Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

Qanday qilib aqlli uskunalar elektr energiyasini tejash va sayyorani saqlashda yordamlashishi mumkin

Har bir kun – Yer Kuni

22.04.2020
Yer Kuni 50 yilligi bayrami tasviri “Qanday qilib LG ThinQ yordamida uyda har bir kunni Yer Kuniga aylantirish” tasviri nusxasi bilan

SEUL, 23 aprel 2020 y. – 50 yil oldin ilk bor Yer Kuni nishonlanganidan buyon bu kunning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kelajakning yaxshiroq boʻlishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan, lekin nimadan boshlashni bilmay turganlarga tavsiya – uyingizdan boshlang, uni aqlli va energiyani tejaydigan maishiy uskunalar bilan jihozlang. Hatto oddiy ishlardan boshlash ham yakunda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

1. Uyingizni tarmoqqa ulang
Uyda elektr energiyasidan yanada samarali foydalanish uchun maishiy uskunalar LG ThinQ ilovasiga ulangan

Oʻylab koʻring, uydan chiqayotib baʼzida chiroq, konditsioner yoki isitish tizimini oʻchirishni unutishingiz oqibatida qancha resurs yoki pulingizni isrof qilasiz? Xayriyatki, qayerda boʻlsangiz ham smartfon orqali osonlik bilan boshqarish mumkin boʻlgan qulay aqlli maishiy uskunalar bor.

LG kompaniyasining ThinQ markazlashtirilgan ilovasi yordamida siz avvalgidan ancha samarali ravishda konditsionerdan tortib kir yuvish mashinasigacha aqlli maishiy uskunalarni boshqara olasiz. Ilova yordamida bemalol televizor yoniq qolganini tekshirish, konditsioner sozlamalarini nazorat qilish orqali energiya isrof boʻlishining oldi olinadi, shuningdek, kir yuvish mashinasi sikllarini almashtirish bilan suv ham tejaladi.

2. Maishiy uskunalaringizni mukammal ishlash holatida saqlang
LG kompaniyasining mijozlarni qoʻllab-quvvatlash faol xizmati profilaktika boʻyicha maslahatlar berib, ThinQ ilovasiga ulangan uskunalardan samarali foydalanishda dastak boʻladi.

ThinQ ilovasi orqali bogʻlaniladigan mijozlarni qoʻllab-quvvatlash faol xizmati – ulangan maishiy uskunalar uchun mijozlarni qoʻllab quvvatlashda SI bazasidagi birinchi servis.

Kir yuvish mashinalari, quritish moslamalari, muzlatkichlar va boshqa yirik maishiy uskunalarning eng yuqori samaradorligi uchun ular mukammal darajada saqlanishi zarur va bu oʻz navbatida atrof-muhitga ham oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi. “Mijozlarni faol qoʻllab-quvvatlash” kabi funksiya ushbu muammoning eng maqbul yechimidir. U foydalanuvchini rejali texnik taʼmir zaruriyati haqida ogohlantiradi va profilaktik parvarish boʻyicha maslahatlar beradi. Buning yordamida mahsulotning samaradorligi ortib, yaroqlilik muddati uzayadi.

Misol uchun, agar “Mijozlarni faol qoʻllab-quvvatlash” funksiyasi LG quritish mashinasidagi ventilyatsion darchasidagi havo oqimi pasayganini aniqlasa, u foydalanuvchiga muammoni bartaraf qilish va uskunaning optimal holatini tiklash boʻyicha maʼlumotlar berib, energiya tejalishiga sabab boʻladi. Agar siz haddan tashqari koʻp miqdorda yuvish vositalari ishlatayotgan boʻlsangiz, u sizni ogohlantiradi va ortiqcha chayqash sikllaridan, yaʼni kir yuvish mashinasini ortiqcha yuklamadan xalos qilish uchun koʻrsatmalar beradi,

3. Energiyani tejaydigan maishiy qurilmalardan foydalanishga oʻting
AI Direct Drive texnologiyasi va konditsionerga ega boʻlgan LG aqlli kir yuvish mashinasi energiya tejamkorlikni taʼminlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Energiyani tejaydigan uskunalar xaridi – uyingizni yanada ekologik toza holda saqlashning eng zoʻr yoʻllaridan biri. Energiya samaradorlikning xalqaro standarti Energy Star tomonidan eʼtirof etilgan mahsulotlarning bozorda koʻpayib borishi sayyoramizga avvalgidan koʻproq avaylash imkonini beradi va oʻz navbatida oylik elektr energiyasi va suv harajatlarini kamaytiradi.

TurboWash 360 kabi aqlli kir yuvish mashinalari uy sharoitida suv isteʼmolini kamaytirish imkonini yaratadi. LG kompaniyasining AI Direct Drive™ texnologiyasi bilan jihozlangan va Energy Star sertifikatiga ega boʻlgan ushbu takomillashgan kir yuvish mashinasi modeli kirlarni tozalar ekan, ayni paytda matoning titilishiga yoʻl qoʻymaydi.

Aqlli konditsionerlar ham energiyani tejaydi. Masalan, LG Dual Inverter Compressor™ konditsioneri unumdorlikni pasaytirmagan holda tezkor ravishda sovutushni amalga oshiradi.

Aqlli uskunalardan foydalanishga oʻtish sezilarli darajada hayotingizni osonlashtiradi hamda sayyoramizni avaylash va tabiiy resurslarni asrashda katta ahamiyat kasb etadi.

4. Klubga qoʻshiling
lg ThinQ mobil ilovasi yordamida Yer Kuniga bagʻishlangan Earth Challenge 2020 chellenjiga qoʻshiling va Yerni asrab qolishga yordam bering.

50 yil mobaynida Yer Kuni bayrami rivojlandi va endi uni nishonlash onlayn tarzda ekologik tashabbuslarda qatnashish kabi zamonaviy koʻrinishlarga oʻtdi.

Siz mobil ilova yordamida Yer kuniga bagʻishlangan Earth Challenge 2020 chellenjiga qoʻshilib, hududingizga taʼsir qiladigan ekologik muammolar haqida maʼlumot olishingiz, oʻz fikr va qarashlaringizni yozib, boshqalar bilan boʻlishishingiz, shuningdek, atrof-muhitga qaratilgan dars va mashgʻulot rejalaridan foydalanishingiz mumkin.

Digital Earth Day doirasida zamonaviy dunyo qarshisida turgan muhim ekologik muammolar haqida batafsil axborot olishingizni taʼminlaydigan vositalar onlayn toʻplami mavjud. Shu bugunoq ishga kirishishni istovchilar uchun chiqindilarni tozalash yaxshi variant boʻla oladi (mahalliy xavfsizlik choralariga rioya qilgan va ijtimoiy masogani saqlagan holda).

Yer Kuni - oʻziga xos sana, shubhasiz, uni nishonlash kerak, axir, har qanday holatda ham bu harakatga chorlash hisoblanadi, har yili bizga dunyoni yaxshilash yoʻlida har birimiz harakat qilishimiz lozimligini eslatib turadi. Energy Star Pledge’da qatnashish imkoniyati bilan www.energystar.gov saytida tanishib koʻring. Uyimizdagi kichik oʻzgarishlardan boshlab, biz sayyoramizning muvozanati va muhtashamligini kelajak avlodlar uchun asrashda koʻmakchi boʻla olamiz.

Bir vaqtlar kimdir aytgandiki,

atrof-muhitni yaxshilashning birdan bir yoʻli - barchani jalb qilish.