Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

Onalar kunida onangiz oʻzini oʻzgacha his etishi uchun bir nechta oddiy usullar

Aqlli maishiy uskunalar yordamida onangizga unutilmas kun hadya qiling

08.05.2020

SEUL 8 may 2020 y. – Onalar kuni yaqinlashgan sari onangizga uning naqadar qadrli va sevimli ekanini koʻrsatish uchun sovgʻa tanlash va bayramni rejalashtirishda ijodkorona yondashish fursati keldi. Albatta, onalarimizga yetarlicha minnatdorchilik bildirish uchun yilda bir kun kam, ammo bu kun yagona inson uchun oʻziga xos nimadir qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Onalar kuniga eng maqbul boʻlgan sovgʻalar sifatida, u qadar koʻp tilga olinmasalar-da, aqlli maishiy uskunalar yoki SI texnologiyasi asosidagi qurilmalarni ajoyib variant sifatida tavsiya etish mumkin. Bu oʻz gʻamxoʻrligingizni koʻrsatish va kundalik yumushlarda yordam berish uchun antiqa usul.

ayol oromkursida televizor koʻryapti

1. foydali va amaliy sovgʻa

Sovgʻalar, albatta, eng muhimi emas, ammo ular samimiy minnatdorchilikni ifoda etishning ajoyib usuli boʻlishi mumkin. Onangiz qoniqish hissi bilan foydalanadigan har qanday sovgʻa shubhasiz, minnatdorchilik bilan qabul qilinadi. Balki siz u sevimli xobbisi bilan shugʻullanishi uchun anchadan beri orzu qilib yurgan yoki oʻzi uchun qandaydir yangilik ochuvchi sovgʻa haqida oʻylab qoldingiz.

Kitobxonlar uchun Amazon Kindle mos keladi, sogʻlom turmush tarziga qiziqadigan onalar uchun esa Fitbit mahsuloti yoki VegeBox gidroponik uy bogʻi ayni muddao boʻlishi mumkin. Spotify Premium servisiga obuna musiqa eshitishni yoqtiradigan onalarga eng yaxshi sovgʻa boʻlishi mumkin.

Boshqa variant sifatida esa aqlli karnay, masalan, LG XBOOM AI ThinQ nafaqat yuqori sifatli ovozi (Spotify playlistlari va podkastlari uchun juda mos) bilan ajralib turadi, balki

televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va termostat kabi

aqlli qurilmalar va maishiy uskunalarni osonlik bilan boshqarishni taʼminlaydi Karnayning ogʻzaki buyruqlarni tushuna olishi onangizga sevimli musiqasini osonlik bilan tanlash va qoʻyish, paydo boʻlgan har qanday savolga javob topish va kundalik yumushlar bajarilishini markazlashtirilgan holda boshqarish imkoniyatini taqdim etadi.

juftlik mehmonxonadagi divanda oʻtirgancha televizor tomosha qilmoqda.

2. Oʻzingiz uchun mukammal oqshom

Har kim baʼzida yolgʻiz qolgisi keladi, onangiz ham! Unga yoga bilan shugʻullanish boʻladimi yoki film tomosha qilishmi, sevimli xobbi bilan band boʻlishi uchun xotirjam oqshom tuhfa eting.

Smart-televizorlar, masalan, SI asosidagi yangi LG modellari onangiz mashgʻulotga tanlashi uchun yoga boʻyicha video-koʻrsatmalar toʻplamini tez fursatda topib berishi hamda sevimli aktyorlar ijrosidagi sevimli janr filmlarini tavsiya qilishi mumkin.

LG televizorlari kunning har qanday paytida eng mos kontrast va ranglarga ega boʻlish uchun

xonaning yorugʻlik darajasini aniqlash va avtomatik tarzda mos yorqinlikni sozlash funksiyalari yordamida tomosha taassurotlarini yanada yaxshilaydi.

Agar onangizga koʻproq toza havo yoqsa, siz orqa hovlingizni ajoyib vohaga aylantirishingiz, u yerni soʻri, qulay koʻrpa va yostiqlar bilan shinam holatga keltirishingiz mumkin. Bunday sharoit uchun LG kompaniyasining TONE Free ajoyib lineykasidagi mutlaqo simsiz quloqchinlari ayni muddao boʻladi. Agar toza havoda soatlab musiqa eshitish natijasida batareyka quvvati tugab qolsa, onangiz quloqchinlarni, shunchaki, UVnano quvvatlovchi sumkachaga (sumkacha ultrabinafsha nurlari yordamida quloqchindagi bakteriyalarni tozalaydi) solib qoʻyadi, hamda muzdek ichimlik va kitob mutolaasidan zavq oladi.

3. Unutilmas kun boʻlishi uchun uyingizni tozalang

Ortiqcha tashvishlarsiz uyingizni tozalang va toʻliq jihozlangan holda bayramni kutib oling. Barcha yumushlarni tez va koʻngildagidek bajarishda smartfonlar uchun LG ThinQ ilovasi juda qoʻl keladi.

Ayol ekranida LG ThinQ ilovasi bor smartfonga qarab turibdi

Ushbu ilova LG aqlli maishiy qurilmalariga simsiz ulanish orqali kir yuvishni boshlash, kechagi tushlikdan qolgan idishlarni yuvish, robot-changyutgich bilan poldagi ushoqlar yoki changlarni tozalashda yordam beradi va bu ishlar sizning xonama xona yugurib bajarishingizdan ancha tez amalga oshadi. Bundan tashqari, ilova sizning ajoyib beka boʻlib qolishingizga ham koʻmakchi boʻladi – kir yuvish kukuni kabi zarur vositalar sarfini nazorat qiladi va boshqaradi.

Darvoqe, kir yuvish haqida. LGning AI Direct Drive funksiyali kir yuvish mashinasi kabi aqlli qurilmalar avtomatik tarzda kiyimning yumshoqligini aniqlab, har bir kir uchun mos boʻlgan siklni belgilab beradi va shu orqali matoning titilishi hamda sevimli ashyolarning tasodifiy buzilishi oldini oladi.

4. Onangizni uyda mazali kechki taom bilan xursand qiling

Onangizni mukammal kechki taom bilan hayron qoldirish niyatingiz bor, lekin oshpazlik mahoratingiz yaxshi emasligidan xavotirdamisiz? Bir qator intellektual funksiyalarga ega boʻlgan, hamda Innit, SideChef va boshqa bir qator aqlli pishiriq dasturlari uygʻunlashtirilgan ThinQ texnologiyali LG pechlari sizga yordamga keladi. Kerakli taom tanlangach, ilova sodda koʻrsatmalarni taqdim etadi, pech esa kerakli haroratgacha isishni boshlaydi.

Bu vaqtda siz tayyorlash jarayonini smartfon orqali kuzatgan holda, dasturxon tuzab, ayni pallada LG XBOOM AI ThinQ karnayidan chiroqning yorugʻligini pasaytirish va onangizning sevimli qoʻshiqlaridan birini qoʻyishni soʻrab, uyda shinam muhit yaratishingiz mumkin.

5. Uch soʻz

Va oxirgisi, bu ham juda zarur! Bu sizning qoʻlingizdan keladigan eng oddiy, tezkor va muhim sovgʻa! Baʼzan oʻz his-tuygʻularingiz va minnatdorchiligingizni izhor etish biroz noqulay yoki hatto qiyin boʻlishi mumkin, lekin shu uch oddiy, ammo maxsus soʻz onangizga boʻlgan sevgingizni ifoda etishning eng samimiy yoʻlidir.