Uydan turib ishlashda eng koʻp duch kelinadigan muammolar, hamda SI qanday qilib ularni hal qilishda yordam berishi mumkin?
SEUL 31 mart 2020 y. – Kundan kunga korporatsiyalarning gavjum ofislariga bormasdan uydan turib ishlaydiganlar soni ortib borar ekan, shunday vaziyat yuzaga keldiki, rekord miqdordagi insonlar uyda qolishmoqda hamda ish va uydagi majburiyatlarni muvozanatga keltirishga urinishmoqda. Ular uyda ishlashga yordam beradigan
Xayriyatki, texnologiya sohasidagi yetakchi kompaniyalar qattiq ishlab, uydagi komfortni taʼminlash uchun yangi original yechimlar taqdim etishmoqda. Sizga kerak boʻladigani faqat noutbuk va veb-kameralar emas.
Quyida uy ofisida yanada samarali ishlashda bizga yordam berishi mumkin boʻlgan bir qator yechimlar berilgan.
1. Uyda diqqatingizni jamlash qiyinchilik tugʻdiryaptimi?
SI-karnaylaridan shaxsiy yordamchi sifatida foydalaning!Sershovqin ofisdan uydagi tinch va xotirjam muhitga (agar bolalar yoningizda boʻlmasa) oʻtish boʻshashtirishi va tetiklashtirishi mumkin, ammo diqqatni jamlashda xalaqit berishi ham ehtimol. Tadqiqotlar koʻrsatadiki, pijama oʻrniga ish kiyimi va yorugʻ shaxsiy ish oʻrni diqqatni jamlash va unumdorlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu muammoning samarali yechimi sifatida uydagi maʼlum bir joyni ofisga aylantirish mumkin, ammo faqat shu bilan toʻxtamaslik kerak. Vaziyatga biroz ijodiy yondashing va zamonaviy texnologiyalar yordamida atrofni oʻzgartiring.
Agar qiyinchilikka duch kelayotgan boʻlsangiz, masalan, LG XBOOMThinQSI-karnayiga murojaat qilib, qandaydir shovqin, biror kafening ovozi yoki diqqatingizni jamlashda yordam beradigan biror musiqani soʻrash imkoningiz bor. Ish kuni va boʻsh vaqtlar uchun mos boʻlgan atmosferani beradigan radiostansiya va musiqalar roʻyxatini shakllantirish uchun Spotify kabi servislardan foydalaning. Shovqinsiz quloqliklar sokinlikda ishlashni yoqtiradiganlar uchun kerak boʻladi, intellektual yoritish tizimlari esa yorugʻlik darajasini nazorat qilish orqali ish va shaxsiy hayot oʻrtasidagi muvozanatni saqlaydi – ish soatlarida yorugʻlik ortadi, oradagi qahva tanaffuslari yoki ishdan keyin film tomosha qilishda pasaytiriladi.
Ovozli boshqaruvli SI-karnaylari, masalan, LG XBOOM ThinQ, agar qoʻlingiz band (togʻri va koʻchma maʼnoda) boʻlsa ayni muddao. Agar siz tamaddi qilib olish uchun nimadir pishirayotgan yoki hisobot yozish bilan band boʻlsangiz, SI-karnayingizga ayting: “Konditsionerni yoq” yoki “Konferens-qoʻngʻiroqqacha qancha vaqtim bor?” Bundan tashqari, SI-karnay uyda ishlayotgan paytingizda hammasi nazoratda boʻlishi uchun sizga muhim sanalar va uchrashuvlar haqida mustaqil ravishda eslatib turadi.
2. Bolalar-chi?
SI tavsiya qilgan dasturlar va funksiyalar yordamida ularni zerikishlariga yoʻl qoʻymang!Bolalar uyda boʻlganida ishlash ancha mushkul. Kir va idish yuvish, tozalashni bir chetga suring, sizdan oniy eʼtibor talab qiladigan bolalarga qarashga harakat qilsangiz, muhim hisobot uchun diqqatingizni jamlash imkonsiz boʻlib qoladi. Asablaringiz tugab boʻlmasdan oldin, keling, muammoni yechishning ancha tinch yoʻlini koʻrib chiqamiz.
