Press-reliz

Kompaniya

LG RAQAMLI SAN’AT IMKONIYATLARINI O‘Z SMART TV TELEVIZORLARIDA KENGAYTIRISH MAQSADIDA ARTLUME BILAN HAMKORLIK QILMOQDA

03/12/2024


 

 SEUL, 2024-yil 28-noyabr — LG Electronics (LG) ilg‘or raqamli san’at va sun’iy intellekt platformasi Artlume bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Ushbu hamkorlik LG aqlli televizorlari egalari uchun uy sharoitida ilhombaxsh san’at asarlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratadi. LG televizorlari egalari birinchilar qatorida katta ekranda bu keng qamrovli san’at asarlari katalogidan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. San’atni keng ko‘lamda hammabop qilish umumiy g‘oyasi tufayli, ushbu yangi hamkorlik butun dunyo bo‘ylab 200 milliondan ortiq LG smart-televizorlarini virtual san’at galereyalariga aylantirmoqda. Bu esa uy muhitini boyituvchi turli-tuman san’at asarlarini tomosha qilish imkoniyatini taqdim etmoqda.

 

Butun dunyo bo‘ylab LG‘ning webOS 6.0 (2020-yil va undan keyingi modellardagi) boshqaruvidagi televizorlarda foydalanish mumkin bo‘lgan "Artlume"ning ulkan kolleksiyasiga klassik durdonalar, zamonaviy fotosuratlar, sun’iy intellekt san’ati va Ashmola muzeyi kabi taniqli muassasalarning asarlari kiradi. Ko‘rish va uzatish uchun mavjud 15 000 dan ortiq san’at asarlari tufayli foydalanuvchilar mobil ilova orqali o‘zlarining shaxsiy pleylistlarini tuzishlari va sevimli san’at asarlarini LG aqlli televizorlarida namoyish etishlari mumkin.

 

Artlume’ning foydalanuvchilarga qulay funksiyalari ijodiy nazoratni oshirish maqsadida ko‘rsatilayotgan san’at asarlariga tezkor o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Platforma, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida tasvirlar yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Bu foydalanuvchilarga oddiy matn ko‘rsatmalari orqali o‘ziga xos san’at asarlarini yaratish va chop etish imkonini beradi. Keyinchalik, bu asarlar bilan ekranda faxrlanib ulashish mumkin.

 


"LG bizning uchun ideal hamkor bo‘lib, u san’atning universal tili orqali insonlar hayotiga sevgi, go‘zallik va ehtiros olib kirishdek maqsadimizga to‘liq mos keladi," - deydi Artlume asoschisi va bosh direktori Patrik Eshvort. "Biz kelajak avlodlarni tarbiyalash, san’at asarlarinig go‘zalligi orqali odamlar ruhini sog‘lomlashtirish va muzey san’atini butun dunyoga ulashish orqali insoniyatga chuqur ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilamiz."

 

"LG odamlarning san’atni idrok etish tarzini o‘zgartirishga intiladi," - deydi LG Media Entertainment Solution Company kompaniyasining platforma biznesi bo‘yicha katta vitse-prezidenti Kris Jo. "Artlume bilan hamkorligimiz tufayli biz LG aqlli televizorlari uchun ajoyib san’at asarlarining keng spektrini taqdim etib, turar joylar muhitini yanada boyitamiz."

 

LG san’at sohasidagi yetakchi hamkorlar bilan hamkorlikni kengaytirgan sari, foydalanuvchilarga uydan chiqmasdan dunyo bo‘ylab turli xil badiiy ijod namunalari bilan tanishish imkoniyati taqdim etilmoqda.