Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

LG ThinQ qanday qilib turmushimizni oʻzgartirmoqda

LGning televizordan tortib robot-changyutgich va aqlli muzlatgichgacha boʻlgan SI asosidagi qurilmalari kundalik turmushimizni qanday yengillashtirayotganiga guvoh boʻling.

17.10.2019
WIRED nashr etilgan
Koʻk fonda Cloi LG SI-roboti

Fotograf Charli Surbi

Uyimiz oʻzimizni eng qulay his qiladigan, panoh topadigan shinam boshpana boʻlishi lozim. Uydagi shinamlikni taʼminlash uchun bazmdan keyingi tozalash boʻladimi, mehmon uchun antiqa taom tayyorlashmi yoki ish kunidan keyin hordiq chiqarishga mos filmni tanlash deysizmi, bularning har biri uchun inson oʻzini toʻliq baxshida etishi lozim.

Xayriyatki, SI bizga yordamga kelishi mumkin. LG kompaniyasi turarjoylardagi tendensiyalarni oʻrganib chiqib, isteʼmolchilarning talablarini jamlaydigan uchta asosiy tamoyilni topdi – integratsiya va ochiqlik, personalizatsiya va segmentatsiya hamda oʻzaro bogʻliqlik. Ushbu tamoyillarni LG ThinQ texnologiyasi bilan umumlashtirib, biz LG ThinQ Home yaratdik.

Butun uy boʻylab joylashtirilgan bir biri bilan bogʻliq aqlli qurilmalar bilan jihozlangan,

oshxona, mehmonxona, uy ofisi, uy kinoteatri, garderob va kirxonalardan iborat boʻlgan yashash joyi. Natijada foydalanuvchining talablariga butkul uygʻunlashtirilgan va energiya samaradorligini saqlab qolgan ekotizim hosil boʻldi.

LG XBoom AI ThinQ kolonkasi koʻk fonda

Fotograf Charli Surbi

Mehmonxona yoki oshxonada LG XBOOM AI ThinQ karnaylarini joylashtirgan holda, uni boshqa aqlli qurilmalarga ulab, ovozli buyruqlar yordamida ularni boshqarish mumkin. Masalan, shunchaki, aytingki,

“Salom, Google, sharob bazmi rejimini boshla”.

Shundan soʻng, barning chiroqlari avtomatik tarzda xiralashib, sharoblar turgan boʻlimda chiroqlar yonadi. Oddiy bir buyruq yordamida siz uydagi muhitni oʻzgartirishingiz mumkin.

Koʻk fonda LG AI ThinQ televizori

Fotograf Charli Surbi

Barcha qurilmalar LG AI ThinQ televizorining boshqaruv paneliga ulangan boʻlib, uning yordamida har xil xonalarda joylashgan “aqlli uy” qurilmalarini markazlashtirgan holda boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, bu Alexa va Google Assistant bilan uygʻunlashtirilgan dunyodagi birinchi mahsulot hisoblanadi.

LG televizori butkul personallashtirilgan tomosha bilan taʼminlaydi.

Sevimli aktyoringiz ishtirokidagi koʻrsatuvni tomosha qilib oʻtirib, siz oddiy ovozli buyruq yordamida uning toʻliq filmografiyasini topa olasiz. Yana LG televizori xonadagi yorugʻlik darajasini aniqlab, shunga mos ravishda ekran yorugʻligini oʻzgartira oladi. Bundan tashqari, u sizning nimalarni koʻproq tomosha qilishingizni kuzatib, sizga qiziq tuyulishi mumkin boʻlgan teledasturlarni tavsiya qiladi.

Koʻk fonda LG CordZero R9 ThinQ robot-changyutgich

Fotograf Charli Surbi

LG CordZero R9 ThinQ robot-changyutgich – bu ovozli boshqaruvli va yashash joyingizga qarab moslasha oladigan aqlli changyutgich. Joy oʻrganishning takomillashtirilgan tizimi yordamida u turli toʻsiqlar va odamlar orasida harakatlana oladi. My Zone funksiyasi uyingizning qaysi zonalarini tozalash zarurligi, qayerlarni shart emasligini belgilash imkonini beradi, Smart Turbo rejimi esa R9ga koʻproq ifloslangan va qattiqroq soʻrib tozalash kerak boʻlgan joylarni va materiallarni aniqlashda yordam beradi hamda tabiiyki, changyutgich kuchini moslaydi. Va nihoyat, Home View rejimi yordamida oila aʼzolaringiz yoki uy hayvonlaringiz nimalar bilan mashgʻul ekanliklarini kuzatish mumkin.

Bu kundalik hayot uchun LG kompaniyasi tomonidan yaratilgan yagona inqilobiy ashyo emas. Boshqa oshxona uskunalari bilan axborot almashish imkoniyati tufayli

LG InstaView ThinQ muzlatgichi oshxonangizda aloqa markazi boʻlib xizmat qiladi.

U sizga shirin retseptlar tavsiya qilishi, pechni maʼlum haroratgacha qizdirib turishi hamda idish yuvish uskunasini ishga tushirishi ham mumkin. Shuningdek, muzlatgich rangli shisha paneliga ega boʻlib, eshikni ochmasdan turib ham muzlatgich ichidagi mahsulotlarni koʻrish imkonini beradi va shu orqali energiyani tejaydi. U, hatto, texnik taʼmirlash boʻyucha foydali maslahatlar berib, vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolar haqida oldindan ogohlantiradi.

Koʻk fonda LG G8X ThinQ smartfoni

Fotograf Charli Surbi

LG G8X ThinQ smartfoni – bu koʻp funksiyaviylik, kontentdan zavq olish va muloqotga nisbatan mutlaqo yangi qarashning hosilasi boʻlgan telefon. Uning oʻziga xos juft ekrani osonlik bilan u displeydan bunisiga oʻtish, ikki ekranda oʻynash va bir paytning oʻzida bir nechta ilovalardan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, AI Cam va AI Action funksiyalari tasvirga olinayotgan obʼektni aniqlash, rasm olish tezligini, sezgirligi, ranglarni va hokazolarni sozlash orqali mukammal rasm olish imkonini beradi. Va nihoyat, oʻrnatilgan Google Lens texnologiyasi olamni oʻrganishga qiziqadigan foydalanuvchilar uchun ayni muddao. U ekranning oʻzidan matnni tarjima qilish, oʻsimliklar, hayvonlar, diqqatga sazovor joylar va boshqalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratadi.