Press-reliz

Kompaniya

LG O‘ZIGA XOS TOVUSH VA KO‘P QIRRALI SUNʼIY INTELLEKT BILAN MUSTAHKAMLANGAN 2025 YILGI “XBOOM BY WILL.I.AM” AUDIO MAHSULOTLARINI TAQDIM ETADI

07/01/2025


SEUL, 2025 yil 6 yanvar — LG Electronics (LG) kompaniyasi CES 2025 ko‘rgazmasida ko‘p marotaba platina disk egasi maqomiga ega bo‘lgan musiqachi va texnologiyalar sohasidagi tadbirkor will.i.am bilan hamkorlikda yaratilgan Bluetooth karnaylar va quloqchinlardan iborat yangi audio mahsulotlar qatorini taqdim etdi. Bu - dekabr oyi boshida eʼlon qilingan hamkorlik boshlanganidan so‘ng “xboom by will.i.am” qatorining dastlabki taqdimotidir.

 

LG kompaniyasi yaqinda will.i.am ni LG xboom brendining “Taassurotlar meʼmori” etib tayinladi va uni tovush hamda dizayn borasida yangi qadriyatlar shakllanirish orqali tinglash zavqini yangi cho‘qqilarga ko‘taradigan madaniyatni kuchaytirishga qaratilgan brend sifatida ilgari surishni maqsad qilgan. Barcha “xboom by will.i.am” audio mahsulotlari will.i.am tomonidan professional tarzda sozlanib, o‘ziga xos xboom ovozini taʼminlab beradi – bu esa yana-da muvozanatlashtirilgan audioprofil va yoqimliroq ohanglar bilan ajralib turadi. Mahsulot dizayni ajoyib ixchamligi bilan ajralib turadi va will.i.am ning pop-madaniyat sohasidagi ko‘p yillik tajribasiga asoslangan ijodiy mahoratini o‘zida mujassam etadi. Odamlarga nima yoqishini tushunish va ijodkor insonlar uchun texnologiyalarni ishlab chiqish borasidagi o‘zining katta tajribasidan foydalangan holda, will.i.am xboom qatori mahsulotlarini ishlab chiqish va loyihalash hamda brend marketingining asosiy ilhom manbai hisoblanadi.

 


“xboom by will.i.am” qatori aqlli Bluetooth karnaylari oilasi – xboom Bounce, Grab va Stage 301  ni o‘z ichiga olib, barchasi tinglashdan yuqori darajadagi zavq olish uchun sunʼiy intellektning uzluksiz imkoniyatlari bilan jihozlangan. xboom karnaylari ohang, ritm yoki ovozga alohida urg‘u beriladigan tovush parametrlariga o‘tish uchun AI Sound funksiyasini avtomatik ravishda sozlash uchun ijro etilayotgan kontentning sunʼiy intellekt asosidagi tahlilini amalga oshiradi. AI Lighting funksiyasi qo‘shimcha muhit yaratish uchun karnaylar chiroqlari turli ranglarga o‘zgarishi sinxronligini taʼminlaydi. AI Calibration funksiyasi karnaylarga turli ichki yoki tashqi makonlarni keng ovoz bilan to‘ldirish uchun atrof-muhitni bir zumda aniqlash imkonini beradi. Va, birinchi marta, foydalanuvchila AI Radio Host tomonidan har bir tinglovchi uchun moslashtirilgan turli axborot-ko‘ngilochar materiallaridan bahramand bo‘lishi uchun xboom karnaylari endi will.i.am ning RAiDiO.FYI platformasiga bir zumda ulanish uchun maxsus tugma mavjud.

 

Shuningdek, foydalanuvchilarni uzluksiz sinxronlashtirilgan audio tovush bilan taʼminlash uchun bir nechta xboom qurilmalarini ulaydigan LE Audio Auracast funksiyasi yordamida kuchaytirilgan tovushdan bahramand bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi. Hatto o‘z smartfonlarida Auracast qo‘llab-quvvatlanmasa ham, foydalanuvchilar asosiy qurilma sifatida xizmat qiluvchi xboom karnayi yordamida bir nechta qurilmalarda sinxronlashtirilgan tovushdan bahramand bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar deyarli 100 yillik tarixga ega bo‘lgan premium sinfidagi Transducer (Daniya) ishlab chiqaruvchisining Peerless texnologiyasi yordamida yaratilgan yuqori chastotali karnaylar va to‘liq diapazonli qurilmalar tomonidan yana-da yaxshilangan  o‘ziga xos xboom tovushidan bahramand bo‘lishi mumkin.

 

2025 yilgi audio mahsulotlar qatoriga xboom Bounce yetakchilik qilib, u mukammal tovush sifatini zamonaviy estetika bilan birlashtiradi. Karnayga o‘rnatilgan, yuqoriga yo‘naladigan passiv tarqatuvchilar, ikki gumbazli tvitterlar va trek tipidagi past chastotali karnay yordamida portativ ovoz yangi darajaga ko‘tariladi. “Bounce” yuqori chastotali stereoni aniq baland chastotalar va kengaytirilgan tovushli sahna orqali yetkazib, tinglovchilarni aniqlik va chuqurlik bilan o‘rab olishga qodir. “Bounce” nomi uning yuqoriga yo‘naladigan passiv tarqatuvchilaridan kelib chiqqan bo‘lib, ular sezilarli tarzda sakraydi va musiqa ritmida yonadi. Tizim universal tasma bilan jihozlangan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga karnayni bir qo‘lida mahkam ushlab turish, ilgakka osib qo‘yish yoki stol ustiga joylashtirish imkonini beradi. Suv va changga chidamlilik bo‘yicha IP67 reytingi va mustahkamlik bo‘yicha 810G harbiy standartiga ega ushbu mustahkam karnayning o‘rnatilgan batareyasi 30 soatgacha ishlaydi.

