Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

CES 2020 KOʻRGAZMASIDA LG KOMPANIYASI SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYASI KELAJAGINING YANGI KONSEPSIYASINI NAMOYISH QILDI

LG texnik direktori “SI tajriba bosqichlari” konsepsiyasi doirasida sunʼiy intellektni rivojlantirish rejasini taqdim etdi.

06.01.2020
CES 2020 koʻrgazmasida doktor I. P. Park SI texnologiyasini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi bilan tanishtirdi

LAS-VEGAS, 6 yanvar 2020 y. – CES® 2020 koʻrgazmasida LG Electronics (LG) prezidenti va texnik direktori I. P. Park sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirish yangi konsepsiyasini taqdim qildi. U “SI tajriba bosqichlari: Kelajakdagi SI va inson munosabatlari” deb nomlandi. Yangi konsepsiya LG ThinQ brendi bilan birgalikda oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻyadi – universal intellektual ekotizimni yaratish orqali kundalik turmushni oʻzgartirish.

Ushbu istiqbolli konsepsiya SI texnologiyalarini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni oʻz ichiga olib, rejaning yakuniy maqsadi mahsulot va xizmatlarni uygʻunlashtirgan tizim yordamida insonlarga qayerda boʻlsalar ham oʻz uylaridek his qilishlarini taʼminlashdir. Las-Vegasdagi Mandalay-Bey anjuman markazida nutq soʻzlar ekan, doktor Park shunu eʼtirof etdiki, sunʼiy intellekt rivoji uchun juda koʻp gʻoyalar va konsepsiyalar mavjud boʻlsa-da, ushbu industriyada yagona rejaga amal qilish jida muhim boʻlib, bu bizga mijozlarimizning turmush darajasini oshirishda yordam beradi.

Sahnada doktor Parkka Monreal firmasi boʻlmish, SI texnologiyalaridagi samarali ishlari bilan tanilgan Element AI firmasi taʼsischilaridan biri va bosh direktori Jan-Fransua Ganye ham qoʻshildi. Ular yangi konsepsiyani yaratish jarayoni hamda sohadagi boʻlajak oʻzgarishlar uchun istiqbolli texnologiyalar masʼuliyatini muhokama qildilar. Shuningdek, ular SI (AIX) tajribasidagi toʻrt bosqich haqida gapirib berdilar –

Samaradorlik, Personalizatsiya, Fikrlash va Tadqiqot.

Ushbu bosqichlarning har biri texnik imkoniyatlar va ularning amalda qoʻllanishi rivojida jiddiy qadamlardir.

Ilk bosqich boʻlmish “Samaradorlik”da oddiy buyruqlar yordamida tizim yoki qurilmaning baʼzi funksiyalari avtomatlashtirilishi mumkin. Bugungi kunda bu bosqiсh ovozni aniqlash tizimi va SI texnologiyalari dastagi boʻlgan bozordagi aksariyat qurilmalarda amalga oshgan. Bu bosqichda SI avvaldan berilgan sensorli parametrlarga bogʻliq holda ishlashni avtomatik tarzda sozlab, foydalanuvchi bilan maksimal darajada samarali munosabat oʻrnatadi. Doktor Parkning soʻzlariga qaraganda, SI birinchi bosqichiga LG ThinQ konditsioneri namuna boʻlishi mumkin. U xonada odamlarning bor yoki yoʻqligini aniqlaydigan intellektual sensor bilan jihozlangan va olingan maʼlumotlar asosida harorat va havo oqimini boshqarishi mumkin.

Jan-Fransua Ganyening tushuntirishiga qaraganda, keyingi “Personalizatsiya” bosqichi xulq-atvor shakllarini aniqlashga qaratilgan boʻlib, qurilmalarning ishlashini personallashtiradi va maqbullashtiradi. Bu bosqichda SI dastakli qurilmalar va servislar atrof-muhit va foydalanuvchilar munosabatlari borasida maʼlumot toʻplashlari, xulq-atvor modellarini aniqlashlari va bu axborotdan vazifalarni samarali bajarish hamda foydalanuvchi bilan aloqa oʻrnatishda ishlatishlari mumkin. Oʻrnak sifatida doktor Park LG R9 yangi avlod robot-changyutgichini misol qildi. Ushbu mahsulot joylardagi tuzilmalarni eslab qoladi va buning yordamida bir xatosini boshqa takrorlamaydi (masalan, biror teshik yoki burchakda qisilib qolmaydi).

Uchinchi bosqich, “Fikrlash”, bir tizimga ulangan turli qurilmalar va servislardan olingan maʼlumotlar asosida sabab va oqibat aloqalarini aniqlay oladi. Bu bosqichda SI baʼzi harakatlarning vujudga kelish sabablarini va qonuniyatlarini tahlil qiladi hamda buning yordamida foydalanuvchi uchun eng maqbul yechimlar taʼminlanadi. “Bu bosqich mahsulotlar assortimentini kengaytirishni taqozo qiladi, zero sabab-oqibat aloqalarini tahlil qilish uchun foydalanuvchi bilan munosabatlarda maʻlumot yigʻadigan qurilmalar imkon qadar koʻp boʻlishi lozim”, – taʼkidlaydi doktor Park.

CES 2020 koʻrgazmasida doktor I. P. Park SI tajribasini rivojlantirish yangi konsepsiyasi namoyishini oʻtkazmoqda.

Doktor Parkninig eʼtirof qilishicha, toʻrtinchi bosqich boʻlmish “Tadqiqot” hali amalga oshmagan, ammo u “LG ishlab chiqayotgan SI rivojining yakuniy maqsadi” hisoblanadi. Ilmiy yondashuvga asoslangan “Eksperimental oʻrganish” konsepsiyasi yordamida SI texnologiyasi oʻrnatilgan tizimlar gʻoyalar va xulosalarni shakllantirish hamda amaliy sinovdan oʻtkazish orqali foydalanuvchilarning turmushini mukammal darajaga olib chiqish yangi imkoniyatlarini ishlab chiqa oladilar.

“SI sohasidagi yetakchi sifatida biz foydalanish tajribasi ahamiyatini hisobga olishimiz, hamda sunʼiy intellektni tadqiq qilish va ishlab chiqish chegaralarini kengaytirishimiz kerak”, – deb qoʻshimcha qildi Jan-Fransua Ganye.

“Umid qilamanki, LG Electronics bilan birgalikda biz SI yaratishda insonga yoʻnaltirilgan yondashuvni shakllantiradigan standart va tamoyillarni ishlab chiqa olamiz”..

AIX bosqichlar konsepsiyasi turli soha yetakchilari va ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan hayajon bilan kutib olindi. “SI sohasidagi ishlar bizni texnologiyalar inson va jamiyat foydasi uchun ishlaydigan kelajakka olib borishi uchun masʼulmiz”, – dedi Monreal Universiteti, Makgill Universiteti, Monreal Politexnika maktabi va Monreal Oliy tijoriy maktabi ishtirok etadigan MILA tadqiqot loyihasi asoschisi va ilmiy tadqiqot boʻyicha direktori, Tyuring mukofoti laureati Yoshua Benjio.

Shuningdek, doktor Park SI sohasidagi bir qator jozibali innovatsiyalar haqida aytib berdi. Ular CES 2020 koʻrgazmasidagi LG yirik stendida (7 yanvardagi ochilishidan soʻng) namoyish etiladi. LG ThinQ Zone “Har yerda uydagidek” konsepsiyasining timsoli boʻladi, zero u yerda faqat bir joy chegarasi bilan cheklanmaydigan universal ekotizimning yaratilish jarayoni koʻrsatiladi. Kompaniya mahsulotlari va xizmatlari kundalik hayotning turli jabhalari bilan oʻzaro uygʻunlashadi va mijozlar uchun beqiyos qadriyatlar yaratadi.

LG ThinQ Home bilan muloqot Smart Door aqlli eshigi bilan boshlanadi, u yuzni aniqlash va qon tomirlari tasviri yordamida identifikatsiyalash texnologiyasi yordamida tashrif buyuruvchilarni taniy oladi. Yangi oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash uchun biometrik maʼlumotlar ham zarurdir. Kirish eshigining ichki tarafida ekran joylashgan boʻlib, unung yordamida koʻchaga chiqishdan oldin tashqaridagi ob-havo va yoʻldagi holatlar haqida bilib olish mumkin. Chiqish rejimiga oʻtilganda intellektual eshik LG ThinQ qurilmalarini energiya tejamkor rejimga oʻtkazadi.

CES 2020 koʻrgazmasida LG tomonidan avtomobillar uchun SI texnologiyasi va OLED ekranlari tanishtirildi.

LG kompaniyasi Connected Car stendida avtomobillarda haydovchi va yoʻlovchilarning yoʻlda oʻzlarini uydagidek his qilishlarini taʼminlaydigan personallashtirilgan tajribani namoyish qiladi. Ulangan avtomobillar uchun LG yechimlari avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarishda yetakchi boʻlgan Adient firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan webOS Auto platformasiga asoslangan. Avtomobil OLED ekranlari bilan jihozlangan boʻlib, foydalanuvchilarga teledasturlarni uyda tomosha qilganda qolib ketgan joyidan davom ettirib koʻrish imkonini beradi. Personal Sound Zone texnologiyasi har bir yoʻlovchiga oʻzi tanlagan musiqani eshitish imkonini beradi, virtual yordamchi esa baland musiqa va shovqinli suhbat ostida ham ovozli buyruq berayotgan yoʻlovchining ovozini taniy oladi.

CES 2020 koʻrgazmasida ThinQ Fit Collection stendi

ThinQ Fit Collection Zone stendi foydalanuvchilarga mustaqil tarzda virtual kiyinish xonasini sinovdan oʻtkazish imkonini taqdim etadi. LG ThinQ FitTM LG Smart Mirror konsepsiyasining modifikatsiyasi hisoblanadi. U 3D kamera yordamida foydalanuvchining haqiqiy tana oʻlchamlarini yaratib, kiyimlarni virtual ravishda oʻlchash imkonini beradi. Bu texnologiya koʻproq maʼlumotlarni tahlil qilgan holda foydalanuvchining kiyinish uslubiga taalluqli maslahatlar berishi va onlayn-doʻkonlarga havolalar taklif qilishi mumkin.

CES 2020 koʻrgazmasidagi LG Cloi's Table stendi

LG robotlarisiz iloji bor deb oʻylaysizmi? Ular CLOi’s Table Zone stendida koʻrgazma tashrif buyuruvchilarini oʻzlarining oshpazlik sanʼati, ishchanligi hamda yuqori sifatli xizmat bilan maftun etadilar. Ushbu futuristik restorandagi ishlarni butkul LG CLOi robotlari boshqaradi – buyurtmalarni qabul qilishdan tortib, taom pishirish, xizmat koʻrsatish va yigʻishtirishgacha. Potensial mijozlar ThinQ ilovasi yordamida oldindan buyurtma berishlari va aqlli karnay, aqlli televizor yoki smartfon yordamida menyu bilan tanishishlari mumkin.

Bu va yana boshqa koʻp narsalar sizni № 11100 LG stendida, Las-Vegasdagi anjumanlar markazi markaziy zalida 7-10 yanvar kunlari kutadi. LG CES jozibali yangiliklari va anonslarini ijtimoiy tarmoqlarda #LGCES2020 xeshtegi yordamida kuzatib boring.