Press-reliz

Kompaniya

ISE 2025 KO'RGAZMASIDA LG KOMPANIYASI TURLI B2B SEGMENTLARI UCHUN ISHLAB CHIQILGAN RAQAMLI DISPLEY SOHASIDAGI YECHIMLARINI TAQDIM ETADI

04/02/2025


Seul, 2025-yil 4-fevral – LG Electronics (LG) 4-7 fevral kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan Integrated Systems Europe (ISE) 2025 ko‘rgazmasida raqamli displey sohasidagi so‘nggi innovatsiyalarini taqdim etadi. Kompaniyaning “Individual yechimlar, optimallashtirilgan o‘sish” (“Customized Solutions, Optimized Growth”) uslubida bezatilgan ko‘rgazma maydonida chakana savdo, korporativ sektor, ta’lim, transport va mehmonxona biznesi kabi biznes segmentlariga bag‘ishlangan zonalar ajratiladi. Raqamli displey sohasida taqdim etilgan yechimlari kompaniyaning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanib, B2B segmentidagi mijozlarning turli ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, mijozlar tajribasini yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

 

Sun'iy intellekt asosidagi LG Kinetic LED yordamida takomillashtirilgan vizual-makonli taassurotlarning taqdimoti

LG kompaniyasi ISE ko‘rgazmasi tashrifchilarning e’tiborini ulkan “o‘zgaruvchan” Kinetic LED displeyi bilan jalb qilishni maqsad qilgan. Kompaniyaning ko‘rgazma pavilyoni kirish qismida o‘rnatilgan ushbu displey ilg‘or sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanib, tomoshabinlarni maftun etish, ko‘ngilni ochish va hayratga solish uchun mo‘ljallangan. Tassurot qoldiruvchi ekran 88 ta ulangan LED panellardan iborat bo‘lib, uning o‘lchami 7 180 x 4 090 millimetrga teng. LED yorug‘lik diodlari va oynalarni birlashtirgan holda, Kinetic LED displeyning kubik modullari gorizontal yo‘nalishda 360 daraja aylanish imkoniyatiga ega bo‘lib, hayratlanarli dinamik effektlar hosil qiladi.

LG stendi tashrifchilari sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan hayajonli tajribadan – Kinetic LED displeyida “tasvirlarni o‘zgartirish” effektidan bahramand bo‘lishlari mumkin.  Tashrifchilar smartfon yordamida suratga tushib, taqdim etilgan QR-kodni skanerlab uni yuklaganlaridan so‘ng, ularning tasviri generativ sun’iy intellekt yordamida Pop-art uslubidagi suratga aylantiriladi va keyin Kinetic LED displeyida namoyish etiladi. LG kompaniyasi tomonidan kinetik yechimlar bo‘yicha hamkor Easywith bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu qiziqarli interaktiv funksiya tomoshabinlarni bevosita ishtirok etishga chorlab, samarali reklama vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Hayratlanarli Kinetic LED displeyidan tashqari, LG Janubiy Koreya va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalarning keng doirasini taqdim etadi.

 LG ning asosiy hamkorlari orasida mijozlar xatti-harakatlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiluvchi Triplet, maktablarga kirish boshqaruvi va favqulodda vaziyatlarga javob berish yechimlariga ixtisoslashgan Kokomo, shuningdek, teleeshittirish uskunalari va virtual ishlab chiqarish sohasidagi yetakchilar — Megapixel VR, Mo-Sys Engineering va Brompton Technology kabi kompaniyalar bor. LG shuningdek, Logitech, Cisco va Crestron kabi korporativ videokonferensiya yechimlarini taqdim etuvchi kompaniyalar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya tashqi raqamli displeylar uchun kontent boshqaruvi yechimlarini yetkazib beruvchi BrightSign bilan yaqindan hamkorlik qilib, jamoaviy ish texnologiyalari sohasidagi so‘nggi innovatsiyalarni namoyish etadi.

