Press-reliz

Kompaniya

CES 2025 KO‘RGAZMASIDA LG KOMPANIYASI AFFECTIONATE INTELLIGENCE TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI ENG SO‘NGGI INNOVATSIYALARINI TAQDIM ETADI

08/01/2025


LAS-VEGAS, 2025 yil 7 yanvar — LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® 2025 ko‘rgazmasida o‘zining sunʼiy intellektga (SI) asoslangan eng so‘nggi innovatsiyalarini namoyish etmoqda. Las-Vegas anjumanlar markazidagi “Affectionate Intelligence bilan hayotning har bir lahzasi ajoyib” mavzusidagi stendida kompaniya kundalik hayotga sunʼiy intellektni izchil integratsiyalash orqali mijozlar uchun ajoyib qulaylik va yangi taassurotlarni taqdim etilishi ko‘rsatib berilgan.

 

Stendga kiraverishda LG mavzusi jadal va maftunkor Brend yuzi: - media vositalar yordamida yaratilgan LG Kinetic LED Media Art texnologiyasini ichiga olgan katta yarim doira shaklidagi displeyda jonlanadi. LG o‘zining sozlanadigan Kinetic LED mahsulotlarini mijozlarga kompleks yechim sifatida taklif qilib, u dastlabki dizayndan tortib, foydalanish paytidagi texnik xizmatni qamrab oladi. Kompaniyaning innovatsion displeylari odamni lol qoldiruvchi tasvir sifati hamda video va audio kontent bilan hamohang namoyon bo‘ladigan nafis kinetik harakatlar orqali foydalanuvchiga ajoyib, multisensorli taassurotlarni taqdim etadi.

 

LGning CES 2025 ko‘rgazmasidagi stendi ertalab, tush, tushdan keyin, kechki vaqt va tunni ifodalovchi alohida zonalarga ajratilgan bo‘lib, kompaniyaning yashash joylari ufqlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan “Insonga xizmat qiluvchi makon” g‘oyasiga asoslanadi. Har bir zonada LG kompaniyasining sunʼiy intellektga asoslangan innovatsiyalari odamlarning kundalik hayotini qanday boyitishi mumkinligi namoyish etiladi. Stend mehmonlari LGning “aqlli” maishiy texnikasi, kundalik hayot uchun “aqlli” yechimlari hamda ilg‘or texnologiyalari inson uchun qulaylik, to‘la-to‘kislik va aloqani taʼminlash maqsadida kechayu kunduz uyg‘unlikda harakat qilishiga guvoh bo‘ladi.

 


LGning sunʼiy intellekti bilan tongni aʼlo kayfiyatda qarshi oling

Rise & Shine (LG AI Home) (Uyg‘oning va quvoning -  LGning uy uchun mo‘ljallangan sunʼiy intellekti) zonasida kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xizmat qiluvchi texnologiyalari namoyish etilgan bo‘lib, bu Affectionate Intelligence va On-device AI (qurilmadagi sunʼiy intellekt) markazi yordamida taʼminlanadi. Mehmonlar inson ehtiyojlarini tushunadigan va ularga moslashadigan, kun bir tekisda o‘tishi uchun faol yechimlarni taklif etadigan, xavfsiz va giper-aloqa tizimlari o‘rnatilgan, foydalanuvchiga moslashtirilgan yashash muhitini taklif qiluvchi “Aqlli uy” bilan tanishishi mumkin. Tashrif buyuruvchilar, jumladan, yotoqxonada  yuz va ovozni aniqlash kabi innovatsiyalarni ko‘rishi mumkin bo‘lib, ular uyda yashovchi insonlarning uyqu rejimi asosida ishlab chiqilgan kontent va salomatlik to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Texnologiyalar vaziyatni avtomatik aniqlash funksiyasi orqali foydalanuvchining ish tartibiga moslashadi va On-device AI markazi yordamida oson tushuniladigan maʼlumot va mulohazalarni taqdim etadi, birovning ko‘zi tushishi kerak bo‘lmagan maʼlumotlar esa LG Shield tomonidan ishonchli tarzda himoyalanadi.

 

 

Connect & Cruise (Car-Commercial) (Ulaning va shamoldek yeling – Avtomobil reklamasi) zonasida asosiy eʼtibor LGning sunʼiy intellekt asosidagi jadal hayot uchun mo‘ljallangan harakatchanlik va tijoriy innovatsiyalariga qaratilgan. Bu yerda tashrif buyuruvchilar transport vositasi salonini sunʼiy intellekt asosida zondlash - Vision AI mobillik konsepsiyasi bilan tanishishi mumkin bo‘lib, u kelajakdagi harakatlanish jarayonida xavfsizlik, qulaylik va shaxsiy ehtiyojlarga giper moslashish darajasini oshirish uchun mo‘ljallangan.

