Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
23/12/2024
SEOUL, 2024-yil 23-dekabr — LG Electronics (LG) kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, iste’molchilarning 48 foizi o‘zlarini olti oy avvalgi davrga nisbatan hozirgi kunda ko‘proq optimistik kayfiyatda ekanliklarini ta’kidlashmoqda.
16 ta bozorda o‘tkazilgan so‘rovnoma dunyo miqyosidagi optimizm, uning omillari va o‘zini eng optimistik va baxtli his qiladigan aholi soni haqida keng ma’lumot beradi. Jahon bo‘yicha optimizmning o‘rtacha ko‘rsatkichi 10 balldan 7,49 ni tashkil etmoqda. Fransiya, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtacha ko‘rsatkichdan 14,5 foiz past bo‘lgan eng kam optimistik mamlakatlar qatoriga kirdi. Aksincha, Saudiya Arabistoni (12 foiz yuqori), Hindiston (10,8 foiz yuqori) va BAA (8,1 foiz yuqori) eng optimistik mamlakatlar ekanligi aniqlandi. Iste’molchilar o‘zlarining shaxsiy o‘sishi va rivojlanishi (69 foiz) hamda oila dinamikasi (66 foiz) borasida eng optimistik fikrda bo‘lishgan, ammo o‘z mablag‘lari haqida eng kam optimizm namoyish etishgan.
Filmlar, televideniya, musiqa va san’atni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar sohalar optimizmni uyg‘otuvchi eng muhim omillar sifatida qayd etildi (60 foiz), undan keyin sun’iy intellekt (56 foiz) turadi. So‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan kamrog‘i ijtimoiy tarmoqlarni tanlagan (48 foiz), urush kabi xalqaro inqirozlar esa eng kam darajadagi optimizmni uyg‘otgan.
LG o‘zining Life’s Good brendi falsafasiga muvofiq baxt mohiyatini qo‘llab-quvvatlash va tushunishga qaratilgan so‘rov o‘tkazdi. Olingan natijalar LG kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab optimizmning salohiyati va ta’sirini baholash bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Bu esa kompaniyaning iste’molchilar orasida optimizm darajasini oshirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
So‘rovnoma avlodlarning optimizmga bo‘lgan munosabatidagi asosiy jihatlarni ham ochib beradi. Yosh ortib borishi bilan optimizm va baxtiyorlik kamayadi, ammo ikkinchisi sekinroq pasayishi aniqlandi. Qizig‘i shundaki, yoshlar o‘rtasida baxtiyorlik va optimizm ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga qaramay, 18 yoshgacha bo‘lganlar eng past ko‘rsatkichlarni qayd etishdi. Bundan tashqari, Z avlodi vakillarining 50 foizi optimizm zararli bo‘lishi mumkinligini bildirdi, bu barcha yosh guruhlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu ehtiyotkorlik ularning hayotiy bosqichi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki Z avlodi vakillari millenianlar avlodiga nisbatan muvaffaqiyatga erishish uchun zarur vositalarga ega emasligini ikki barobar ko‘proq ta’kidlashdi (16 foiz).
Ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati
Yoshlar guruhlari optimizmni oshirish maqsadida internetda ijobiy mazmundagi kontentni va o‘zlariga o‘xshash fikrda bo’lgan odamlarni qidirishga ko‘proq moyil. Iste’molchilarning 86 foizi ijtimoiy tarmoqlar ularning shaxsiy hayotiga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi, bu esa jamiyatga ta’sir qiladi deb hisoblovchilar sonidan (67 foiz) ancha yuqori. Z avlodi vakillari salbiy holatlarni bartaraf etish uchun psixoterapevt bilan suhbatlashish, xarid qilishga berilib ketish yoki ijtimoiy tarmoqdagi hisobni o‘chirib tashlash kabi keskin choralar ko‘rishga ko‘proq moyil bo‘ladilar.
Buning aksi o‘laroq, katta yoshli guruhlar ko‘pincha ochiq havoda vaqt o‘tkazish, oila a’zolari bilan uchrashish yoki sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish kabi oflayn qulayliklarni afzal ko‘radilar. Yosh avlod vakillari esa katta yoshdagi insonlarga qaraganda, optimizm va baxtiyorlikni oshirish uchun tashqi usullarni ko‘proq izlashga harakat qiladilar.
Optimizm your feed - Kanalingizni optimizm bilan boyiting
"Optimizmni yoyishga ishtiyoqmand brend sifatida, biz har kuni iloji boricha mijozlarga e’tiborli bo‘lishga intilamiz," - deydi LG kompaniyasining vitse-prezidenti va brendni boshqarish bo‘limi rahbari Kim Xyo Yun. Iste’molchilar kelajakka bo‘lgan ishonch va optimizmni qo‘llab-quvvatlaydigan vositalarni xohlaydi, va buni ta’minlash LG missiyasining muhim qismidir. Shu sababli biz ‘Optimism your feed’ kampaniyasini yo‘lga qo‘ydik. Bu kampaniya foydalanuvchilarga o‘zlarining ijtimoiy tarmoq tasmalariga yanada ijobiy kontentni jalb qilish imkonini berdi. Kampaniya iste’molchilarda ijobiy tuyg‘ularni kuchaytirishi isbotlangan bo‘lib, odamlarning 78 foizi kampaniyani ko‘rgandan so‘ng unga duch kelishdan avvalgi holatga nisbatan o‘zlarini yanada umidvor his qilganliklarini bildirishgan."
"Optimizm your feed" pleylistini LG kompaniyasining global TikTok kanali (@lge_lifesgood) va global YouTube kanali (@LGGlobal) orqali topish mumkin. Batafsil ma’lumotni kampaniyaning www.lg.com/lifesgood/ sahifasida topishingiz mumkin.
So‘rovnoma metodologiyasi
GWI tomonidan o‘tkazilgan global so‘rov
Dala ishlari 2024-yil 26-avgustdan 7-oktyabrgacha o‘tkazildi
Yosh: 16 yoshdan 64 yoshgacha, barcha daromad darajalari
Tanlanma hajmi: 16 ta bozor bo‘yicha har biri 300 nafar respondent, Saudiya arabistonida 70 nafar respondent bundan mustasno