Press-reliz

Kompaniya

LG WORLD PREMIERE TADBIRIDA “AFFECTIONATE INTELLIGENCE” (G‘AMXO‘R INTELLEKT) BILAN BIR KUN” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

07/01/2025


LAS-VEGAS, 2025 yil 6 yanvar — LG Electronics kompaniyasi texnologiyalar sohasidagi dunyodagi eng nufuzli tadbir hisoblanadigan CES 2025 ko‘rgazmasi arafasida 6 yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan LG World Premiere tadbirida “Affectionate Intelligence” bilan hayotning har bir lahzasi maroqli” mavzusidagi taqdimot orqali mijozlarning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishdan oladigan taassurotlari borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Matbuot anjumanida mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, global ommaviy axborot vositalari va hamkorlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, u onlayn tarzda jonli efirda uzatildi. Mijozlarining g‘amxo‘r intellektga asoslangan texnologiyalardan foydalanishdan oladigan taassurotlarini to‘laqonli namoyish etish uchun tadbir sahnasi xonadonda, harakat chog‘ida va tijorat binolarida bo‘lgan odamlar hayotidagi turli makonlarni namoyish etadigan uchta hududga bo‘lingan. Kompaniya haqiqiy hayotiy vaziyatlar ko‘rsatib berilgan qiziqarli namoyishlar orqali ilg‘or sunʼiy intellekt qanday qilib kundalik hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligini batafsil ko‘rsatib berdi.

 

LGning “Affectionate Intelligence” texnologiyasi mijozlar undan foydalanishdan oladigan taassurotlarda inqilob yaratish potensialiga urg‘u berib, sunʼiy intellektning anʼanaviy, texnik konsepsiyasini qayta belgilamoqda. Ushbu konsepsiyada mijozlarni yaxshiroq tushunish va ularning kechinmalari bilan yashash, moslashtirilgan va tabaqalashtirilgan taassurotlarni taqdim etish uchun sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.

 

LG World Premiere tadbiri “Sunʼiylikni kamaytirib, insoniylikni oshirib”, deb nomlangan videolavha namoyishi bilan boshlanib, undan so‘ng LG kompaniyasi bosh direktori Uilyam Cho kirish nutqini so‘zladi.

 


“LG kompaniyasi sunʼiy intellektni atrofimizdagi jismoniy makonlarga muntazam asosda integratsiya qilmoqda. Biz makonni nafaqat jismoniy joy sifatida, balki uy, mobillik, tijorat va hatto virtual makonlarda yaxlit taassurotlar hayot bilan uyg‘unlashadigan muhit sifatida ko‘ramiz, - dedi bosh direktor Cho. - Ushbu makonlarda qurilmalar va xizmatlar mijozlar uchun mutlaqo yangi qiymatni yaratish uchun uyg‘unlashadi. Bu borada bizning Affectionate Intelligence texnologiyamiz boshqalardan yaqqol ajralib turadi”.

 

Shundan so‘ng janob Cho ushbu qarashni amalga oshirishning uchta asosiy elementini taʼkidlab o‘tdi: ulangan qurilmalar, qobiliyatli sunʼiy intellekt vositalari va integratsiyalashgan xizmatlar.

 

Sunʼiy intellekt uchun mijoz bilan aloqa o‘rnatish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan ulangan qurilmalar LG kompaniyasining eng asosiy aktivlaridan biridir. Butun dunyo bo‘ylab nafaqat LGning yuz millionlab “aqlli” mahsulotlaridan foydalaniladi, balki o‘tgan yili “aqlli” uy yechimlari taʼminotchisi Athom kompaniyasini sotib olishi ortidan LG kompaniyasi endi 170 dan ortiq global brendlarning “Buyumlar interneti” qurilmalari bilan uzluksiz ulanishni taklif etmoqda.

 

Sunʼiy intellekt vositalariga kelsak, LG kompaniyasi o‘zining LG FURON tizimini ilgari surishga intilayotgan bo‘lib, u ulkan miqyosli til modellari asosida yaratilgan generativ sunʼiy intellekt imkoniyatlarini real vaqt rejimida fazoviy zondlash va mijozlarning turmush tarzini tushunish bilan uyg‘unlashtiradi. Ushbu innovatsion sunʼiy intellekt vositasi real vaqt rejimida mijozlarning vaziyat va sharoitlarini tushuna oladi va yana-da moslashtirilgan va foydalanuvchi talablariga mos taassurotlarni taqdim etish uchun qurilmalar ishlashi va xizmatlarni oson muvofiqlashtiradi, shu bilan birga, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qiladi.