 


xboom Grab kuchli tovushni ixcham, istalgan joyga olib yurish uchun qulay dizayn bilan birlashtirgan ajoyib audio tizimdan iborat. Nisbatan kichik o‘lchamiga qaramay, Grabda dinamik bas va jonli tovush uchun karnayning ikkala tomonida joylashgan ikkita passiv ovoz tarqatuvchilar o‘rnatilgan. “Grab” nomidan ko‘rinib turibdiki, bu karnay yo‘lda yurganda foydalanish uchun bir qo‘lda ushlab turish uchun juda mos keladi. Uni joylashtirish imkoniyatlari ko‘p - tik turgan holda, yon tomoniga yotqizib yoki avtomobil yoki hovli stulining stakan ushlagichiga yoki hatto velosipedning suv idishi tutqichiga ishonchli tarzda joylashtirish mumkin. Shuningdek, to‘plamda qo‘lga mahkam bog‘lash yoki ilgaklar va tutqichlarga osib qo‘yish uchun universal kamarlar bo‘ladi. Suv va changga chidamliligi bo‘yicha IP67 reytingi va mustahkamlik bo‘yicha 810G harbiy standartiga ega bo‘lgan Grab batareyalari 20 soatgacha avtonom ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

 

xboom Stage 301 har qanday makonni jonli sahnaga aylantirishni yoqtiradiganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Stage”(Sahna) nomi shuni anglatadi. Ko‘chalarda musiqa ijro etish, karaoke kechasi yoki har qanday binoda yoki ochiq havoda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar uchun optimallashtirilgan karnay katta bo‘shliqlarni kuchli tovush bilan osongina to‘ldiradi. Ushbu mustahkam model 6,5 dyuymli past chastotali karnay va ikkita 2,5 dyuymli o‘rta chastotali karnaylarga ega bo‘lib, bu - boy, to‘liq hajmli ovozni taʼminlaydi. Stage 301 ko‘tarib yurish qulayligini taʼminlaydigan o‘rnatilgan tutqichga hamda yaxshi o‘ylangan xanjar ko‘rinishidagi dizaynga ega bo‘lib, bu turli joylarda moslashuvchanlikni  taʼminlaydi – tag qismi tekis bo‘lsa, orqa qismi biroz qiya qilib ishlangan yoki shtativ tepasiga joylashtirsa bo‘ladi. Yuqori bardoshli xboom Stage 301 suvga chidamlilik bo‘yicha IPX4 reytingiga, shuningdek, 11 soatgacha davom etadigan almashtiriladigan batareyaga ega bo‘lib, bu yuqoriroq darajadagi moslashuvchanlik va uzluksiz tinglash zavqini taʼminlaydi.

 


xboom Buds quloqchinlarida yengil grafen drayverlari qo‘llanib, ular to‘yingan bass bilan sof, muvozanatlashtirilgan ovozni yetkazib berishni taʼminlaydi. Qog‘ozdek yupqa, lekin po‘latdek mustahkam, grafen LG ning Active Noise Canceling (shovqinni faol ravishda bostirish) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda bardoshlilikni yaxshilaydi va tinglashdan yana-da chuqurroq zavq olishni taʼminlaydi. LE Audio Auracast funksiyasiga ega quloqchinlar foydalanuvchilarga shovqinli sharoitda audio oqimlarni tinglash imkonini beradi va bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bir xil audiodan bahramand bo‘lishi uchun bir nechta qurilma ulanishiga imkon beradi. Qulaylik va barqarorlik uchun mo‘ljallab yaratilgan, ergonomik quloqchinlar turli quloq shakllariga moslashadi, quloq ilgagining o‘ziga xos dizayni esa yo‘lda qulay va barqaror joylashuvini taʼminlaydi. U quvvatlantiruvchi korpusi yordamida 30 soatgacha tinglash vaqtini, shuningdek, suvga chidamlilik bo‘yicha IPX4 reytingiga egaligi suv sachrashidan himoyani taqdim etadi.

 

“Texnologiyalar va turmush tarzini qulaylashtirish sohasida taniqli innovator bo‘lgan LG kompaniyasi bilan ishlash musiqa ixlosmandlarining keng hamjamiyatiga mo‘ljallangan ilg‘or va dinamik taassurotlar uchun eshik ochadi”, - deydi will.i.am. - O‘zimizning ilg‘or texnologiyalarimiz va o‘ziga xos ijodiy qarashlarimizni LG xboom bilan birlashtirgan holda, biz odamlar musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini boshqalar bilan birgalikda butunlay yangi bosqichda kashf  eta oladigan o‘ziga xos madaniyatni rivojlantirmoqchimiz”.

 


“xboom by will.i.am” qatori xboom brendi va will.i.am uchun dinamik, hamkorlikdagi yo‘lning boshlanishi bo‘lib, biz bu yilgi CES ko‘rgazmasida hamkorligimizning ilk mevalarini namoyish etishdan xursandmiz” - dedi LG Media Entertainment Solution Company kompaniyasining audio biznes bo‘limi rahbari Li Chon Sok. - Yangi xboom qatoridan boshlab, biz tinglashdan olinadigan zavqning barcha jihatlarini doimiy ravishda oshirishga intilamiz”.

 

2025 yilda jahon bozorlarida sotiladigan butunlay yangi “xboom by will.i.am” audiomahsulotlari 7–10 yanvar kunlari CES 2025 ko‘rgazmasida LG stendida (#15004, Las-Vegas anjumanlar markazi) namoyish etiladi.