 

Tush payti  - ish va o‘yin uchun eng qulay vaqt

Work & Create (Intelligent Office) (Ishlang va yarating – Aqlli ofis) zonasida sunʼiy intellekt ishni yana-da oqilona va soddala jarayonga aylantirish qobiliyati namoyish etilgan. Tashrif buyuruvchilar LG gram Pro 2-in-1 tizimi bilan ishlash tajribasini o‘rganishi mumkin bo‘lsa, ekspertlar LG CreateBoard tizimi yordamida sunʼiy intellekt imkoniyatlarini qanday qilib maksimal darajada oshirish mumkinligini namoyish etadi. Mazkur taqdimotda sunʼiy intellekt hujjatlar yordamida fikr-mulohazalarni shakllantirishi hamda sunʼiy intellektga asoslangan boshqaruvning tizimli elementlaridan foydalanishning soddaligi ko‘rsatib beriladi.

 


Gear up & Game (Gaming Playground) (Kamarni taqing va o‘yinga sho‘ng‘ing – O‘yin hududi) zonasi sunʼiy intellekt asosida optimallashtirilgan muhit bo‘lib, unda tashrif buyuruvchilarga kompyuter o‘yinlarining tengi yo‘q taassurotlari taqdim etiladi. LGning turli datchik va qurilmalarga ulanishi mumkin bo‘lib, Buyumlar interneti asosida ishlaydigan ThinQ ON tizimi birgina tugmachani bosish orqali shaxsiy afzalliklar asosida moslashtirilgan o‘yin stansiyasini yaratish va kayfiyat sozlamalarini boshqarishni qulaylashtiradi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar webOS texnologiyasi asosidagi ilg‘or “aqlli” o‘yin monitorini, jumladan LG UltraGear™ OLED Bendable o‘yin monitorini ham sinab ko‘rishi mumkin.

 

Ilhom bag‘ishlovchi innovatsiyalar yordamida tushdan keyingi yangilanish

Inspire & Innovate (LG Labs Studio) (Ilhomlaning va yangilik yarating – LGning laboratoriyalar studiyasi) zonasi innovatsion yechimlar, jumladan, sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar vositasida ijodkorlikni ilhomlantirish va shaxsiy farovonlik makonidir.  Tashrif buyuruvchilar ularning o‘ziga xos turmush tarzi va didiga moslashtirilgan yechimlar bilan tanishishi va LG mahsulotlari yordamida xonadon shinamgina qahvaxona, dam olish maskani yoki yuqori sifatli shaxsiy kinoteatrga aylanishi mumkinligini ko‘radi. Bundan tashqari, zonada MX platformasi ham bor bo‘lib, u yangi turdagi ko‘p maqsadli makon yaratish orqali uy uchun mo‘ljallangan yechimlar tushunchasini yana-da kengaytiradi. Modulli joylashuv tizimidan foydalangan holda, u innovatsion jihozlar va sunʼiy intellekt asosidagi texnologiyalarni birlashtirib, avtomobil salonini moslashuvchan hududga aylantiradi.

 


Zona bo‘ylab LGning AI Research tashkiloti tomonidan yaratilgan va sunʼiy intellektga asoslangan multimodal tizim - EXAONE yordamida vizual effektlar va tabiiy muhit, individual afzalliklarga moslashtirilgan dinamik muhit yaratiladi. Litsenziya talab etilmaydigan 350 million dona tasvir asosida EXAONE turli kayfiyatlar ifodalangan tasvirlarni cheklanmagan miqdorda yaratishi mumkin. Zonada namoyish etiladigan tasvirlar “mayin shabboda”, “to‘q sariq yoz manzarasi” va “shinam, sokin atmosfera” kabi ko‘rsatmalar yordamida yaratilgan bo‘lib, shahar va qishloq joylardagi  tonggi manzarani to‘rt faslda o‘ziga xos tarzda aks ettiradi, natijada, dunyodagi boshqa biron joyda topib bo‘lmaydigan tasvirlar yuzaga keladi.

 

Kechki vaqtni o‘z taʼbingizga ko‘ra tashkil eting, taassurotlaringizni oshiring

Curate & Elevate (Upscale Home Living) (Moslashtiring va ko‘klarga uching – Oliy darajadagi uy) zonasi sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar mukammal dizayn va moslashtirilgan hashamat bilan uyg‘unlashtirilgan ajoyib hayot tarziga sho‘ng‘ishni taklif etadi. Ushbu beqiyos  muhit uyda o‘tkaziladigan har bir daqiqani yana-da yorqin taassurotlar bilan boyitish uchun “aqlli” texnologiyalar va nafis estetikani  uyg‘unlashtiradi. Bu zonada LG Signature OLED T kabi innovatsion displeylar alohida taqdim etilgan. Tashrif buyuruvchilar shaffof OLED T displeylari mashhur mebel brendi bo‘lgan Kartellning dunyoga dong‘i ketgan shaffof akril buyumlari yonida turganini ko‘rishi mumkin bo‘lib, bu - foydalanuvchilar uchun innovatsion taassurotlar va uydagi maydonni o‘z xohishiga ko‘ra moslashtirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

 