 

Microsoft kompaniyasi bilan birgalikda sunʼy intellektga asoslangan integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirish
Jozibador integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etish borasidagi o‘z tasavvurini qo‘llab-quvvatlash uchun bosh direktor Cho Microsoft kompaniyasi bilan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini eʼlon qildi. Reja LG mahsulotlari va mijozlarning uy, mobillik va tijorat kabi turli sohalardagi bilimlarini Microsoft kompaniyasining sunʼiy intellekt sohasidagi texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali innovatsiyalarga yetakchilik qilish va sunʼiy intellektga asoslangan integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etishdan iborat.

 


Microsoft kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va bosh tijorat direktori Jadson Althoff shunday dedi: “Microsoft kompaniyasidagilar sunʼiy intellekt odamlarning yashash va ishlash tarzini tubdan o‘zgartirishiga ishonadi va uni odamlar kundalik hayotiga integratsiya qilish uchun “aqlli” ulangan makonlar kashshoflari bo‘lmish LG Electronics kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyatidan bag‘oyat mamnun”.

 

Ikki kompaniya turli makonlar, jumladan, uylar, transport vositalari, mehmonxonalar va ofislar uchun mo‘ljallangan sunʼiy intellekt vositalarii takomillashtirish ustida ishlamoqda. LG kompaniyasi o‘zining Self-Driving AI Home (Sunʼiy intellekt asosida o‘zini-o‘zi boshqaradigan uy) xabiga Microsoft kompaniyasining ovozni aniqlash va nutqni sintezlash texnologiyalarini qo‘llaydi va bu unga turli aksent, talaffuz va so‘zlashuv ifodalarini tushunish imkonini beradi. Reja - nafaqat mijozlarni tushunadigan va ular bilan muloqot qiladigan, balki ularning ehtiyojlari va afzal ko‘radigan jihatlarini oldindan biladigan sunʼiy intellekt vositalarini ishlab chiqish.

 

Althoff, shuningdek, tez o‘sib borayotgan sunʼiy intellektga asoslangan maʼlumot markazlari sohasida Microsoft bilan LG o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini eʼlon qildi. LG kompaniyasining issiqlikni boshqarish tizimlari va sunʼiy intellektga asoslangan maʼlumotlar markazlari uchun optimallashtirilgan ilg‘or sovutish texnologiyalari asosida hamkorlik sunʼiy intellekt infratuzilmasining ushbu muhim elementlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Kompaniyalar birgalikda yana-da samaraliroq va barqaror bo‘lgan yangi avlod maʼlumot markazlarini yaratishni rejalashtirmoqda.

 


Sunʼiy intellektga asoslangan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish
Janob Choning Affectionate Intelligence g‘oyasini tasvirlagan holda, LG kompaniyasi bir oilaning ertalabdan kechgacha bo‘lgan kuni to‘g‘risida qisqacha spektakl bilan tomoshabinlarni hayratga soldi. Mahsulot taqdimotining anʼanaviy nutq formatidan chetga chiqqan holda, ushbu yorqin spektaklda LG kompaniyasining CES 2025 ko‘rgazmasida namoyish etilgan va “Barcha uchun yaxshiroq hayot” g‘oyasiga asoslangan sunʼiy intellekt sohasidagi innovatsiyalari turli makonlarda kundalik hayotni izchil yaxshilashi ko‘rsatib berildi.

 

Ertalabki sahnada LG kompaniyasining FURON tizimi inson ehtiyojlariga moslashish imkoniyatlari ko‘rsatiladi: “Kecha yo‘talayotganingizni payqadim, shu bois sizga qulay bo‘lishi uchun xona haroratini sozladim”. Atrof-muhitni sozlashdan tashqari, FURON g‘amxo‘rlik ham namoyish etadi, masalan, «Bugun kunning ikkinchi yarmiga hech qanday rejangiz yo‘q - nega onangiz rejalashtirilgan tibbiy ko‘rikka borayotganda unga hamrohlik qilmaysiz?»

