaridan va oʻz funksiyalaridan foydalanib, uydagi boshqa qurilmalarni boshqarish markazi rolini bajara oladi.

LG ThinQ seriyadagi mahsulot, shuningdek, ovozli va vizual innovatsiyalar bilan jihozlangan boʻlib, ular yordamida tasvir, ovoz yoki joyni tanish mumkin va bu foydalanuvchilarning maishiy uskunalar bilan munosabat shaklini oʻzgartiradi.

“Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali bizning mahsulotlarimiz foydalanuvchilarning odatlarini oʻrganadi va bu maʼlumotlar asosida oʻz unumdorligini oshiradi, –

deydi Cho, – yoʻriqnomalarni oʻqish yaqinda tarixga aylanadi, zero mahsulotning oʻzi foydalanuvchilarni oʻrganadi”.

Global korporatsiyalar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish orqali LG kompaniyasi SI sohasidagi tajribani nafaqat uylarda, balki avtomobillar va jamoat joylarida ham qoʻllashga umid bogʻlamoqda. “Biz talabdan kelib chiqqan holda asta-sekinlik bilan mahsulotlar lineykamizni kengaytirib borishga va yakunda SI bilan foydalanuvchilar uchun qulaylikni orttiradigan hamda uzoq muddatga ularning turmush darajasini oʻzgartiradigan mutlaqo yangi ekotizim yaratishga harakat qilamiz”, – deydi Cho.

ThinQmahsuloti asosida yotadigan falsafa va LG kompaniyasining SI rivojlanish salohiyatiga doir qarashlari “ Evolyutsiya Oʻzaro bogʻliqlik va Ochiqlik”, strategiyasida aks etgan. Patentlangan algoritmlar tufayliLG ThinQ SI mahsuloti foydalanuvchilarning odatlariga moslashgan holda doimoʻrganadi va rivojlanib boradi.

“Shu tufayli mahsulot foydalanuvchilarni yanada personallashtirilgan tajriba bilan taʼminlaydi”, – deydi Cho, – “bunday imkoniyatlarni maishiy uskunalarning keng assortimentiga olib kirish foydalanuvchilarni toʻsiqsiz aloqa bilan taʼminlaydi, mahsulot esa, foydalanuvchi maʼlumotlari asosida olingan axborotni almashish imkoniyatiga ega boʻladi”.

Bu reja ochiqlik strategiyasiga tayangan holda amalga oshiriladi, zero LG ushbu strategiya doirasida boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik va sheriklik aloqalarini oʻrnatishga harakat qilib, SI sohasida eng yaxshi yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.

“Kompaniyalar original kashfiyotlarda yopiqlik siyosatiga amal qilishlari bugungi dunyoda juda qiyin, – deydi Cho. – Aynan shuning uchun foydalanuvchilar sharoitini yaxshilash yoʻlida oʻz yechimlarimiz yoki tashqi sheriklarimizning yechimlariga tayanishimiz ustuvor maqsad hisoblanadi”.