Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
18/12/2024
SEUL, 2024-yil 18-dekabr — LG Electronics (LG) bugun yangilangan 2025-yilgi QNED evo seriyasini taqdim etdi. Bu seriya o‘z ichiga yangi patentlangan keng ranglar gammasiga ega texnologiyani, tasvir sifatini yo‘qotmasdan va kechikishsiz 4K 144Hz1 tasvirlarni uzatuvchi haqiqiy simsiz rejimni, sun’iy intellekt yordamida yaxshilangan tasvir va ovozni qayta ishlashni, shuningdek, webOS 25 orqali o‘ta moslashtirilgan sun’iy intellektga asoslangan mijoz tajribasini oladi.
LG global premium TV bozoridagi raqobatbardoshligini ikki tomonlama strategiya orqali mustahkamlashni davom ettirmoqda. Ushbu strategiya LGning bozorda yetakchi bo‘lgan, o‘z-o‘zidan nur taratuvchi OLED qatoriga va QNED evo seriyasiga urg‘u beradi. QNED evo seriyasi - ilg‘or sun’iy intellekt imkoniyatlari va simsiz qulayliklar kabi asosiy OLED innovatsiyalarini o‘zida mujassam etgan yuqori sifatli LCD televizorlar qatoridir.
2025-yilgi QNED evo turkumi, LG kompaniyasining yangi patentlangan keng rang gammasi texnologiyasi - Dynamic QNED Color Solution yordamida oldingi modellarga nisbatan yaxshilangan rang gammasiga ega. Bu innovatsion texnologiya kvant nuqtalarining o‘rnini egallaydi. Ushbu noyob yechim orqa yorug‘lik manbaining nurlarini kundalik hayotda ko‘z ilg‘aydigan darajada tabiiy va sof ranglarda aks ettirish imkonini beradi.
Dynamic QNED Color Solution qo‘llanilishi natijasida, 2025-yilgi QNED evo seriyasidagi barcha modellar global sinov va sertifikatlash tashkiloti Intertek tomonidan Rang Hajmi bo‘yicha 100 foiz sertifikatlangandir. Bu sertifikat ekranning asl tasvirlardagi boy ranglarni buzilishlarsiz ko‘rsatish xususiyatini baholaydi.
2025-yilda LG o‘zining haqiqiy simsiz 4K texnologiyasiga ega bo‘lgan QNED evo (QNED9M) modelini ham taqdim etadi. O‘tgan yili faqat yuqori darajadagi OLED evo modeli (M seriyasi) uchun mavjud bo‘lgan bu innovatsiya endi QNED evo qatorida ham taqdim etiladi. Ushbu kengaytma tomoshabinlarga yuqori aniqlikdagi 4K tarkibni simsiz tarzda, tasvir sifatiga putur yetkazmasdan va kechikishlarsiz tomosha qilish imkonini beradi. Bu esa an’anaviy simli ulanishlarning cheklovlaridan tashqariga chiqishga yordam beradi.2 Simsiz yechim 4K gacha aniqlikdagi va 144 Gs yangilanish tezligiga ega yuqori aniqlikdagi videoni uzatish uchun alohida "Zero Connect Box" qurilmasidan foydalanadi. QNED evo ekran uzilishini eng kam darajaga tushirish va simsiz ulanishda ham tabiiy tasvirni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, u AMD FreeSync Premium sertifikatini qo‘lga kiritdi. Televizorning o‘ziga faqat elektr simi kerak bo‘ladi, bu esa o‘yin konsollari va raqamli televideniye qurilmalarini yanada qulayroq joylashtirish imkonini beradi.
Kompaniya o‘zining xususiy sun’iy intellekt protsessorlarining yanada kuchliroq versiyalarini taqdim etish orqali QNED evo qatoridagi modellarning tasvir va ovoz sifatini oshirishni davom ettirmoqda. 2025-yilgi LG QNED evo modellari α8 AI protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan AI unumdorligini qariyb 70 foizga yaxshilashni taklif qiladi. Ushbu protsessor ultra katta televizorlarga munosib darajadagi tasvir va ovozni taqdim etadi.
Sun’iy intellektning ushbu imkoniyatlari sifatni yanada takomillashtirish, tasvir shovqinlarini tuzatish uchun rejissyorning rejasini tahlil qilish va yuzlar, obyektlar, matn va fonni yanada tabiiy ravishda aks ettirishni o‘z ichiga oladi. Dynamic Tone Mapping Pro har bir sahnani qismlarga ajratib, har bir hudud uchun HDR effektlari va yorqinlikni aniq sozlaydi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt 2 kanalli ovoz manbalarini yanada to‘liqroq eshitish uchun virtual 9.1.2-kanalli ovozga aylantiradi. U fon tovushlaridan insonlar ovozini ajratib, ularni yanada tiniqlashtiradi, audio esa xuddi televizor ekranining markazidan chiqayotgandek tabiiy eshitiladi.
2025 QNED evo yetkazib berish to‘plamiga kiritilgan yangi AI Magic Remote masofadan boshqarish pulti tomoshabinlarning istaklarini oson tahlil qilish va nimani ko‘rish va qanday ilovalardan foydalanish haqida tavsiyalar berish imkonini beruvchi yangi sun’iy intellekt tugmasi bilan jihozlangan. Ovozli identifikator, sun’iy intellektning generativ galereyasi3 va televizorning tasvir hamda ovoz sifatini sozlash imkoniyatlari tufayli shaxsiylashtirish yanada kuchayadi. AI tugmasini qisqa bosish foydalanuvchini tegishli kalit so‘zlar va televizor funksiyalariga yo‘naltirsa, uzoq bosish esa katta til modeli (LLM4) asosida shaxsiylashtirilgan qidiruvni ta’minlaydi. Masalan, agar foydalanuvchi Fransiyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, u o‘zining pultidan "Parijga sayohatim uchun tomosha qilishga tavsiya etiladigan filmlarni aytib bering" deb so‘rashi mumkin. Sun’iy intellekt kontekstni tushunib, sujeti Fransiya poytaxtida kechadigan filmlarni taklif qiladi, shu jumladan foydalanuvchining xohishiga asoslangan janrlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.
LG smart-televizorlarining o‘z platformasi bo’lmish webOS25, sun’iy intellektning eng ilg‘or funksiyalari va besh yil davomida webOS tizimini yangilab turuvchi doimiy webOS Re:New dasturi tufayli, mijozlarga yuqori darajada shaxsiylashtirilgan xizmatlar va kontentni taqdim etish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.
LG 2025-yilgi QNED televizorlar qatorini kengaytirib, mijozlarning ultra katta, premium LCD televizorlarga bo‘lgan talabiga javoban 100 dyuymli variantni taqdim etmoqda.
"2025-yilgi yangilangan LG QNED evo seriyasi OLED’dan ajoyib tasvir sifatini, haqiqiy simsiz ko‘rish texnologiyasini va juda shaxsiylashtirilgan yechimlarni meros qilib oldi, bu esa boshqa hech qanday LCD-televizor taklif qila olmaydigan o‘ta katta tasvirlarni ko‘rish sifatini ta’minlaydi," - dedi LG Media Entertainment Solution Company prezidenti Hyoung-sei Park.