 

Ertalab ishga ketayotgan paytda sunʼiy intellektni integratsiyalash qulayligi yana-da yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Avtomobilda LG kompaniyasining sunʼiy intellektga asoslangan datchikli yechimi haydovchi qahva olishni unutib qo‘yganini aniqlab, “Ikki daqiqa uzoqlikdagi qahvaxona yonida to‘xtab qahva ichib olishni istaysizmi?” deb so‘raydi. Shuningdek, u biometrik signallarni kuzatadi, kunning ikkinchi yarmiga belgilangan yig‘ilish oldidan yurak urish tezligining oshishiga reaksiya bildirgan holda, haydovchi ruhan bo‘shashishiga yordam beradigan tinchlantiruvchi musiqa ijro etadi. Tizim, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun marshrutni o‘zgartirishni oldindan taklif qiladi va agar yo‘ldagi tirbandlik tufayli haydovchi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lsa, avtomobil ichida videokonferensiya o‘tkazishni tavsiya qiladi. Ofisga yetib kelgandan so‘ng, sunʼiy intellekt shaxsiy taassurotlarni qo‘shadi, masalan, avtomobilning ichki va tashqi kameralarida avval yozib olingan oilaviy taʼtil tasvirlarini namoyish etadi.

 


Ishdan so‘ng, mehmonxonadagi sunʼiy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan televizor uydagi ko‘ngilochar ko‘rsatuvlardan olinadigan taassurotlarni yaxshilaydi. U moslashtirilgan kontentni tavsiya qilish uchun televizor ko‘rish muhiti, modellari va tarixini tahlil qiladi. Agar mijoz videodagi dialogni yaxshi eshitmayotganini bildirsa, sunʼiy intellekt ovozni sozlaydi, ovozni orqa fondagi shovqindan ajratib oladi, va u go‘yo televizor ekranining o‘rtasidan tabiiy ravishda chiqayotgandek tiniq eshitilishini taʼminlaydi.

 

Mijozlar uchun izchil va yaxlit taassurotlar - istalgan vaqtda, istalgan joyda, ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan

Bosh direktor Cho o‘zining kirish nutqini yakunlar ekan, sunʼiy intellektning B2C (tadbirkordan isteʼmolchiga) va B2B (tadbirkordan tadbirkorga) sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi rolini taʼkidladi.

 

U LGSmartCottage – uyda yashash tarzini qayta o‘ylab ko‘rishga qaratilgan sunʼiy intellektga asosida ishlaydigan jihozlar, uyni isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlari va boshqa ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ixcham modulli uy kabi innovatsion tashabbuslar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shuningdek, LG kompaniyasi avtomobilni “shaxsiylashtirilgan raqamli g‘or” sifatida tasavvur qilib, u dasturiy taʼminot yordamida belgilanadigan transport vositalari uchun yechimlar va avtomobilning ichki va tashqi muhitini tushunadigan va moslashadigan hamda harakatlanish borasida yangi taassurotlarni taqdim etadigan sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

 

«Aqlli zavod» yechimlarida LG kompaniyasi o‘zining ishlab chiqarish sohasidagi 60 yildan ko‘proq tajribasidan foydalanib, sunʼiy intellekt va robototexnikaga asoslangan yangi avlod ishlab chiqarish tizimlarini taklif etadi. Bundan tashqari, LG kompaniyasining sunʼiy intellektga asoslangan issiqlikni boshqarish tizimlari va ilg‘or sovutish texnologiyalari butun dunyo bo‘ylab sunʼiy intellektga asoslangan maʼlumotlar markazlarida energiya samaradorligini optimallashtiradi.

 

“Bizning yakuniy maqsadimiz oddiy, ammo chuqur asoslangan: mijoz qayerda bo‘lmasin, sunʼiy intellektdan yaxlit qiymatni yaratish vositasi sifatida foydalanish, - dedi bosh direktor Cho. – Sunʼiy intellekt hayotimizni qanday o‘zgartirishidan qatʼi nazar, bir narsa hech qachon o‘zgarmaydi: Yaxshi hayot to‘g‘risidagi vaʼdamiz. Ushbu sodiqlik asosida biz eng yaxshi mahsulotlarni mijozlarimiz va barcha uchun hamma joyda va har doim, ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan tarzda yaratishga intilamiz”.