Aqlli qurilmalaringiz idish va kirlarni yuvish, uylarni tozalash bilan band ekan, siz bemalol ishingizni bajaryapsiz. Mehmonxonaga nazar tashlaganingizda, televizorda yoshlariga mos boʻlgan quvnoq koʻngilochar koʻrsatuvni maza qilib tomosha qilishmoqda, siz bu koʻrsatuvni vaqt ketkazib qidirmagansiz ham. SI texnologiyasi bilan jihozlangan televizorlar, masalan, LG OLED ThinQ AI TV tomoshabinning yoshi va avvalgi tanlovlaridan kelib chiqqan holda individual tavsiyalar beradi. Bundan tashqari, masofadan boshqaruv pulingizning yoʻqolib qolishidan yoki sinishidan xavotir olmasangiz ham boʻladi, zero ovozli boshqaruv va LG umumiy platformadagi qidiruv funksiyasi har qanday kontentni qidirish jarayonini soddalashtiradi.
Bolalaringizda diqqatni jamlashda xonadagi televizor xalaqit beradigan oʻz majburiyatlari boʻlishi ham mumkin. Bolalarni uy vazifasiga yoki kitob oʻqishga diqqatlarini jamlashda yordam berish uchun eng yangi aqlli televizorlar bir zumda virtual galareyaga aylanib, ekranda tinchlantiruvchi manzaralar, ajoyib sanʼat asarlari yoki virtual olovni aks ettiradi va mehmonxonangiz oʻzgacha muhit hosil qilib, ish unumini oshiradi.
3. Bir paytning oʻzida ham uyni tartibli saqlashga, ham ishingizga ulgurmoqchimisiz?
Bemisl nazorat uchun SI asosidagi aqlli maishiy qurilmalaringizni ulang!Loyihani amalga oshirish muddatlari, mijozlar bilan uchrashuvlar va tinimsiz qoʻngʻiroqlar tufayli ofisda ishlash oson emas. Ammo uyda ishlash yanada ogʻir, chunki bulardan tashqari yana doim yigʻilib qoladigan uy yumushlarini ham bajarish kerak boʻladi. Goʻyoki bu yumushlarning barchasini faqat koʻp vazifali robot eplashi mumkin xolos, ammo agar barcha maishiy qurilmalarni birgina tugmani bosish yoki oddiy ovozli buyruq bilan boshqara olsangiz, bu ishlar sizga choʻt emas.
Zamonaviy aqlli texnologiyalar uydagi barcha jihozlarni, chiroq va televizorlardan tortib termostat va robot-changyutgichlargacha qamray oladi. Amazon Alexa va Google Assistant kabi virtual yordamchilar smartfonlardagi boshqa qulay ilovalar kabi ovozli boshqaruv tizimiga ega. Masalan,
kir yuvish mashinasi, quritish mashinasi, robot-changyutgich va konditsioner kabi bir qator LG maishiy qurilmalarini boshqarish, faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish imkoniga egasiz.
Telefon yordamida kir yuvish siklining tugashiga qancha vaqt qolganini tekshiring yoki sikl tugaganda bu haqida xabarnoma oling. LG ThinQ ilovasi sizga robot-changyutgichning tozalash vaqti kelgani haqida xabar veradi, kundalik yigʻishtirishni rejalashtirish imkonini yaratadi, shuningdek, aqlli konditsioner yordamida har bir xonaning haroratini sozlaydi va nazorat qiladi.
Bu darajadagi nazorat sizga qiyinchiliksiz bir nechta uy yumushlarini bajarish imkonini taqdim etadi va konferens-qoʻngʻiroqqacha biroz boʻsh vaqtingiz qoladi ham. Bundan tashqari, LG aqlli qurilmalari sizga filtrlarni tozalash vaqti kelgani, yuvish kukuniga buyurtma berish kerakligi yoki muzlatgich eshigi ochiq qolganligi haqida ham xabar berib turishi mumkin.
Uyda ishlash oson boʻlmasligi mumkin, ammo uyda ishlash shartlaridagi samaradorlikni oshiradigan bir qator innovatsion yechimlarni taqdim etgan texnologik kompaniyalar yordamida unumdorlik va dam olishni bir biridan ayri holda tushunmay qoʻydik.
Aqlli uyning eng yangi texnologiyalari bilan endi hech narsa hisobotni yakunlashingizga xalaqit berolmaydi.