 


O‘sib borayotgan B2B talabi uchun ultra yuqori aniqlikdagi yechimlarni taqdim etuvchi yangilangan LG MAGNIT Micro LED displeylari

 

LG o‘zining talabgir LG MAGNIT Micro LED displeylarini modernizatsiya qilib, o‘rnatish jarayonini soddalashtirdi, kontent bilan mosligini yaxshiladi va energiya samaradorligini oshirdi. Yangi dizayn tufayli endi o‘rnatuvchilar LED modullari orasidagi masofani displeyning orqa tomonidan sozlashlari mumkin – ilgari bu funksiyadan faqat old tomondan foydalanish mumkin edi. Bundan tashqari, kontent kontrollerlari bilan moslik yaxshilanib, optimal rang uzatish va tasvir sifati ta’minlandi. Kutish rejimidagi energiya iste’moli avvalgi modellarga nisbatan 98% gacha kamaytirildi, bu esa umumiy energiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. LG ning Micro LED displeylari bo‘yicha eng so‘nggi yechimlari, shu jumladan yangilangan LG MAGNIT modellari, LED Tech Zone maxsus zonasında namoyish etilmoqda.

 

Yuqori yorqinlik va Anti-Discoloration™ rang o‘zgarishidan himoya texnologiyasiga ega LG tashqi displeylari

 

ISE 2025 ko‘rgazmasida LG ultra yorqin tashqi displeylarini taqdim etadi, ular kompaniyaning Anti-Discoloration™ texnologiyasi bilan jihozlangan. Ushbu innovatsion yechim birinchi marta keng jamoatchilikka namoyish etilmoqda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’sirida ekran sarg‘ayib ketishini oldini oladi – bu tashqi displeylar uchun keng tarqalgan muammolardan biridir..

 


2024 yilda LG ning Anti-Discoloration™ texnologiyasi Underwriters Laboratories (UL) tomonidan sertifikatlangan dunyodagi birinchi texnologiya bo‘ldi. UL — butun dunyoda tan olingan standartlashtirish va sinov tashkiloti bo‘lib, ushbu sertifikat LG ning tashqi displeylarini rang o‘zgarishidan himoya qilishdagi innovatsion yutuqlarini tasdiqlaydi. LG ISE ko‘rgazmasidagi maydonida sarg‘ayishdan himoyalangan innovatsion displeylarni namoyish etish uchun bir qator sun’iy ko‘cha makonlarini yaratdi. Ular orasida avtobus bekati, sport stadioni va avto xizmat ko‘rsatadigan restoran kabi joylar mavjud bo‘lib, tashrifchilarga tashqi displeylarning haqiqiy sharoitlarda qanday ishlashini ko‘rish imkonini beradi.

 

Chakana savdo uchun kompleks raqamli displey yechimlari: moslashtiriladigan kiosklardan tortib, olovga chidamli tashqi raqamli displeylargacha

 

ISE ko‘rgazmasidagi LG Retail Zone stendida tashrifchilar chakana savdo uchun maxsus ishlab chiqilgan keng ko‘lamli yechimlar bilan tanishishlari mumkin. Taqdim etilayotgan yangiliklar orasida ikkinchi avlod modulli kiosklar, ular universal va o‘rnatish uchun qulay dizaynga ega. Shuningdek, uchta tashqi raqamli displey modeliUS5P, UV5N va UP5Q ham namoyish etiladi. Ushbu displeylar Buyuk Britaniyaning BS476 va Yevropa Ittifoqining EN13501-1 qat’iy xalqaro yong‘in xavfsizligi standartlariga javob berishi bilan jralib turadi.

 

Bundan tashqari, LG o‘zining LG Business Cloud platformasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu onlayn platforma kompaniyaning tijorat displeylarini markazlashtirilgan tarzda boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. ISE 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan barcha innovatsiyalar LG ning texnologik mukammallikka intilishi va biznesni rivojlantirish hamda foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga xizmat qiluvchi yechimlarni yaratishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

"LG turli biznes segmentlarining individual talablariga mos keladigan tijorat raqamli displey yechimlarini taqdim etishga intiladi",dedi Paik Ki-mun, LG Media Entertainment Solution Company kompaniyasining Information Display Business bo‘limi rahbari. – "B2B bozorining yetakchisi sifatida bizning maqsadimiz – tijorat, jamoat va ta’lim makonlari uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqish, noyob mijoz tajribasini yaratish hamda hamkorlarimiz rivoji va muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishdir.". 

# # #

* LG ning tashqi raqamli displeylari SGS va TÜV Rheinland xalqaro sinov tashkilotlarida olov tarqalishi va yong‘inga chidamlilik bo‘yicha sinovlardan o‘tkazildi. Jami 22 model sertifikatga ega bo‘ldi.