Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
15/11/2024
SEUL, 15-noyabr, 2024-yil — LG Electronics (LG) kompaniyasi CES®2025 Innovation Awards ko‘rgazmasida "aqlli turmush" sohasidagi ilg‘or yechimlari uchun e’tiborga sazovor bo‘ldi va 20 dan ortiq mukofot qo‘lga kiritdi. Bular orasida uchta nufuzli Best of Innovation Awards (Innovatsiya sohasidagi eng yaxshi mukofotlar) ham bor.
Iste’molchi texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan har yili taqdim etiladigan CES Innovation Awards dasturi dunyodagi eng yirik iste’molchilar texnologiyalari ko‘rgazmasida turli toifadagi qurilma va texnologiyalardagi innovatsion iste’mol tovarlari va xizmatlarini taqdirlaydi.
LG kompaniyasining CES 2025 Innovation Awards tanlovida qo‘lga kiritgan e’tiborga sazovor mukofoti, jumladan, uchta "Eng yaxshi innovatsiyalar" mukofoti, kompaniyaning dizayn va texnologik innovatsiyalarga sodiqligini namoyish etadi. LG yechimlari sun’iy intellekt (AI), uy jihozlari, o‘yinlar va elektron sport, tasvirlar, video displeylar, kompyuter uskunalari va komponentlari, aqlli shaharlar va kiberxavfsizlik kabi ko‘plab toifalarda tan olingan.
LG-ning kelgusi yanvarda Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan CES 2025 koʻrgazmasida e’tirof etiladigan yutuqlari qatoridan oltita innovatsion mukofot, jumladan, Video displeylar nominatsiyasida “Eng yaxshisi innovatsiya” mukofotini qoʻlga kiritgan LG OLED televizori o’rin olgan. LG OLED televizori ketma-ket uchinchi yildirki, eng yaxshi innovatsiyalar mukofotiga sazovor bo’lib kelmoqda. 2013-yilda ilk marta bozorga kirib kelganidan beri LG OLED televizorlari har yili kamida bitta CES Innovation Award mukofotini qo‘lga kiritib, premium toifasidagi televizorlar bozorida o‘z hukmronligini mustahkamlab bormoqda.
Bundan tashqari, kompaniyaning platformaga asoslangan xizmat ko‘rsatish biznesining tamal toshi bo‘lgan LG kompaniyasining webOS smart TV platformasi Kiberxavfsizlik nominatsiyasida Innovatsiya mukofoti bilan taqdirlandi. LGning "Affectionate Intelligence" sun’iy intellekt uy markazlari ham CES 2025 Innovation Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu ilg‘or qurilmalar kompaniyaning "Sun’iy intellektli uy" g‘oyasini namoyon etib, mijozlarga yangi imkoniyatlar yaratadi va aqlli uy sohasida sezilarli taraqqiyotni ifodalaydi.
"Sun’iy intellekt" va "Aqlli uy" nominatsiyalarida innovatsiyalar uchun mukofotlarga sazovor bo‘lgan sun’iy intellektga ega o‘z-o‘zini harakatlantiruvchi uy xabida ovoz, tovush va tasvirni tanib olishni birlashtirgan multimodal sensor imkoniyatlari mavjud. LG ThinQ ON, generativ sun’iy intellekt asosidagi sun’iy intellektga ega uy xabi ham CES Innovation Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sun’iy intellektli uyning "miyasi" sifatida LG ThinQ ON tunu kun maishiy texnika va internet buyumlari qurilmalari o‘rtasida uzluksiz aloqani ta’minlaydi.
LG UltraGear™ o‘yinbop OLED-monitori CES 2025 ko‘rgazmasida uchta mukofotga sazovor bo‘ldi. Bular orasida "O‘yinlar va kibersport" toifasida "Eng yaxshi innovatsiyalar" hamda "Tasvir" nominatsiyasida innovatsiyalar uchun berilgan mukofotlar bor. Ushbu ilg‘or monitor OLED texnologiyasining ajoyib tasvir sifatini geymerlar ehtiyojlariga moslashtirilgan optimallashtirilgan ko‘rish imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirib, o‘zida mujassam etadi.
UltraGearTM OLED o‘yin monitori bilan bir qatorda, LG kompaniyasining boshqa innovatsion mahsulotlari ham mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Bular qatoriga LG gram Pro 2-in-1, LG MyView aqlli monitori, LG UltraFine monitori va LG CineBeam proyektorlari kiradi.
LG CES 2025 Innovation Award tanlovi g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati va ularga oid batafsil ma’lumotlar 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan CES 2025 ko‘rgazmasida taqdim etiladi.