Press-reliz

Kompaniya

LG "AQLLI UY" SOHASIDAGI INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN THINQ API’NI OCHADI

17/12/2024


SEUL, 2024-yil 17-dekabr — LG Electronics (LG) kompaniyasi o‘zining LG ThinQ "aqlli uy" platformasining ilovalarni dasturlash interfeysini (API) to‘liq ochdi, bu esa ishlab chiquvchilarga LG maishiy texnikasi yordamida "aqlli" makonlarni oson yaratish imkonini beradi.

 

Yaqinda LG kompaniyasi LG ThinQ uchun API’ni rasman ochish maqsadida LG Smart Solution API Developer (smartsolution.developer.lge.com) veb-saytini ishga tushirdi. API turli dasturlarga to‘siqsiz funksiyalarni almashish imkoniyatini beruvchi raqamli konnektor vazifasini bajaradi. Ishlab chiquvchilar o‘z dasturlari yoki tizimlariga LG AI qurilmalarining turli funksiyalarini integratsiya qilish va xizmatlarini takomillashtirish uchun ochiq APIdan foydalanishlari mumkin.

 

LG ThinQ API ikkita toifaga bo‘linadi, bular: individual foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ThinQ API va korporativ hamkorlar uchun ishlab chiqilgan ThinQ Business API. ThinQ API uy yoki binolarda o‘rnatilgan LG qurilmalarini masofadan boshqarish imkonini beradi va turli platformalar bilan integratsiyalashuvni osonlashtiradi.

 

ThinQ API individual foydalanuvchilarga LG ThinQ ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sun’iy intellektli maishiy texnika qurilmalarini turli xil aqlli uy platformalaridan boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. ThinQ API’dan foydalanib, har kim o‘z turmush tarziga mos keladigan moslashtirilgan aqlli uyni osonlik bilan yaratishi mumkin. Misol uchun, global aqlli uy platformasi Home Assistant foydalanuvchilari endi o‘zlarining mavjud aqlli uy muhitida 26 turdagi LG AI jihozlarini, jumladan muzlatkichlar va kir yuvish mashinalarini, ulash va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Home Assistant - butun dunyo bo‘ylab taxminan bir million foydalanuvchisi bor hamjamiyatga asoslangan ochiq platforma. Unda foydalanuvchilar birgalikda qurilmalarni avtomatlashtirish va funksiyalarni kengaytirish kabi turli xil aqlli uy funksiyalarini ishlab chiqadilar.

 

Korxonalar uchun ThinQ Business API ofis yoki turar joy binolarini boshqaruvchi hamkorlarga maishiy texnikadan tortib isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimlari kabi tijorat uskunalarigacha bo‘lgan turli xil LG mahsulotlarini mavjud ilovalar yordamida birlashtirish va boshqarishga yordam beradi. Masalan, yirik turar-joy binolari foydalanish qulayligi uchun LG qurilmalarini mavjud boshqaruv ilovalari bilan birlashtirishi mumkin. Yashovchilar LG kir yuvish va quritish mashinalarini binoni boshqarish ilovasi orqali umumiy foydalanish joylarida band qilishlari mumkin, ma’murlar esa LG harorat va namlik datchiklari yordamida binodagi favqulodda vaziyatlarni aniqlashlari va ogohlantirish funksiyalari orqali muammolarga tezkor javob berishlari mumkin.

 

Shu bilan birga, LG o‘zining keng qamrovli IoT qurilmalari ulanishi bilan tanilgan Athom aqlli uy platformasi kompaniyasini sotib olish orqali LG ThinQ platformasiga tashqi mahsulot va xizmatlarni integratsiyalashni tezlashtirdi. Athom kompaniyasining aqlli uy markazi Homey hozirda 50 000 dan ortiq turdagi maishiy texnika va IoT qurilmalarini o‘zaro bog‘lay oladi. Bundan tashqari, Athom ilovalar do‘konida Philips va Aqara kabi global brendlarning mahsulotlari va xizmatlarini ulash hamda boshqarish uchun 1000 ga yaqin ilova mavjud. LG keng ochiq ekotizimni va Athom IoT qurilmalarini LG ThinQ On aqlli uyi markaziga ulash imkoniyatlarini integratsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad - generativ sun’iy intellekt mijozlarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunadigan va turar joyni tashkil etish uchun optimal yechimlarni taklif qiladigan AI-uy konsepsiyasini amalga oshirishdir.

 

"ThinQ AI’ning rasmiy ishga tushirilishi bilan biz ochiq manbali dasturchilar hamjamiyatida aqlli uylar foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga va B2B hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirishga intilamiz. "Ushbu tashabbus LG maishiy texnikalari asosida "aqlli uy" ekotizimlarini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni mustahkamlaydi hamda barcha aloqa nuqtalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi," - deydi LG Home Appliance Solution Company vitse-prezidenti Kim Kun-woo.