Zonada, shuningdek, ikkinchi avlod LG SIGNATURE mahsulotlari qatori, jumladan shaffof OLED eshik paneliga ega bo‘lgan yangi LG SIGNATURE French-Door 4 eshikli muzlatgichi, shuningdek, LG SIGNATURE Smart InstaView™ Over-the-Range mikroto‘lqinli pechi va Slide-in Double Oven Range induksion pechi taqdim etilgan bo‘lib, ularda abadiy dizayn zamonaviy sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirilgan.  Dizaynerlik mebeli ishlab chiqaruvchi Italiyaning mashhur Molteni&C kompaniyasi bilan birgalikda LG  o‘zining LG SIGNATURE brendi doirasida ishlab chiqilgan “Live Beyond” falsafasiga alohida urg‘u berilgan ekspozitsiya tayyorladi. Tashrif buyuruvchilar brendning sunʼiy intellekt bilan jihozlangan premium sinfdagi eng yangi mahsulotlari qanday qilib qulaylikni oshirishi va beqiyos moslashtirish imkoniyatlarini taqdim etishi to‘g‘risida bilib olishi mumkin.

 

Zonaning tungi hududiga kirib borar ekan, tashrif buyuruvchilar jozibador kinetik media qandil - 28 ta shaffof LG Signature OLED T displeylaridan iborat asarga duch keladi. Yopiq holatda u sinxronlashtirilgan video va yorug‘lik orqali shaffoflikning nafisligini; ochiq holatda esa shaffof OLED texnologiyasining nafis, nozik dizaynini namoyish etib beradi. Tashrif buyuruvchilarni hayratlanarli vizual effektlar, jumladan, rangli Cloud Bloom, Aquarium va vitraj effektlari lol qoldirib, barchasi dinamik yoritish bilan sinxronlangan va 360 darajada tengi yo‘q taassurotlarni taqdim etish uchun sunʼiy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlanadi.

 

«Dive & Vibe” (Tovush olamiga sho‘ng‘ing va lazzat oling) zonasida sunʼiy intellekt yordamida boshqariladigan tovush va musiqani ko‘p sensorli tarzda kashf qilish taklif etiladi. Ko‘rgazmadagi 2025 yilgi yangi xboom karnaylarida ovoz sozlamalarini avtomatik ravishda sozlash va musiqa makoni va ohangiga qarab eng optimal tarzda yoritish rejimini tavsiya qilish uchun sunʼiy intellekstga asoslangan ilg‘or kalibrlash texnologiyasidan foydalaniladi.

 

Nihoyat, Escape & Immerse (Tanholikka sho‘ng‘ing) zonasi CES ko‘rgazmasi ishtirokchilarini LG kompaniyasining sunʼiy intellektga asoslangan α11protsessori va webOS platformasi yordamida moslashtirilgan kontentni tanlash va tomosha qilishdan optimal taassurot olishga taklif etadi. Zona kirish va taassurotlar hududiga ajratilgan bo‘lib, ikkinchi hudud α11protsessori va webOS platformasi imkoniyatlarini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Kirish hududia “tanholik makoni” joylashtirilgan bo‘lib, u yerda tashrif buyuruvchilar LG televizorlaridagi sunʼiy intellekt baxshida etadigan taassurotlarni boshdan kechirish uchun “maxfiy eshik”ka duch keladi va bu yerda raqamli yo‘lboshlovchi texnologiyaning aql bovar qilmas xususiyatlarini namoyish etadi. Ular sirasiga, jumladan, sunʼiy intellekt bilan qo‘llab-quvvatlanadigan Magic Remote, Voice ID va sunʼiy intellektga asoslangan α11protsessor texnologiyasi tomonidan taʼminlanadigan kinematografik tasvir va ovoz sifati kiradi.

 

LG kompaniyasining CES 2025 ko‘rgazmasidagi stendida “aqlli” hayot uchun zarur bo‘lgan eng so‘nggi yechimlar bilan bir qatorda, kompaniyaning barqaror rivojlanish va korporativ masʼuliyat tamoyillariga sodiqligi namoyish etiladi. Stendda tashrif buyuruvchilar kompaniyaning Ekologiya, ijtimoiy masʼuliyat va samarali boshqaruv tamoyillariga sodiqligi ramzi bo‘lgan bir nechta daraxtga duch keladi. Ular sirasiga Comfort Kit Tree (Qulaylik to‘plami daraxti), Sustainable Exhibition History Tree (Barqarorlik tarixi ko‘rgazma daraxti)Energy Tree (Energiya daraxti)Global Carbon Neutrality Tree (Global uglerod neytralligi daraxti) va Sustainable Cycle Tree (Barqaror sikl daraxti) kirib, ular birgalikda LG kompaniyasining barqaror kelajakka nisbatan bo‘lgan qarashlari tasvirli ifodasini shakllantiradi.

 

Tashrif buyuruvchilar 7-10 yanvar kunlari CES stendida (№15004, Las-Vegas anjumanlar markazi) LG kompaniyasining eng so‘nggi yangiliklari bilan tanishishi mumkin. CES 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan LG mahsulotlari to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot olish uchun CES 2025 Press Kit (CES 2025 matbuot to‘plami) bilan tanishing.